• Adabiyotlar
  • MIF VA BADIIY IJOD
  • Qadimgi yunon miflari.
  • O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




    Download 0,5 Mb.
    bet12/135
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #242139
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135
    Bog'liq
    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

    Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:


      1. Qadimgi Sharq adabiyoti deganda qaysi adabiyot tushuni-

    ladi?

      1. Shumerlar adabiyotining o‘ziga xosligi nimalarda ko‘rinadi?

      2. “Bilgamish” dostoni mazmunini gapirib bering.

      3. Akkad adabiyoti haqida tushuncha bering.

      4. Qadimgi Hind, Xitoy, Markaziy Osiyo va Eron adabiyotlari haqida nimalarni bilasiz?



    Adabiyotlar


    1. Луков Вл. А. История литературы (Зарубежная литература от истоков до наших дней). – Москва: Академия, 2008.

    2. Эргашев Ш. Қадимги цивилизациялар. – Тошкент: Ўзбекистон, 2016.

    3. Эфти Т. Шумерсы и этруски – древние турки у истоков человеческой цивилизации. – Ташкент: Нисо полиграф, 2013.

    4. Зиётов З. Шумерлар ва Турон қавмлари. – Тошкент: Mumtoz so‘z, 2012.

    5. Крамер C. История начинается в Шумере. – Москва. Наука. 1991.

    6. Болтабоев Ҳ., Маҳмудов М. Адабий-эстетик тафаккур тарихи. –Тошкент: Mumtoz so‘z, 2013.

    7. Панчатантра. – Тошкент: “Yangi asr avlodi”, 2013.

    8. Калила ва Димна. – Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёти, 2012.

    9. Авесто. – Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёти, 2015.



    MIF VA BADIIY IJOD




    REJA:
    1. Mif va uning paydo bo‘lishi.


    2. Mif va ertak.
    3. Mif va badiiy adabiyot.


    4. Qadimgi xalqlar miflari va ularning o‘ziga xosligi.
    5. Qadimgi yunon miflari.


    6. Mifologik maktab.
    7. Folklor, mif va yozma adabiyot mushtarakligi.




    Tayanch so‘z va iboralar: Mif, mif va badiiy ijod, mif va ertak, qadimgi xalqlar miflari, mif va jahon adabiyoti, mifologik maktab: aka–uka Grimmlarning “Nemis mifologiyasi” asari, mif, folklor va zamonaviy adabiyot munosabatlari.

    Mif (yunoncha mythos – rivoyat, hikoya, masal) – xalq xalq og‘zaki ijodining eng qadim davrlarida paydo bo‘lib, odamlarning olam haqidagi o‘sha paytdagi tasavvurlarini aks ettiradi. Ammo tasavvurlarni shunchaki aks ettirmaydi, balki konkret obrazlar vosi- tasida bo‘rttirib aks ettiradi. Miflar olam va odam haqidagi rivoy- atlar bo‘lishiga qaramay, zamonaviy inson tushunchasidagi san’at hodisasi bilan bir hodisa emas. Miflar o‘z vaqtida odamlarning ta- fakkur shakli hisoblanib, ular vositasida atrof-javonibni, olamu odamni, tabiat hodisalarini bilishga urinishgan. Miflar vositasida “olam yoki odam qanday yaralgan, nega kunduzi quyosh chiqib ke- chqurun botadi, shamol qayerdan paydo bo‘ladiyu chaqmoq nima o‘zi?” degan savollarga javob izlangan. Deylik, yunonlar chaqmoq chaqishini Zevsning, dengizdagi dahshatli dovullarni Poseydonning g‘azablangani bilan izohlaganlar, inson taqdiridagi turfa evrilish- larda ilohlarning aralashuvini ko‘rganlar. Mifologiya esa miflarni o‘rganuvchi fan hisoblanadi.


    Sodda til bilan aytganda, ertalab quyosh chiqadi, odamlar uyg‘onishadi. Kechqurun quyosh botganda, odamlar uyquga toli- shadi. Osmonda esa yulduzlar paydo bo‘ladi. Har doim shunday bo‘lgan. Qadimda ham, hozir ham shu hodisalar takrorlanadi. Lekin qadimda bu hodisalarga boshqacha qarashib, quyoshning chiqishi va botishi, dengiz suvlarining ko‘tarilishi va tushishi, suv toshqi- ni, quyosh va oyning tutilishi, vulqonlar otilishini tushunmoqchi bo‘lishgan. Tushunish va tushuntirish yo‘lidagi urinishlar miflarni paydo qilgan.
    Mif haqida rus olimi A.F. Losev o‘zining “Filosofiya. Mifologi- ya. Kultura”10 kitobida mifni qadimiy odam uchun g‘oya yoki tush- uncha emas, balki reallik, hayotning o‘zi sanalgan, deb yozadi.
    Miflar hamma xalqlarda bor. Ular qayerdadir bir-birlaridan farq qilsa, qayerdadir o‘xshaydi, qayerdadir syujet chiziqlari kesishadi, qayerdadir biron bir detal mushtarak chiqib qoladi. Xo‘sh, nima uc- hun? Albatta, bu borada xalqlarning geografik jihatdan joylashuv o‘rni, turmush tarzi va darajasi ko‘p narsani belgilab beradi. Ma- salan, dengiz bo‘yida yashagan xalqlarning miflarida suv, baliq, kit kabi atributlarning qatnashishi, voqealar ularning ishtirokida sodir bo‘lishi tabiiydir. Xuddi shunday, Avstraliya miflarida kenguri va it- ning ko‘p uchrashi ham geografik joy bilan bog‘liq hodisa. Bir xil turmush tarzi, bir xil muammolar ham mushtarak miflarni, ulardagi o‘xshash syujet chiziqlarini paydo qilgan. Ayni paytda, xalqlarning bir-birilaridan ta’sirlanishi, bir-biridan o‘rganish faktini ham inkor qilmaslik kerak. Masalan, rim miflarida yunon miflarining, yunon miflarida esa shumer miflarining izlari bor.

    Download 0,5 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

    Download 0,5 Mb.