|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 85/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulProsper Merime (1803–1870) – fransuz tanqidiy realizmining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lib, uning ijodi romantizm harakati bilan hamohang rivojlandi. Bo‘lajak yozuvchi Parij shahrida, badav- lat oilada tavallud topdi. Litseyni tugatgach, Parij universitetining huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi.
Yosh Merimening qiziqish doirasi va estetik qarashlari erta shak- llandi. U yoshligidan katta qiziqish bilan Shekspir va Bayron asar- larini asliyatda o‘qidi. Stendal ijodi yosh Merime dunyoqarashining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘n olti yoshida do‘sti Jak Lui Amper (buyuk fizik olimning o‘g‘li) bilan hamkorlikda ingliz pre- dromantizmining vakili D.Makfersonning “Ossianning qo‘shig‘i” asarini tarjima qildi.
Prosper Merimening birinchi nashr qilingan asari – “Klara Gusel teatri” (1825) to‘plami bo‘lib, u san’atning yangi tamoyillarini joriy qilib, klassitsizm qonun-qoidalariga qarshi qaratilgan. U adabiyotga dramaturg sifatida kirib keldi va klassitsizm san’atining tayanchi bo‘lgan teatrga daxl qildi. “Klara Gusel teatri” – yozuvchi erkin ijod qilishi, turg‘un bo‘lib qolgan qoidalarga rioya qilmasligi mumkin- ligini isbotlab berdi
P.Merimega dramaturgiyaning yangi turini yaratishda Uyg‘onish davri ispan teatri yordam berdi. “Ispanlar Daniyada” pyesasin- ing muqaddimasida personajlardan biri sifatida tasvirlangan Klara Gusel klassitsizmga istehzoli tavsif berib, “Pyesa haqida fikr yurit- ganda, ba’zilar suiqasd uyushtirish uchun, ba’zilar qotilning qo‘lida halok bo‘lish uchun, yana birlari kimningdir murdasi yonida o‘z jo- niga qasd qilish uchun voqealar bir kunda sodir bo‘lyaptimi, barcha ishtirokchilar bitta joyda paydo bo‘lyaptimi, bularni bilish juda ham muhim emas”, – deydi. Shuning uchun to‘plamga kiritilgan pyesala- rda hech qanday birliklarga rioya qilinmagan, ularda na besh aktli kompozitsiyalar, va na ierarxiyaga rioya qilinadi. Pyesalarning erkin kompozitsion qurilishi klassitsizm dramalaridagi izchillikni buzdi; pyesalar she’rda emas, nasrda yozildi; personajlar mavhum ab- strakt nasihatgo‘ylik bilan shug‘ullanmay, tom ma’noda harakatda bo‘ldilar; komediyalarning syujeti taqdir o‘yini bilan emas, balki in- soniy his-tuyg‘ular, ular taqdirlarining to‘qnashuvi bilan belgilandi. 1827-yili chop etilgan “Gyuzla, yoki Dalmatsiya, Bosniya, Xor- vatiya va Gersegovinada yozib olingan illiriy qo‘shiqlari to‘plami”da slavyan xalqlari hayoti haqqoniy yoritib berilgan. Bu kitob muallif- dan qunt bilan ishlashni, filologiya, tarix va etnografiyaga oid bilim- larni talab qildi. To‘plamga kiritilgan prozaik qo‘shiqlar katta shuh- rat qozondi. Ularning muallifi slavyan xalqlari ekaniga, Mitskevich va Pushkinlar ham ishonishdi (aslida qo‘shiqlarni Merimening o‘zi
yozgan edi).
Tarix sinovlaridan mardonavor o‘tgan xalq mavzusiga yozuvchi
“Jakeriya” (1828) dramatik solnomasida ham murojaat qildi. Drama
syujetiga 1358-yilgi dehqonlar qo‘zg‘aloni asos bo‘ldi. Drama shun- day qurilganki, unda bir vaqtning o‘zida klassitsizm qoidalari bilan bahs-munozarani ham payqash mumkin (hodisalar joyi ko‘p marta o‘zgartiriladi: chuqur jarlik, gotika zali, qishloq maydoni, o‘rmon chetidagi yo‘llar, isyonchilarning ichkari hovlisi va h.k. va zamon va harakat birligining yo‘qligi, shuningdek zodagonlar oilasidan bo‘lgan ideal qahramonning bo‘lmasligi).
