216
muammolarni na global, na hududiy, na mahalliy darajada hal etib bo‘ladi. Jamiyat bilan tabiiy
tizimlar doimo o‘zaro ta’sirda bo‘ladilar. Jamiyat bilan o‘zaro ta’sirlanish jarayonida tabiiy
tizimlar tabiatni bir butun tadqiq qilishga intilish fanning ekologiyalashtirishning eng xarakterli
jihatlaridan biri ekanligidir. Ekologiyalashtirish insonni bilish va o‘zgartirish faoliyatlari
o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etadi.
Fani ekologiyalashtirishning
yana bir muhim jihati, tadqiqot ob’ektlari bo‘lmish inson,
atrof-muhit, ularning o‘zaro munosabatlariga ijodkorlik va mehr-muhabbat ruhida qarash lozim
bo‘ladi. Bunday munosabat ijtimoiy ongning barcha shaklllariga shu jumladan fanga ham xos
bo‘lishi kerak. Ya’ni fanning asosiy vazifasi va maqsadi odamlarga farovonlik va baxt
keltirishidan iborat bo‘lmog‘i lozim. Fanni ekolgiyalashtirish bilan bir qatorda ishlab chiqarishni
ham ekolgiyalashtirish ekologik muammolarni oldini oladi. Har yili davlatimiz tomonidan
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish uchun millionlab mablag‘lar ajratadi. Bundan tashqari
aholining ekologik madaniyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish borasida rejali ishlar
yo‘lga qo‘yilgan. Atrof-muhitni himoya qilish muammolarni hal
etish uchun ekologik xavfsiz
kam chiqindili va chiqindisiz texnalogik jarayonlarni yaratish yo‘li bilangina erishish mumkin
bo‘ladi.
Ekologiyalashtirigan ishlab chiqarish murakkab yopiq jarayondan iborat. Bunda barcha
chiqindilar yana qaytadan ishlab chiqarish siklida foydalaniladi. Bu erda biotexnologiyani o‘rni
beqiyosdir, ya’ni ishlab chiqarishda mikroorganizmlardan foydalaniladi. Biotexnologik yo‘l
bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishonchli va toza bo‘ladi. Ekologiyalashtirilgan ishlab
chiqarishda bir bosqich chiqindilari ikkinchi bosqich uchun hom ashyo hisoblaniladi.
Ekologiyalashtirish ishlab chiqarishda sifat jihatidan yangi energiya manbaiga o‘tiladi. Bu uning
xususiyati hisoblanadi. YAngi energiya manbalarini izlash bugungi kunda ilmiy tadqiqot
markazida turibdi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida atom quvvatidan foydalanilmokda.
Butun dunyoda 300 ga yaqin AES ishlab turibdi. Kimyoviy usulllarda olinadigan va quyosh
geoterminal, shamol, dengiz suvning ko‘tarilishi pasayishi va noan’anaviy qayta tiklanmaydigan
barcha turdagi quvvatlar ham mavjud. Mutaxasisslar vodorodga energiyanining istiqbolli manbai
sifatida qaraydilar. Undan issiqlik
manbai va transport sanoatida, turmushda foydalanish
mumkin. Bu esa atrof-muhitni sof holida saqlashga erishilishga olib keladi, chunki vodorod
yonishi jarayonida suv bug‘i hosil bo‘ladi. Sanoat miqyosida asosan oddiy suvdan vodorod
ishlab chiqarishni ko‘pgina usullari topilgan.
Energiyaning yangi manbalaridan biri-issiqlik nasoslaridir. Bu nasoslar freon yordamida
atrof-muhitga sochilgan issiqlikni yig‘adi va uni amaliy maqsadga qo‘llash uchun quyiltiriladi.
SHunday qilib, energiyani saqlanish qonunini bo‘zmay turib atrof-muhitdan issiqlikni
kondensatsiya qilish hisobiga ko‘ra go‘yoki «abadiy ishlaydigan dvigatel» yaratiladi.
Hozirda
issiqlik nasoslari Evropaning turli mamlakatlarida ishlab turibdi. Ularning quvvati taxminan 100
ming kVt.ga teng.
Ekolgiyalashtirilgan ishlab chiqarishga o‘tish materiya harakatining biologik shakli, ya’ni
tirik tabiatdagi modda almashinuvi jarayonlari qonuniyat va xususiyatlaridan kengroq
foydalanish bilan bog‘liqdir. Biokimyoviy texnologiya yaratish va uni rivojlantirish, bu
yo‘nalishdagi birinchi qo‘yilgan qadamdir. Bunda asosiy ishlab chiqarish jaryonlari tirik
xujayralarda
kechadi.
Yangi
ishlab
chiqarish
jarayonining
eng
muhim
omili
mikroorganizmlardir. Masalan, mikroorganizmlar qipiqlarni qayta ishlab qimmatbaho oqsil
mahsulotiga aylantirish qobiliyatiga ega. U hayvonlarga qo‘shimcha oziqa sifatida solinadi.
Hozirgi vaqtda fizik-kimyoviy biologiya va biotexnologiyaning rivojlanishiga Dunyo
miqyosida katta e’tibor berilmokda.
Ularning yutuqlari tibbiyotda, qishloq ho‘jaligida va
sanoatda keng foydalaniladi. Xususan, Mikrobiologiya insitutida keyingi yillarda salmoqli ishlar
qilindi. Institutda «Er malhami» preparatini taklif etdiilar, u tuproqni biologik jihatidan
sog‘lamlashtiradi, mineral o‘g‘itlarni tejaydi, muhitning ekologik holatini yaxshilaydi, urug‘ni
unib chiqishini tezlashtiradi.
Fermentlar yordamida mahsulotlarni parchalash usullari ham yaxshi natijalarni
bermoqda.