O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar




Download 1,8 Mb.
bet2/20
Sana13.01.2024
Hajmi1,8 Mb.
#136704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
DORIVOR O‘SIMLIK XOM-ASHYOLARINI TAYYORLASH,

SO‘Z BOSHI


Dorivor o‘simlik xom-ashyolarini tayyorlash, saqlash va dastlabki qayta ishlash fanini o‘qitish jarayonida laboratoriya mashg‘ulotlari muhim ro‘l o‘ynaydi, сhunki laboratoriya mashg‘ulotlari o‘qitishning asosiy printsiplaridan – biri nazariyaning tajribaga bog‘liqlik printsipini amalga oshirish imkonini hosil qiladi. Shuning uchun ham Fitopreparatlarni nazorat qilish texnalogiyasini o‘qitish jarayonida laboratoriya mashg‘ulotlariga alohida e’tibor beriladi. Shu bilan birga Fitopreparatlarni nazorat qilish texnalogiyasi laboratoriya mashg‘ulotlarini turli oliy o‘quv yurtlarida tashkil qilish va o‘tkazish o‘ziga xos xususyatlarga ega. Jumladan ushbu uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda mualliflar Guliston davlat universiteti “Dorivor o‘simliklar va botanika” kafedrasi “Dorivor o‘simlik xom-ashyolarini tayyorlash, saqlash va dastlabki qayta ishlash” o‘quv laboratoriyasida mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni e’tiborga olishgan. Uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda, birinchidan, talabalarni hozirgi zamon Fitopreparatlarni nazorat qilishi yutuqlarini hisobga olgan holda, sharoitga moslab tayyorlangan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv qo‘llanmasi bilan ta’minlashni, ikkinchidan, bo‘lajak mutaxassislarning hodisa va jarayonlarni chuqur o‘rganishlariga tajriba o‘tkazish va o‘lchashlarning oddiy usullarini o‘zlashtirishga ko‘maklashishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan.
Har bir laboratoriya ishida, dastlab ishning maqsadi, so‘ngra ish to‘g‘risida qisqa va aniq nazariy ma’lumot bayon etiladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, mualliflar talabalarning vaqtini tejash maqsadida imkoni boricha ishning nazariyasini uning tavsifida yetarli darajada yoritishga harakat qilganlar. Talabalar yanada chuqurroq va atroflicha keng, nazariy bilimlarni qo‘llanmadan hamda har bir laboratoriya ishi uchun tavsiya etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan iborat bo‘lgan adabiyotlardan foydalanishlari mumkin. Bu adabiyotlarning qaysi bobi va qaysi paragraflarini o‘qish kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan. Har bir laboratoriya ishida eksperimental qurilma sxemasi, zarur asboblar ro‘yxati, ishining bajarilish tartibi olingan tajriba natijalari elektron hisoblash mashinalari yordami bilan hisoblanadi, hamda talabalarni o‘z–o‘zini sinab ko‘rish uchun tegishli savollar keltirilgan, qo‘llanma oxirida elektr kattaliklarning jadvallaridan ba’zi birlari ilova qilingan.
Ushbu uslubiy qo‘llanma haqidagi fikr va mulohazalarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz va avvaldan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.



Download 1,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 1,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar

Download 1,8 Mb.