Dramada romantik pyesalarda bo‘lgani kabi, o‘zining ichki va tashqi erki uchun kurashuvchi ideal qahramon yo‘q. Uni na de- hqonlar va na oqsuyaklar orasidan topib bo‘lmaydi. Merimening dehqonlari – ijtimoiy munosabatlarda o‘z o‘rnini anglashga qodir bo‘lmagan johil odamlar. Albatta ular orasida ham jasur va oliyjanob odamlar topiladi, masalan, o‘z singlisining o‘limi uchun qasd olgan Reno, feodal Apremon garovga olgan begunoh odamlarni jazola- masligi uchun ixtiyoriy ravishda taslim bo‘ladi.
Merime “Karl IX saltanatining yilnomasi”(1829) romanida yana bir bor fransuz milliy tarixidagi muhim davrga murojaat qiladi. Yozuvchi o‘zining asosiy vazifasi o‘tmish davr kishilarining xu- susiy hayotini ko‘rsatish, “bu davrning xulq-atvori, urf-odatlarini haqqoniy, ishonarli qilib tasvirlashda”, deb hisoblaydi. Uning fikri- cha, Varfolomey tunida sodir etilgan dahshatli fojeaning ildizlarini, avvalo, diniy mutaassiblik ruhida tarbiyalangan parijliklarning aql yo‘nalishidan qidirish kerak. Muallifning ushbu konsepsiyasi asar personajlarini realistik tasvirlash, tarixiy manbani tanlash, roman- ning kompozitsion qurilishini belgilaydi.
O‘z novellalarida Merime murakkab vazifani hal qiladi: birgina voqea orqali butun xalqning tarixini, o‘zga davrlarni ko‘rsatish. Un- ing “Mateo Falkone” (1829) hikoyasi novellestik mahoratning shoh asari hisoblanadi. Novellaning markaziy voqeasi – sotqinlik qilgan o‘g‘ilning ota tomonidan o‘ldirilishi. Fortunatoga otasi tomonidan chiqarilgan hukm, Mateoning oila sha’ni haqidagi tasavvurining bo‘rttirib ko‘rsatilshi emas. Novellaning boshqa qahramonlari ham axloq qoidalarini shunday tushunishadi. Hattoki, qattiq qayg‘uga
tushgan Fortunatoning onasi Juzeppa ham erini haq ekaniga is- honadi. Hikoyaning prozaik ohangi, korsikaliklarning urf-odatlari, irodali va jasur qahramonning fojeadan oldingi hayoti – bularning hammasi o‘ziga xos ma’naviy muhitni yaratadi. Korsikaliklar hayo- tiga bag‘ishlangan “Kolomba” (1840) novellasida ham o‘z o‘lkasi va uning odatlari bilan aloqani uzmagan odamlar uchun vendetta (Korsika orolida qonga qon bilan o‘ch olish) bo‘lishi muqarrar va tabiiy tuyuladi.
Sevish va nafratlanishni biluvchi, kuchli va irodali (Kolomba, Mateo Falkone) qahramonlar Merimega yaqin. U ularning shafqa- tsizligi, nodonligi, tiyiqsizligi, sho‘rtumshuqligini ko‘rsatishi mumkin, biroq qoralamaydi. O‘zlarini madaniyatdan bahramand bo‘lganmiz, deb hisoblaydigan qahramonlar esa, aksincha, joziba- sini yo‘qotganday. “Tamango” (1829) novellasida ikki dunyo, ikki qahramon – qora tanli jangchi Tamango va kapitan Ledu qarama- qarshi qo‘yiladi. Mohiyatan har ikkisi ham bir xil vazifa – “qora da- raxtni” sotish bilan shug‘ullanadi, biroq ularning obrazlari struktura jihatdan bir-biriga mos kelmaydi. Tamango o‘z qabiladoshlariga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lsa-da, ular orasida qad- imdan shakllangan urf-odatga mos keladi. Leduning xuddi shunday faoliyati esa axloq-odob doirasida “yuz chandon ortiqroq darajada jinoyatkorona”, chunki uning shafqatsizligi zamirida faqatgina mod- diy manfaat yotadi. Kapitan Ledu haqida gapirganda, Merimening sokin hikoya qilish ohangida achchiq kinoya seziladi. Axir aynan kapitan qora tanlilar uchun birinchi bo‘lib qo‘lkishan va zanjirlarn- ing yangi sistemasini qo‘llaydi, u palubalar orasidagi xonalarni faqa- tgina bir maqsadda – qullarni ko‘proq joylashtirish uchun qayta jiho- zlaydi. Ledu boshqargan kemaning romantik nomlanishi (“Umid”), uning insonparvarlik haqidagi balandparvoz safsatasi uning portret chizgilariga yakun yasaydi. Ovrupa madaniyati “shak-shubhasiz ustunlikka” erishdi, chunki u qora tanlilarga bo‘yinbog‘ taqishni o‘rganib oldi, deb qayd qiladi Merime.
