I. Jamiyat va tarmoq to‘g‘risida umumiy ma’lumot 1.1 Jamiyat bo‘yicha umumiy ma’lumot “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati
.
Tarmoq: Avtomobil sanoati.
2023 yilning 1 oktyabr
holatiga “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining
ustav fondi 1 861,6
mlrd. so‘mni tashkil etadi
.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligigi
100 foizlik paket
aksiya bilan jamiyatning yagona aksiyadori hisoblanadi.
Yuridik manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shaxri, Mirobod
tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13
.
STIR: 201053918
Jamiyat tashkiliy tuzilmasi bo‘yicha boshqaruv xodimlarining umumiy
soni
–
100 birlik (ichki audit xizmatidan tashqari).
1.2 Jamiyatning qisqacha tarixi va joriy yilda erishilgan yutuqlari 1994 yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori bilan “O‘zavtosanoat” O‘zbek avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi
tashkil etilgan, 2004 yilda “O‘zavtosanoat” assotsiatsiyasi ishlab chiqarish
boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida aksiyadorlik kompaniyaga
aylantirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi
“2017
-2021 yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini
yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ
-3028-sonli qaroriga
asosan “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik ja
miyatining (keyingi tahrirlarda jamiyat deb
yuritiladi) tashkiliy-huquqiy tuzilishi aksiyadorlik kompaniyasidan aksiyadorlik
jamiyatiga o‘zgartirilgan
.
Bugungi kunda sohada “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati doirasida
birlashtirilgan va bevosita 30
mingdan ortiq ishchi o‘rniga ega
55 dan ortiq tarmoq
korxonalari va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda, 200 dan ortiq chet el korxonalari
bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. “O‘zavtosanoat” AJ o‘nlab katta va o‘rta
korxonalar bilan bir qatorda Koreya respublikasi, Italiya, Germaniya, Yaponiya
kabi xorijiy mamlakatlar kapitali bilan birgalikda tashkil etilgan kompaniyalarni
birlashtiradi.
Nufuzli kompaniyalar bilan teng va o‘zaro manfaatli munosabatlarni
o‘rnatishga asoslangan ilgari odimlash strategiyasi raqobatbardosh mahsulotlarni
dunyo standartlari darajasida ishlab chiqarishga qaratilgan.
Hozirgi kunda avtomobil sanoati respublika iqtisodiyotida jadal
rivojlanayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi.