|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 11/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul
Ilk bitiklardagi adabiyot. Birinchi ierogliflar m.a. XV asrga oid bo‘lib, suyakdan yasalgan tablichkalarda ilohlar irodasini ifoda qilgan: “Bolalarga don ekishni buyurish”, “O‘ttizta odam va o‘nta buqani qurbonlikka keltirish”, “Agar odamlarning boshini qurbon- likka keltirsang, shoh yordam oladi” kabi. Keyin bu tablichkalar olovga tashlangan hamda ularda qanday yoriqlar paydo bo‘lishiga qarab ilohlarning munosabat-javobi haqida xulosa qilishgan.
“I Szin” (O‘zgarishlar kitobi). Nasroniylar uchun “Injil” qanday ahamiyatga molik bo‘lsa, xitoyliklar uchun bu kitob o‘shanday qim- matli hisoblanadi. Bi kitobning mazmuni, afsonaga ko‘ra, dengiz yu- zasiga chiqib qolgan toshbaqaning kosasiga suvratlar shakli (geksa- gramma) da chizilgan. Kitob o‘ziga xos fol kitobi hsioblanadi. Kitob
m.a. XXI asrdan m.a.VI asr oralarida vujudga kelgan degan har xil qarashlar mavjud. Hatto uni Konfutsiy nomi bilan bog‘lashadi. Asar sekin-asta sayqal topib, fol kitobidan falsafiy traktatga aylangan. 64 ta geksagrammada aks etgan hayot bosqichlaridan inson taqdiri bun- yod bo‘ladi, degan qarash ilgari surilgan. Mas., 1. Ijod. 2. Ado etish.
Ilk qiyinchiliklar. 4. G‘o‘rlik. 5. Kutish zarurati va h.k…
“Shi Szin” – qo‘shiqlar kitobi. Qadimgi xitoy she’riyati hisob- lanib, XII-VII asrlarga oid. Undan turli tuman janrlardagi qo‘shiqlar o‘rin olgan. Didaktika, totem, marosim, qarg‘ish, kul‘t yo‘nalishidagi va yana boshqa mavzulardagi qo‘shiqlar mif hamda fol‘klor ruhi bi- lan qo‘shilib ketgan.
Xitoyda epopeyaning yo‘qligi dunyoqarash bilan, undagi antrop- otsentrizm bilan bog‘liq. Xitoyliklar go‘zallikni alohida bir shaxs va uning tuyg‘ulari bilan emas, balki tabiat va jamiyat bilan bog‘liq holda ko‘rishadi. Shu negizda ikki dunyoqarash paydo bo‘lgan: konfutsiylik (jamiyatga qaratilgan nigoh) va daosizm (tabiatga qaratilgan nigoh).
Konfutsiy qonunlari. Ulug‘ mutafakkir Konfutsiy (Kun Fu szi, ya’ni muallim m.a. 552/551–479) ning 3000 taga yaqin o‘quvchisi bo‘lgan. Ularga og‘zaki dars bergan. Ammo uning ta’limoti avlodlar tomonidan yozib olingan va Konfutsiy qonunlari (O‘n uch qonun, “Shi san szin”) bizgacha yetib kelgan. U 13 kitobdan iborat bo‘lib, ayrimlari “Suhbatlar va mulohazalar”, “Ulug‘ ta’limot”, “O‘rtalik haqida ta’limot” deya nomlanadi. Konfutsiyning asosiy g‘oyasi dao bo‘lib, bu yo‘l insonni ezgulikka olib boradi. Buning uchun u inson qarshisiga 5 ta talabni qo‘yadi: 1. Burch. 2. Insoniylik. 3. An’anaga sadoqat (Me’yorni bilish). 4. Jasorat (Hayotini o‘rtaga qo‘yib bo‘lsa ham ezgulikni himoya qilish). 5. Bilim (Tabiatni emas, balki insonni bilish).
Dao qununi. “Dao de szin” (Dao – yo‘l, de – ezgulik. Ezgu yo‘l haqida kitob). Bu qonun Lao-szi (m.a.VI-V a.) ga oid deb qaraladi. Shu bilan birga, keyingi davrlarga tegishli degan qarashlar ham yo‘q emas. Dao qonuni Konfutsiy qonunlariga zid mohiyatda turadi. Bu qonunlar asrlar davomida to‘planib, milodiy 1019-yilda e’lon qil- ingan. Uning mohiyati faoliyatda emas, balki tabiat bilan qo‘shilib, unga singib ketishda: “Dao hech narsa qilmaydi, lekin qilinmagan hech qanday ish yo‘q”.
|
| |