223
berilgan nurlanish quvvati ham inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qilmasdan qolmaydi. Ko‘p qavatli
binolarga bu kabi baza stansiyalar o‘rnatilgan va o‘sha ko‘p qavatli binolarning yuqori qavatida
yashovchi fuqarolar bosh og‘rig‘i bilan ko‘p kasallanishadi. Bunday bo‘lishi tabiiy, chunki
birgina abonentga xizmat qiluvchi uyali telefonning iste’mol quvvati 2Vt (Vatt)ni tashkil qilsa,
baza stansiyasi esa bir nechta abonentlarga xizmat qilgani uchun undan anchagina ko‘proq
(20,40,50,100Vt) quvvat iste’mol qiladi. Baza stansiyalarining antennalari kundan - kunga aloqa
sifatini yaxshilash maqsadida ortib bormoqda. Bu masala bo‘yicha ko‘pgina davlatlarda qarorlar
qabul qilingan va unga ko‘ra bog‘cha, maktab, aholi yashash binolari, shifoxonalar va shu kabi
jamoat joylarga o‘rnatish man qilingan.
Hozirgi kunga kelib butun dunyo bo‘yicha uyali aloqa abonentlarining soni 1,9 mlrd ni
tashkil qiladi. Bizning yurtimizda deyarli har ikki kishining birida uyali telefon mavjud. U orqali
biz so‘zlashamiz, SMS, MMS maktublar almashamiz, internet va shu kabi ko‘pgina narsalardan
foydalanamiz. Uyali telefonidan foydalanayotgan insonga uning ta’siri 15 soniyaga qadar
sezilmaydi. Agar so‘zlashuv va foydalanish vaqtini oshirsa unda yaqqol o‘zgarish seziladi,
chunki alfa to‘lqinlar miya faoliyatini yomonlashtiradi va o‘zining to‘lqin hususiyatlarini
namoyon qila boshlaydi, ya’ni xotira, diqqatni jam qilish shu kabi
omillarga bir oz vaqtdagina
ta’sirini o‘tkazadi. Inson tanasining elektromagnit nurlanishlarga eng ta’sirchan qismi bosh qismi
bo‘lib, aynan shu sohada so‘zlashuv olib boriladi. Shuning uchun u insonda nurlanish jarayoni
tezlashishini yana ham orttiradi. Mutaxassislar so‘zlashuv jarayonidagi insonning qon bosimini
o‘lchaganida har xil yoshdagilarda qon bosimining ko‘tarilishini aniqlagan, lekin shu
yoshdagilarning ichida 12 yosh atrofidagi bolalarda qon bosimining ko‘tarilishi biroz ko‘proq
bo‘lgan. Ming afsuski, hozirgi kunda uyali telefon foydalanuvchilarining aksar qismini yoshlar
tashkil qiladi. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, dunyoda har 20 ta
insondan bittasi ushbu mobil
aloqa nurlanishining qurboniga aylanmoqda. 2000 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uyali
telefonlar zarariga oid Evropa parlamentiga taqdim etgan hisobotida insonlarning saraton
kasaliga chalinishida uyali telefonlarning ta’siri kuchli ekanini ta’kidlagan edi. Nemis Nova
oliygohi mutaxassilari kamerali va kamerasiz uyali telefonlarda elektromagnit nurlanishi
bo‘yicha test o‘tkazishganda, kamerali telefonlarning nurlanishi sodda uyali telefonlarga
qaraganda ko‘proq bo‘lgan. Nurlanish asosan uyali telefondan so‘zlashuv vaqtida chiqadi, lekin
“kutish” xolatida u nurlanishdan butkul xalos bo‘lmaydi, chunki uyali telefon baza stansiyasiga
o‘zining tarmoq doirasida ekanligi, qo‘ng‘iroq, SMS va shu kabi ma’lumotlarni qabul qilishga
tayyor ekanligi haqida axborot berib turadi. Buni tunda uyali telefoniga “Budilnik” qo‘yib,
yonida olib yotadigan foydalanuvchilar bilib qo‘yishlari foydadan holi bo‘lmaydi.
