222
monitorining yashash davri 60000 soatni tashkil qilsa, LCD monitorniki esa 15000 - 20000
soatni tashkil qiladi. Bu esa kuniga 10 soatdan foydalanganda ENT monitor o‘rtacha 16-17 yilni,
LCD monitor esa 4-5 yilni tashkil qiladi. SHuningdek LCD monitorning ko‘rinish burchagi ham
ENT monitorga nisbatan kichikroq. Buni LCD monitorning yonidan qaraganda tasvirning
buzulishiga qarab bilib olish mumkin.
Kompyuterning tizimli qismini olib qaraydigan bo‘lsak,
u erda deyarli hamma narsa
nurlanishdan himoyalangan va uning ichidagi qurilmalar past quvvatda ishlaganligi uchun u
erdan chiqayotgan nurlanish kam miqdorda bo‘ladi, qolaversa ko‘pgina tizimli bloklarning ustki
qavati metal bilan qoplangan. Tizimli blokdagi nurlanish asosan markaziy protsessor va elektr
ta’minot qismida hosil bo‘ladi. Intel kompaniyasining birinchi
mikroprotsessori elektron
hisoblagichlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u 2300 ta tranzistordan tashkil topgan. Hozirda esa
kompyuter uchun mo‘ljallangan protsessorlari Intel Pentium IV 2GGs da 42mln, Intel Core 2
Duo da 291mln va eng so‘ngi ishlab chiqargan protsessorlarida tranzitorlar soni 2mlrddan ortib
ketgan. Bu esa nurlanish manbaini tizimli blokda ham tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.