207
8-MAVZU: FAN TEXNIKA TARAQQIYOTI VA EKOLOGIYA
Reja:
1. Tabiat va jamiyat tizimi.
2. Ilmiy texnik taraqqiyot va ekologiya.
3. Ekologik siyosat va ekologik iqtisodiy barqaror rivojlanish.
4. Ekologik muammolar va ularni hal etishda fanning ahamiyati.
5. Texnika va inson salomatligi.
6. Ishlab chiqarishning atrof-muhitga ta’siri.
Tayanch iboralar:
tabiat, jamiyat, atof muhit, ishlab chiqarish, tabiiy omillar, ekologiya
siyosat, tabiiy resurslar, qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslar, zamonaviy
texnika va
texnologiyalar, urbanizatsiya, antropogen ta’sir, ilmiy texnik taraqqiyot, inson ekologiyasi,
moddiy forovonlik, ekologik tanazul, noosfera, moslashish, odam populyasiyasining salomatligi,
biologik moddalar aylanishi.
Inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar
muammosi bugungi kungakelib, nihoyatda
kuchayib ketdi. Tabiat bilan inson o‘rtasidagimunosabatlar ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysungan
holda boradi. Ushbuqonuniyatlarning buzilishi ekologik halokatga olib keladi. Fan vatexnikaning
rivojlanish jarayoni tabiiy muhitni tubdan o‘zgartib yubordi
33
.
Mineral va yoqilg‘i resuslari kamayib, biosferaning ifloslanishi vabuzilishi kuzatilmoqda.
Ana shularning o‘rganuvchi yangi fan atrof muhit vainson salomatligi fani vujudga keldi.
Insoniyatning rivojlanishishunday davom etsa, ekologik halokat ro‘y berishiga olib keladi.
Bundabizni nimalar kutmoqda.Ekologik halokat ro‘y berishi muqarror. Ushbu savollarga
shubhasizatrof muhit va inson salomatligi fani javob berishi mumkin. Chunkiuning ob’ekti
jamiyat-tabiat-inson tizimi hisoblanadi. Predmeti esaushbu tizimni
rivojlanish qonuniyatlarini
tadqiq qilishdan iborat.
Atrof muhit va inson salomatligi fanining maqsadi aholi orasidaekologik dunyoqarash,
shaxsni ekologik tarbiyalash orqali jamiyatda ekologikmadaniyatni shakllantirishdir va inson
salomatligini mustaqkamlashdir. Tabiyat bu moddiy jismlar realliklar majmuidan iborat bulib,
ular jamiyat negizini tashkil etadi va o‘rab turadi. Jamiyat-odamlar ishlab chikarish,
iqtisodiy-
madaniy tashkilotlarning o‘zaro ta’sirlari murakkab tizimlardan iborat.
Jamiyat bilan tabiatning o‘zaro ta’sirlari dastlab odamning shakllanishi jarayonida kelib
chiqdi. Ular o‘rtasidagi munosabat dastlab oddiy, biologik moddalarning aylanishidan iborat edi.
Odamning tabiatga qaramliligi juda yuqori darajada bo‘lib, unga ta’sir etish juda sezilarsiz
bo‘lgan. Keyinchalik markaziy nerv sistemasining tez rivojlanishi natijasida odamning mehnati
va ish faoliyati murakkablashib va takomillashib bordi. U asta-sekin tashki muhitdan to‘g‘ridan-
tug‘ri bog‘lanishlari ozod bo‘la boshladi. Shu bilan birga tabiatga ta’siri kuchayib bordi.
Tabiatning odamga ta’siri.
Tabiat jamiyat rivojlanishining doimiy sharoiti bo‘lgan va
bunda keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Bunda jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy munosabatlari
33
Eyewitness Ecology. Written by STEVE POLLOCK. United States in 2005 by DK Publishing, Inc. 375 Hudson
Street, New York, NY 10014 ISBN-13: 978-0-7566-1387-7 (PLC), ISBN-13: 978-0-7566-1396-9 (ALB).
