• Mevalari ishlatiladigan dorivor o‘simliklar
  • V. Olingan natijalar va ularning tahlili
  • VII. Adabiyotlar
  • 8 -LABORATORIYA MASHG‘ULOTI I. MAVZU: Mevalarini laboratoriya sharoitida quritish usullari II. Ishning maqsadi
  • III. Kerakli jihozlar va materiallar
  • Mevalarni saqlash usullari
  • Gullari ishlatiladigan dorivor o‘simliklar




    Download 1,8 Mb.
    bet16/20
    Sana13.01.2024
    Hajmi1,8 Mb.
    #136704
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    DORIVOR O‘SIMLIK XOM-ASHYOLARINI TAYYORLASH,

    Gullari ishlatiladigan dorivor o‘simliklar

    Lotincha

    Uzbekcha

    Ruscha



    Helichgysum marocandlica L.

    Samarqand buznochi

    Bessmertnik samarkandski

    Verbascum thapsus L.

    Achchik toron

    Gorets perechniy

    Verbascum soongoricum Schrenk.

    SHaftoli bargli toron

    Gorets pochechuyniy

    Tanacetum pseuodachilla C.Winkl.

    Tog‘ dastarboshi

    Pijma gornaya

    Ungernia Victoris V ed

    Viktor qoraqovig‘i

    Ungerniya Viktora

    Calendula officinalis L.

    Tirnoqgul

    Nogotki aptechniy

    Matricaria recutita L.

    Moychechak

    Romashka aptechnaya

    Helichrysum arenarium D.e.c.

    Bo‘znoch

    Bessmertnik peschaniy

    Tanacetum vulgare L.

    Dastarbosh

    Pijma obiknovennaya

    Sambcus nigra L.

    Marjon daraxt

    Buzina chyornaya

    Mevalari ishlatiladigan dorivor o‘simliklar



    Amygdalus communis L*.

    Oddiy bodom

    Mindal obo‘knovenniy

    Hippophae rhamnoides L*

    CHakonda (chirqanoq)

    Oblepixa krushinovidnaya

    Rosa Sp.

    Na’matak turlari

    Vido‘ shipovnika

    Anisum vulgare Yaerth.

    Arpabodiyon

    Anis obiknovennaya

    Foeniculum vulgare Mile.

    Ukrop (dorixona turi)

    Ukrop aptechniy

    Coriandrum sativum Z.

    Kashnich

    Koriandr posevnoy

    Rhamnus cathartica L

    Itjumrut

    Joster

    Padus racemosa Gilib.

    Oddiy shumurt

    CHeryomuxa obiknovennaya

    Vaccinum myrtillus L

    CHernika

    CHernika

    Cretaegus sanguinea Pall.

    Do‘lana (to‘q qizil)

    Boyarshnik krovavokrasniy

    Sophora japonica L.

    YApon soforasi Sofora

    Yaponskaya g‘unchasi 

    Berberis vulgaris L.

    Oddiy zirk

    Brbaris obo‘knovenno‘y

    Gul va mevalarni yaxshi saqlash uchun hosil terilgandan so‘ng ularga doimiy ishlov berilib, katta-kichikligiga qarab ajratish, qadoqlash, keyin saqlash ishlari amalga oshiriladi. Agar mahsulot xo‘jalikdan tashqarida saqlanadigan bo‘lsa, terilgandan keyin markaziy ishlov manziliga jo‘natilib, u yerda saralanadi, standart bo‘yicha kalibrlanadi va saqlash omboriga jo‘natiladi.