Bluetooth
foydalanuvchilari ham uzoq vaqt davomida undan chiqayotgan bir necha mVt quvvat ham quloq
va miya faoliyatiga bevosita ta’siri borligini unutmasligi kerak. Bu kabi nurlanishlarni butunlay
yo‘q qilishning iloji yo‘q, chunki allaqachon uyali aloqa turmushimizning bir qismiga aylanib
bo‘lgan, lekin undagi nurlanishlarni kamaytirishning iloji bor. Bunda uyali telefonning turiga,
antennasining joylashuviga, uzatish quvvatiga, tanasining materialiga, foydalanilayotgan aloqa
operatoriga, uyali telefonni ishlatish tartibiga e’tibor berish kerak.
Haqiqiy uyali telefon apparatining ko‘rsatmasida “SAR – specific absorption rate” degan
ko‘rsatma bor. Bu uyali telefonning nurlanish quvvatining qiymatini ko‘rsatadi. Hozirda
SAR=0,8 ga teng. 3-4 yil avval 1,2-1,5 gacha bo‘lgan. U qancha kam bo‘lsa
shuncha yaxshi
bo‘ladi.
Umuman olganda aloqa operatorini tanlashning ahamiyati yo‘qdek tuyuladi, lekin ular
har xil qurilmalar, turli quvvatdagi antennalardan foydalanadi. Bunda CDMA raqamli uyali
aloqa tizimi va baza stansiyasi ko‘p bo‘lgan operatorlar qulay va kam nurlanishli hisoblanadi,
chunki uyali telefon o‘zining baza stansiyasidan qancha uzoqlashgani sayin o‘zidan shuncha
ko‘proq nurlanish tarqatadi.
Uyali telefondan foydalanish tartibiga kelsak, uni so‘zlashuv vaqtidagi “kutish” xolatida
quloqda emas, balki qo‘lda ushlab turish tavsiya qilinadi. Metropolitenda,
xizmat doirasidan
tashkarida, zarur bo‘lmasa tunda, keraksiz paytlarda o‘chirib qo‘yish tavsiya qilinadi. Uni iloji
224
boricha qo‘lda va yon haltada olib yurish lozim. Ust kiyimning ichiga solib yurish tavsiya
qilinmaydi.
Jamoat joylarida uyali telefondan foydalanishni kechga surgan maqul, chunki avtobus va
odamlar gavjum joyda so‘zlashganda faqat bir insonni emas bir nechta insonni elektromagnit
nurlanish bilan ularni zararlagan bo‘ladi. SHuningdek uyali telefonni yosh bolalardan uzoqda
tutish kerak.
Hulosa qilib aytadigan bo‘lsak, elektromagnit nurlanishning inson organizmining
markaziy nerv tizimi, immunitet,
endokrinologik tizim, jinsiy tizimiga o‘zining salbiy ta’sirini
o‘tkazar ekan. Demak, bu kabi elektrmagnit nurlanish hosil qiladigan vositalardan foydalanishni
mo‘‘tadil holatga keltirib olsak ham o‘zimizni ham naslimizni sog‘ligini asragan bo‘lamiz.
1. Ilmiy texnik taraqqiyotning ijobiy va salbiy oqibatlari nimalardan iborat?
2. Ijtimoiy tabiiy taraqqiyot va uning asosiy tarkibiy qismlari.
3. V.I.Vernadskiyning «biosfera» va «noosfera» haqidagi tushunchalarini mazmunini
ochib bering.
4. Inson ekologiyasi qanday masalalar bilan shug‘ullanadi?
5. Inson ekologiyasini asosiy vazifalari nimalardan iborat?
6. Insonning moslashish jarayoni qanday kechadi?
7. Insonning tabiatga ta’siri qanday oqibatlarga olib keladi.
8. O‘zbekistonda aholi sonini o‘sish ko‘rsatqichlari qanday?
9. O‘sish ko‘rsatqichiga ta’sir etadigan omillar?
10. Shahar va uning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
11. Shaharlarni yiriklashishi nima deb ataladi?
12. Urbanizatsiya qanday jarayon?
13. Shahar aholisining turmush tarzi va sharoitlar qanday?
14. Aholi migratsiyasi deganda nima tushuniladi?
15. Qochoqlarni kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?
16. Hozirgi davrda urbanizatsiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari?
17. O‘zbekistonda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha qanday ishlar olibborilmoqda?