Zodagonlarning ma’naviy qashshoq hayotiga bag‘ishlangan no- vellalar orasida “Qo‘shaloq xato (1833)” va “Arsena Giyo” (1844) alohida ajralib turadi. So‘nggi novellada zodagon ayolga buzuq ayol- ni qarama-qarshi qo‘yishga jur’at qiladi va Arsenaning ma’naviy af- zalligini ko‘rsatadi.
1830-yilgi inqilobdan keyin Merimening badiiy ijodga bo‘lgan qiziqishi birmuncha so‘nadi. Bu davrda u asosan tarix, arxeologiya, san’atshunoslikka oid asarlar yaratadi. 1848-yil inqilobidan keyin esa, deyarli hech narsa yozmaydi. O‘limidan bir yil oldingina uning “Lokis” novellasi chop etildi. .
Yangi davr realizmining xususiyatlari atoqli yozuvchi G.Flober (1821–1880)ning ijodida to‘la namoyon bo‘ldi – u XIX asr birin- chi yarmidagi romantizm zaminida ulg‘aygan Balzak davri realizmi bilan XIX asrning ikkinchi yarmidagi E.Zolya va uning maktabi vakillari tomonidan taqdim etilgan naturalizm davrini bog‘lab tu- ruvchi bo‘g‘in hisoblanadi. Gyustav Flober 1821-yilning 12-dekab- rida Ruan shahrida, shifokor oilasida tug‘ildi. 1840-yili u huquqshu- noslikni o‘rganish uchun Parijga keladi. Otasining o‘limidan keyin Ruan yaqinidagi oilaga tegishli yer-mulkka kelib, umrining oxiriga- cha shu yerda yashadi. Parijga kelganda T.Gote, Gi de Mopassan, E.Gonkur, E.Zolya, I.S.Turgenevlar bilan uchrashib turdi, sayohat qilib Ispaniya, Italiya, Korsika oroli, Gretsiya, Misr, Kichik Osiyo, Jazoir va Tunisda bo‘ldi. O‘zining yoshlik yillarini eslar ekan, u “Meni ikki narsa – adabiyotni sevishim va burjuaga nafratim qo‘llab turdi”, – deb yozgan edi.
Jami uch jilddan iborat Floberning ilk asarlari (1835–1849), u o‘z ijodini “eski romantik maktab” yo‘lida boshlaganidan dalolat beradi. (“Biz to‘la ma’noda bema’ni, ajoyib romantiklar edik”, – deb yozgan edi u keyinchalik J.Sandga). Yozuvchining birinchi asar- lari “Margarita Burgundskayaning o‘limi”, “Florensiyadagi vabo”, “Taxtga ikki da’vogar” tarixiy novellalari, “Tentakning xotiralari” va “Noyabr” qissalari lirik romantizm yo‘nalishida yozilgan edi.
1849-yilning sentyabrida Flober “Avliyo Antoniyning vasvasasi” romanini yozib tugatdi. Asarni o‘qib chiqqan do‘stlari uni yoqib yuborishni va yarim fantastik qahramonlar emas, kundalik hayot haqida, shoshilmasdan, har bir epizodni maromiga yetkazib, har bir jumlaning ma’nodorligi va aniqligiga e’tibor berib, asar yozishni maslahat berdilar. 1850-yili Misr safaridan qaytib kelgan yozuvchi, jahon adabiyotining durdona asariga aylangan “Bovari xonim” ro- mani ustida ish boshladi. Besh yil davomida yozilgan roman 1856- yili “Ruve de Paris”(“Parij jurnalida”)da bosib chiqarildi. Hukumat asarni axloqsizlikda aybladi, lekin sud noshir va yozuvchini oqlab hukm chiqardi. Aksincha, romanning axloq (xulq) haqida ekaligini asar kompozitsiyasi ham tasdiqlaydi. Asar Sharl Bovari haqidagi hikoyadan boshlanib, aptekachi Ome haqidagi hikoya bilan tugaydi. Emma esa faqat 2-bobdan paydo bo‘ladi. Uning o‘limidan so‘ng yana 3 bob davom etadi.
Yozuvchi o‘z oldida juda murakkab vazifani: jamiyat illatlarini aniq va shu bilan birga sodda qilib tasvirlashni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun u shu davrgacha tarkib topgan roman kompozitsiya- sidan foydalanmaydi. Flober ekspozitsiyaga katta o‘rin berdi – 260 bet, asosiy voqealarga –120–160 bet, Emmaning o‘limi va Sharl iz- tiroblariga 60 bet – shunday qilib «tasvir» qismi 320 bet, ya’ni vo- qealar tasviridan 2 barobar ko‘p.