    V. Olingan natijalar va ularning tahlili:
    1. Gullari sifatida ishlatiladigan dorivor o‘simliklar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
    2. Gullari sifatida ishlatiladigan dorivor o‘simliklar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimga ega boʻlishdi.
    3. Gullari quritish usullari ketma-ketlik qoidasiga amal qilish tavsiyalari ishlab chiqildi.
    VI. Xulosa:
    Gullari sifatida ishlatiladigan dorivor o‘simliklardan farmasevtika sanoatida foydalanish ahamiyati va gullarni quritish bo‘yicha mustaqil xulosa qiladi.
    VII. Adabiyotlar
    1. Мазнев Н.И. Высокоэффективные лекарственные растения. Большая энциклопедия народной медицины. М.: Эксмо, 2012. — 656 с.
    2. Ивашин Д.С., Катина З.Ф., Рибачук Ч.З. Справочник по заготовки лекарственних растений. Киев 1989г. Дарслик 170 с.
    4. Х.Х. Халматов, А.Х. Усмонхужаев, М.И. Махсумов, У.А. Ахмедов.
    Атлас лекарственных растений Узбекистана.
    5. Х.Х. Халматов, И.А. Харламов, З.И. Мавланкулова. Лекарственные растения Центральной Азии. Т., изд. мед. литературы им. Абу Али ибн Сино, 1998, 296 с.
    6. A.Ergashev, U .Axmedov, A.Abzalov, M.Yu lchieva, A.Mamatkarimov. «Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi» Toshkent 2009
    8-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
    I. MAVZU: Mevalarini laboratoriya sharoitida quritish usullari
    II. Ishning maqsadi:
    Meva sifatida ishlatiladigan dorivor o‘simliklar bilan tanishish, Mevani ni saqlash xamda saqlash usullari bilan tanishish, Vaqtinchalik va doimiy saqlash uchun mo‘ljallangan joylar, optimal temperaturada saqlash, Omborxonalarni tozalash. Omborxonalarda har xil o‘simlik hom-ashyolariga har xil materiallarning ishlatilish usullari, Saqlash joylari va vaqtini o‘rganish xaqida ma’lumotlar berish.
    III. Kerakli jihozlar va materiallar:
    Dorivor o‘simlik xom ashyolari (meva), Gost talablariga muvofiq yashiklar, qoplar, qogozli qoplar, elektron torozi, qisgich, elaklar.
    IV. Ishni bajarish tartibi
    Mevalar doimiy omborlarda xirmonlarda to‘kma holda, konteynerlarda, yog‘och yashiklarda yoki qoplarda saqlanadi
    Mevalarni saqlash davrida to‘plamning tabiiy kamayishini hisoblash.
    Tabiiy kamayishning hajmi butun oy davomida saqlanadigan mahsulotning o‘rtacha miqdoridan hisoblanadi va quyidagicha jamlanib aniqlanadi:
    1. Oyning birinchi kunidagi mahsulotning 1gr og‘irligi.
    2. Oyning 11 kunidagi mahsulotning og‘irligi.
    3. Oyning 21 kunidagi mahsulotning og‘irligi.
    4. Keyingi oyning birinchi sanasidagi mahsulotning 1gr og‘irligini ham qo‘shib 3 ga bo‘linadi.
    O‘rtacha topilgan og‘irlikdan oylik kamayish foizga asosan mahsulotni tabiiy kamayishi topiladi.
    Tabiiy kamayish o‘lchamlari barcha mahsulotlar uchun hisoblanadi. Agar omborda mahsulot chirish, mog‘orlash, kemiruvchilar, qushlar va hasharotlar tomonidan yeyilishi va boshqa sabablarga ko‘ra kamaysa, u tabiiy kamayishga kiritilmaydi.
    Mevalarni saqlash usullari
    Mevalar turli xil usullarda saqlanadi. Ular muvaqqat va doimiy bo‘ladi. Muvaqqat omborlarga uyum, handaq, o‘ra va boshqalar kiradi. Doimiy omborlar bir qavatli to‘g‘ri burchak shaklida yer ustiga yoki yerdan chuqurroq (1,5-2 m) qilib, betondan yoki g‘ishtdan quriladi. Meva omborlari mahsulotni saqlash usullariga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
    1. Tabiiy usulda shamollatiladigan omborlar.
    2. Ventilyator yordamida tashqi havo bilan sovitiladigan omborlar.
    3. Sun‘iy usulda sovitiladigan sovutgichlar.
    4. Atmosferasi boshqarilib to‘riladigan sovutgichlar.
    5. Muzxona va muzli omborlar.
    Mevalarning turli-tumanligi va ularni turli maqsadlarda saqlash, mahsulot yetishtiriladigan mintaqaning tabiiy sharoiti, xo‘jalikning moddiy texnika imkoniyatlari mahsulot saqlashning turli xilda bo‘lishini talab qiladi.
    MGM bo‘lmalarining germetikliligiga alohida e‘tibor beriladi. Bo‘lmalardagi gaz bilan tashqi muhit o‘rtasidagi gaz almashinuvi normal gaz aralashmasi uchun sutkasiga 0,05-0,07 hajmdan, subnormal gaz aralashmasi uchun esa 0,02–0,03 hajmdan oshmasligi lozim. Bo‘lmalar qurib bitkazilganidan keyin ularning germetikligi albatta tekshirilib ko‘riladi. Yaxshi germetizatsiya qilinganda bo‘lmadagi bosim 30 minut ichida 25 mm suv ustunidan 0 ga tushadi. Agar bosim 10 minut mobaynida 25 mm suv ustunidan 10 mm ga tushsa qoniqarli hisoblanadi.
    Bo‘lmadagi bosim manometr bilan o‘lchanadi.
    Bo‘lmaning germetikligini tekshirish uchun bo‘lma CO2gazi bilan to‘ldiriladi (10% kontsentratsiyagacha) va gaz ventilyator yordamida aralashtirilgan CO2ning kontsentratsiyasi birinchi marta aniqlanadi keyin 3–4 kun mobaynida gaz muhiti o‘lchab turiladi.Germetiklik darajasi quyidagi formula yordami aniqlanadi:

    bunda:
    E – germetik yopish samaradorligi;
    Dc – bo‘lmada 24 soat mobaynida CO2 kontsentratsiyasining o‘zgarishi, %;
    Cm–bo‘lmada 24 soat mobaynida CO2 kontsentratsiyasining o‘rtacha miqdori, %.
    Germetik yopish samaradorligi yaxshi izolyatsiya qilingan bo‘lmalar uchun Yeq0,87–0,98, ya‘ni bunda sutkasiga diffuziyali gaz almashinuv bo‘lma hajmiga ko‘ra 0,02–0,03 dan oshmasligi lozim.
    MGM bo‘lmalarida meva va sabzavotlar 7–8 oy va undan ko‘proq muddatga saqlanadi.

    Download 1,8 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gullari ishlatiladigan dorivor o‘simliklar

    Download 1,8 Mb.