|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 88/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulUilyam Meykpis Tekkerey (1811–1863) ingliz tanqidiy realizmin- ing yirik vakillaridan biri. Garchi u Dikkensga zamondosh bo‘lib, u kabi iqtidorli bo‘lsa ham, taqdiri uning taqdiridan farq qiladi. Yozu- vchi sifatida Tekkerey Dikkens bilan yonma-yon tursa-da, mashhur- likda undan ancha ortda qolgan. Keyinchalik oliy hakam – vaqt uni Tolstoy, Filding, Shekspir kabi buyuk yozuvchilar qatoriga qo‘shib qo‘ydi.
Tekkerey Hindistonning Kalkutta shahrida tug‘ildi. 6 yoshida onasining o‘limidan so‘ng oilasi bilan Angliyaga qaytib keladi. Bu yerda u mahalliy maktabda bilim olib, 2 yil Kembrij universitetida o‘qiydi.
Tekkerey ijodida uch davrni ajratib ko‘rsatish mumkin: birinchi davr – 30-yillarning oxiri – 40-yillarning boshi; ikkinchisi – 40-yil- lar o‘rtalari va uchinchi davr – 1848-yildan keyingi ijodi.
Adabiy faoliyatini 1840-yili jurnalist sifatida boshladi. Uning o‘tkir ocherk, parodiya va karikaturalari “Panch» hajviy jurnalida bosildi. 30-yillardayoq Tekkereyning dunyoqarashi, siyosiy maslagi
shakllandi. Yozuvchining falsafiy-estetik qarashlarida sirtini yalti- ratishga berilib ketishlik, ortiqcha mubolag‘a, soxta ko‘tarinkilik va haqiqatni buzib ko‘rsatishga murosasizlik birinchi o‘rinda turadi.
Shubhasiz, dunyoni o‘tkir va kuzatuvchanlik bilan his qiluvchi san’atkor – Tekkerey yozuvchiga yordam beradi, ya’ni unga tasvir- lanayotgan voqelikning muhitiga kirishga, eng muhimini ko‘rishga, o‘z qahramonlariga mustaqil bo‘lishda yordam beradi.
Yosh Tekkerey qarashlarining shakllanishida, u muntazam rav- ishda romannavis yozuvchilarga bag‘ishlangan ocherklarini (“Mash- hur mualliflarning romanlari”) chop ettirgan “Frezere megezin” bi- lan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Bulver va Dizraeli romanlariga o‘ziga xos parodiyalar edi. Ijodining birinchi davrida Tekkerey tomonidan uning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy va estetik qa- rashlari aks etgan badiiy asarlar yaratildi. Bular “Katerina” (1839) romani, “Oliyjanob notavon” (1840) qissasi va “Barri Lindonning erishgan mavqeyi” parodiya (1844) asarlaridir.
U ijodining ikkinchi va uchinchi davrlarida ko‘plab hajviy hikoya, qissalar va bir necha roman yozdi. “Snoblar kitobi” (1847), “Shuh- ratparastlik g‘ulg‘ulasi” (1848), “Pendonis” (1850), “Nyukomlar”
(1855) shular jumlasidandir.
Tekkerey ijodida satira va ijtimoiy mavzular asosiy o‘rinni egal- laydi. Bu borada u Dikkensdan bir oz farq qiladi. Dikkens, ijodkorn- ing vazifasi ijtimoiy hayotning faqatgina salbiy tomonlarini ochib tashlashdan iborat bo‘lib qolmasligi kerak, u o‘quvchiga o‘sha il- latlar bilan qanday kurashish yo‘llarini ham ko‘rsatib berish kerak, – deb hisoblaydi. Tekkerey uchun muhimi – hech qanday pardozlarsiz hayotiy haqiqatni ochib tashlash. Uning realistik estetikasi asosini “Haqiqat har doim ham yoqimli bo‘lavermaydi, lekin haqiqat barcha narsadan afzal”, “Insonni tabiiiy holda tasvirlamoq kerak” kabi tez- islar tashkil etadi. Bu tezislar uning eng yaxshi asarlari uchun asos bo‘ladi.
“Shuhratparastlik g‘ulg‘ulasi” romanida Angliyaning XIX asr 10–20-yillaridagi hayoti keng tasvirlanadi. Asardagi voqealar An-
gliya poytaxti London atroflaridan Belgiya, Fransiya, Germaniya, Italiya davlatlariga ham ko‘chadi. Qahramonlar esa turli tabaqa vakillari (zodagonlar, parlament a’zolari, chinovniklar, harbiylar, o‘qituvchilar va boshqalar) bo‘lib, bu davr ingliz jamiyati ramziy ma’noda “shuhratparastlik yarmarkasi” deb atalgan. Ular “g‘ulg‘ula” (yarmarka) qonunlari asosida yashadi. Bunda insonning qadr-qim- mati pulining miqdori bilan o‘lchanadi. Tekkerey o‘z zamonasida- gi Angliyani ham shunday yarmarkaga o‘xshatadi. Asarga hatto qo‘g‘irchoq obrazi ham kiritilgan.
Bu muhitda yozuvchi asarda asosiy o‘rinni egallovchi bosh qah- ramon topishga qiynaladi. Asarga “qahramonsiz roman” sarlavhasi qo‘yilgan.
Tekkerey asarining bunday nomlanishiga XVII asr Angliya yo- zuvchisi Jon Benyanning «Ziyoratchining yo‘li» (1678) asari turtki bo‘ldi. Uning ushbu allegorik-falsafiy asarida bir sayyohning Shuh- ratparastlik (London) shahriga kelishi hikoya qilinadi. Bu shaharda payshanba kunlari barcha-barcha (uy, yer, mansab, mamlakatlar, bola-chaqa, ota-ona, hayot, oltin…) narsalar sotiluvchi yarmarka bo‘ladi.
Romanda ikkita syujet chizig‘i bo‘lib, birinchisi, Emiliya Sedli taqdiri bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisida, Bekki Sharpning hayoti aks ettiriladi. Ularning hayotlari ba’zi-ba’zida kesishib turadi. Vo- qealar avvalida Emiliya ijobiy qahramon sifatida namoyon bo‘ladi. U xushmuomala, rahmdil, yetim qolib oila mehriga mushtoq bo‘lgan dugonasiga g‘amxo‘rliklar ko‘rsatadi. Biroq o‘z ota-onasini unutib yuborganligi, Emiliyani “moviy qahramon” sifatidagi nomiga dog‘ tushiradi. U hattoki erining o‘limidan keyin ham Dobbinning oli- yjanob harakatlariga e’tibor qilmaydi.
Bekki – Emiliyaning aksi. U ilk ko‘rinishdayoq o‘zining vahshiyona, o‘tkir changali, izzattalabligi, ayyorona o‘tkir aqli bilan hayron qoldiradi. U dilbar va xushmuomala, lekin uning ko‘zlari va maftunkor tabassumi tajribasiz, g‘o‘r odamni al- dashi mumkin.
Garchi Tekkerey ingliz adabiyoti tarixida “Shuhratparastlik g‘ulg‘ulasi” va “Snoblar kitobi”, “Genri Esmondning sarguzasht- lari” va “Nyukomlar” kabi asarlar muallifi sifatida nom qoldirgan bo‘lsada, uning boshqa asarlari ham diqqatga sazovor, chunki ular- siz yozuvchi ijodiga to‘laqonli baho berish mushkul.
|
| |