Romanda oddiy va jo‘n voqea tasvirlangan. Kollejni tamom- lagan Sharl Bovari, onasining qarori bilan tibbiyot fakultetida o‘qiydi. O‘qishni tugatgach, u Normandiyaning Tost shaharcha- sida vrachlik qila boshlaydi. Bir muncha muddatdan keyin onasin- ing sa’y-harakatlari bilan badavlat, qirq yoshlardan o‘tib qolgan beva ayolga uylanadi. Kunlarning birida Sharl mahalliy fermerni davolash uchun uning uyiga boradi va Ruoning qizi Emma bilan tanishib qoladi.
Xotini vafot etgach, Emmalarning uyiga tez-tez borib turadi va uning qo‘lini so‘rashga jazm qiladi. Qizning otasi roziligini beradi va dabdaba bilan qizini uzatadi. Yoshligidan ko‘plab romantik asar-
larni o‘qigan, romantik orzularga berilgan qiz, boshqalardan ajralib turmaydigan oddiy qishloq doktoriga turmushga chiqadi va farzan- dli bo‘ladi. Biroq yoshlar birga yashay boshlagandan keyin tez ora- da Emma Sharlni sevmasligini tushunib yetadi. Sharl esa, aksincha, Emma bilan yashayotganidan baxtiyor edi. Yashayotgan hayotidan qoniqmagan ayol, ikkita erkak bilan don olishib yuradi, keyin esa qarzga botib, turmush o‘rtog‘i uni shuncha yillardan buyon sidqi- dildan, sadoqat bilan sevishini xayoliga ham keltirmay, o‘z joniga qasd qiladi. Bu oddiygina voqea yozuvchining yuksak iqtidori tu- fayli ayol qalbini chuqur psixologik tadqiq qilishga aylandi. Shu sa- babli roman kitob holida chop etilgandan keyin, Flober XIX asrning buyuk realist yozuvchisi sifatida e’tirof etila boshlandi.
Maktublarining birida Flober o‘z romani qahramoni haqida: “U ma’lum darajada ma’naviy aynigan, poeziya haqida buzuq tasav- vurga ega, his-tug‘ulari buzilgan ayol”, – deb yozadi. Emmaning tabiati “romantik tarbiya” oqibatida buzilgan. Uning asosi qizning monastirda o‘sha paytlarda rusum bo‘lgan romantik romanlarni mukkasidan ketib o‘qigan yillari qo‘yilgan bo‘lib, romantik qoliplar Emma uchun haqiqiy sevgi va go‘zallik mezoniga aylanadi. “U kito- blarda faqat ishq-muhabbat haqida yozilgan bo‘lardi: o‘ynashlar, ma’shuqalar, jazmani ko‘p xotinlar, kimsasiz ayvonlarda o‘zidan ke- tib qoladigan juvonlar, har bir bekatda o‘ldirilgan kucherlar haqida yozilgan bo‘lardi. Kitobning har bir sahifasi holdan toyib o‘lgan otlar, qalin o‘rmonlar, yurak dard-hasratlari, qasamyodlar, ko‘z yo- shlari, o‘pichlar, oy yorug‘i tushib turgan yengil qayiqchalar, chaka- lakzorlardagi bulbul navolari, sher kabi botir, qo‘zichoqdek beo- zor qahramonlar, beqiyos saxovatli, bekam-ko‘st kiyingan, ko‘zlar daryo-daryo yoshlarga to‘lib toshgan bo‘lardi”.
Ko‘plab tanqidchilar qahramonning hayotdagi prototipi kim ekanligiga qiziqishib savol berganlarida, adib ularga yozgan mak- tubida: “Agar Bovari xonim bo‘lsa, u menman”, – deb yozgan edi. Garchi roman syujeti oddiy bo‘lsa ham, uning haqiqiy qiymati – de- tallarda va ularni mohirlik bilan tasvirlashda. Flober asarlarini ideal
darajaga ko‘tarishga, har doim kerakli va to‘g‘ri so‘zlarni tanlashga intilgan yozuvchi sifatida tanildi.
Flober estetikasida asar uslubini mukuammal qilishga bo‘lgan kuchli intilishni alohida ta’kidlash zarur. Bu intilish yozuvchi uchun uni “adoyi tamom qilib, ishini to‘xtatib turuvchi”, “haqiqiy kasallik- ka” aylangan edi (E.Zolya). Tanqidchilar Floberni “uslubning fana- ti” deb atar edilar. Ijodkorning eng iflos, qabih mavzularga ham mu- rojaat qilish huquqini qattiq turib himoya qilgan Flober: “Poeziya, go‘ng uyumini ham quyoshday tovlanishga majbur qiladi”, deydi. Aynan shu “Bovari xonim”da ro‘y beradi.
Gyustav Flober 1880-yilning 8-mayida insultdan vafot etdi.
|
| |