208
o‘zgarishi kuzatilgan, hamda tabiatning roli ham o‘zgargan. Shuni ta’kidlash
lozimki
jamiyatning rivojlanishida tabiiy resurslar o‘z ahamiyatini saqlab qoldi. Tabiiy sharoit
jamiyatning rivojlanishi tezlashtirishi yoki sekinlashishi mumkin. Ammo u xech qachon ijtimoiy
munosabatlarni o‘zgarshi uchun sabab bo‘laolmaydi. Ba’zi bir olimlarning fikriga ko‘ra
jamiyatning rivojlanishida geografik muhit muhim rol o‘ynaydi deb qaraladi. Ishlab chiqarish
kuchlari rivojlanish bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ham
mavjud.
Jamiyatning tabiatga ta’siri.
Odam o‘zining tarixiy rivojlanishining daslabki davrlarida
tabiatning mahsuli sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Keyinchalik esa
mehnat faoliyati va ishlab
chiqarish jarayonining rivojlanishi bilan ya’ni ijtimoiy omillar ta’sirida u ongli mavjudotga
aylandi. U o‘z navbatida er yuzasida materiya harakatining yangi ijtimoiy shakli vujudga
kelganidan dalolat berar edi. Insoniyat asta-sekin tabiatni o‘zgartiruvchi eng kuchli omilga
aylandi. Hamda uning rivojlanishiga katta ta’sir etayapti. Tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri
yuqorida aytib o‘tilgandek dastlab biologik moddalar aylanishiga asoslangan bo‘lib, keyinchalik
tarixiy rivojlanish natijasida birinchi o‘ringa ijtimoiy moddalarning aylanishi o‘tib oldi. Shunga
binoan tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar harakteri ham o‘zgardi. Hozirgi
qarashlarga ko‘ra ijtimoiy yoki antropogen moddalar aylanishi jamiyat hayotini ta’minlovchi
murakkab
jarayon hisoblanib, u tabiatdan o‘zlashtiriladigan moddalar va energiya xisobiga
yashaydi. Faqat to‘xtovsiz ravishda tabiat bilan o‘rtasida sodir bo‘ladigan moddalar va energiya
aylanishi hisobiga yashashi mumkin. Antropogen moddalar aylanishi sayyoramizdagi moddalar
aylanishining bir qismi hisoblanadi. Bunda tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri yotadi. Ushbu
moddalar aylanishining bir tomoni jamiyat hisoblandi. Antropogen moddalar aylanishining
xissasi sayyoramizda kundan-kunga ortib bormoqda. Uni yirik shaharlarda, sanoat markazlarida
kuzatish mumkin. Bundan tashqari sayyoramizda moddalar aylanishiga, yangi sintetik
materiallar, zaharli kimyoviy o‘g‘itlar qo‘shildi.
Inson o‘z xo‘jalik
faoliyatida, sayyoraviy moddalar aylanishidagi, mikdor va sifat
jixatlari o‘zgarib bordi va tezlashtirildi. Inson erdagi muhim geologik kuchga aylandi. Jamiyat
tomonidan tarixiy davrlarda moddalar va energiyaning o‘zlashtirilishi har bir kishi boshiga ortib
boradi. Shuning asosida moddalar aylanishi jaddaligi ortib boradi. Natijada tabiatda mavjud
bo‘lmagan
xilma-xil moddalar yaratildi, tabiatga keraksiz moddalar va energiyalar ajralib
chiqmokda.
Hozirgi davrda ishlab chiqarish chiqindilarining ortishi tufayli tabiatda katta o‘zgarishlar
kuzatilmoqda. Natijada jamiyatning tabiatga salbiy ta’siri xavfli tus oldi. Uning sababi atrof-
muhitning antropogen moddalar aylanishining ekologik nuqtan nazarida nihoyatda
takomillashmaganligidir. Bu shundan iboratki, tabiiy resurslardan
foydalanishning foydali ish
koeffitsenti juda past. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra o‘rtacha FIKi 5-10% tashkil edi. Qolgan 90-
95% inson tomonidan amalda isrof qilindi. Ko‘pincha ishlab chiqarish chiqindilari
parchalanmaydi va dastlabki holatiga qaytmaydi. Aksincha, tabiiy ifloslanadi va uning hayoti
yomonlashadi. Natijada bugungi kunda Ilmiy Texnik Taraqqiyot (ITT) insonni tabiatga global
darajada ta’sir etishiga olib keldi.