|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 92/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulNeoromantizm vakillari jamiyat qonun-qoidalarini, uning rivo- jlanish yo‘llarini rad etdilar. Bu yo‘nalish, asosan, Angliya va Ger- maniyada tarqaldi. Angliyada Stivenson, Konrad, Xaggard, Konon- Doyl, Chesterton va Germaniyadan Gofmanstal, Gauptman, Gaze- kklever singari adiblar ushbu yo‘nalishning yirik namoyondalari sanaladi. Neoromantiklar zamonaviy jamiyat qadriyatlarini rad etar ekan, o‘z o‘quvchilarini uzoq o‘tmishga yoki sivilizatsiya ta’siridan yiroq ekzotik o‘lkalarga(Afrika, Osiyo, Janubiy Amerika) olib bora- dilar. Ularning favqulotda kuchli, romantik qahramonlarini yorqin, bo‘yoqlarga boy, g‘aroyib sayohatlar bilan to‘la dunyoda faoliyat ko‘rsatadi.
XIX asr so‘nggi choragida bo‘y ko‘rsatgan yana bir adabiy oqim estetizm bo‘lib, uning yorqin namoyandasi ingliz yozuvchisi Oskar Uayld (1854–1900) sanaladi. Mazkur oqimning paydo bo‘lishida ta- niqli faylasuf, antik va uyg‘onish davrlari san’atibilimdoni J.Ryoskin hamda, adabiy tanqidchi Uolter Peyterning ta’siri katta bo‘lgan. Es- tetizm tarafdorlari barcha narsadan go‘zallikni yuqori qo‘yadilar. O.Uayldning “Yolg‘onning qulashi”(1889) essesida san’at hayotdan ustun turishi, ijodkor real hayotga emas, aksincha hayot san’atga taqlid qilishi lozimligini “San’at san’at uchun” tamoyili asosida targ‘ib etib san’atning tarbiyaviy ahamiyatini inkor etadi. 1891-yilda yaratilgan “Dorian Greyning portreti” romanida san’at va san’atkor mavzusi o‘ziga xos tarzda talqin etiladi.
asr ikkinchi yarmida “yangi drama” asoschisi, drama janri islohotchisi norvegiyalik Hyenrik Ibsen (1828–1906) pyesalarida (“Brand”, “Per Gyunt”, “Qo‘g‘irchoq uyi”) romantizm va realizm an’analari sintezini kuzatish mumkin. Muallif doimo ramzlarga mu-
rojaat qiladi. Har bir pyesa g‘oyalar haqidagi bahslardan tashkil top- gan bo‘lib, intellektual dramaning klassik namunalari hisoblanadi. H.Ibsi ijodi XIX asr oxiri va XX asr G‘arb dramaturgiyasiga salmo- qli ta’sir o‘tkazdi.
asr adabiyoti taraqqiyotiga ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatgan yo‘nalishlar sirasiga dekadentlik adabiyoti ham kiradi. Dekadentlik XIX asrning 80-yillarida Fransiyada jamiyatdagi ziddiyatlar kuchay- ib borayotgan bir sharoitda paydo bo‘ldi. Shaxsiyatparastlik, umid- sizlik, sirli voqealar, oxiratga murojaat etish, bu adabiyotning asosiy belgilari sanaladi. Romantik shoir Teofil Gote dekadans(frans. deca- dence – tushkunlik) iborasini birinchi bo‘lib qo‘llagan. Keyinchalik dekadentlik atamasi san’at va adabiyotdagi barcha xasta hodisalarni ifodalovchi so‘z bo‘lib qoldi. Turli adabiy oqimlarga mansub bo‘lgan parnaschi, simvolist, XX asr boshlaridagi modernistlar, hatto natu- ralistlar ham dekadentlar deb atala boshlandi.
asrning 50-yillarida Fransiyada maydonga kelgan “Parnas” (Qadimgi Yunonistonda muzalar, ya’ni san’at, adabiyot va fan ilo- halari yashagan tog‘) guruhi (Lekont de Lil, Teodor de Banvil, Joze- Maria Eredia) “sof san’at” g‘oyasini targ‘ib qildilar. Ularning fikri- cha, san’at davlat homiyligidan ozod bo‘lishi lozim. San’at maqsad- siz bo‘lib, undan faqatgina real muhit tashvishlaridan uzoqlashtiru- vchi ovunchoq sifatida foydalanish mumkin. Parnaschilar shaklga katta ahamiyat berdilar, shakl asar go‘zalligini yuzaga keltiradi. Teodor de Banvil qofiyaga she’rni bezaydigan “oltin mix” deb baho beradi. Uning fikricha, san’at go‘yoki bekorchilik mahsulidir. Narsa yoki buyum foydali bo‘lib qolganda o‘z go‘zalligini yo‘qotadi. Tas- viriy san’at, haykaltaroshlik, musiqa hech narsaga xizmat qilmaydi, parnaschilarning asosiy estetik tamoyillari ana shundan iborat.
Nemis faylasuflari Artur Shopengauer va Fridrix Nitsshe g‘oyalari dekadentlik adabiyotining falsafiy negizini tashkil etadi.
|
| |