Mahsulot tannarxini qisqartirishni amalga oshirish va bu orqali eksport
narxlarini tartibga solish ishlarini davom ettirish rejalashtirilgan. Shu jumladan,
“SariarkaAvtoprom” (Qozog‘iston)ga yuborilayotgan SKD to‘plamlari uchun
ham
Chevrolet Malibu, Chevrolet Damas/Labo, Chevrolet Cobalt, Chevrolet
Tracker, Chevrolet Tahoe, Chevrolet Traverse,
Chevrolet Equinox SKD
to‘plamlari shaklida eksport qilinishi davom ettirish rejalashtirilgan.
2023 yilda “SariarkaAvtoprom” (Qozog‘iston)
ga yangi Onix rusumidagi
avtomobil CKD uslubida ishlab chiqarish yo’lga qoyildi.
OOO “Azermash CP” (Ozarbayjon Respublikasi) ishlab chiqarish
maydonlarida SKD to‘plamlari shaklida eksport qilinayotgan Chevrolet Cobalt,
Chevrolet Damas/Labo, Chevrolet Malibu, Chevrolet Tracker, Chevrolet Lacetti,
Chevrolet Equinox, Chevrolet Tahoe, Chevrolet
Traverse avtomobillari
bilan bir qatorda Chevrolet Onix avtomobilini yigish va bozorida sotish yo’lga
qoyildi.
Yangi eksport bozorlarini ochish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida,
2022 yilda Livan davlatidagi IMPEX korxonasi bilan xamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Natijada ushbu davlatga Spark avtomobillarini eksport qilish yo‘lga qo‘yildi.
Xamda, ushbu davlatga Co
balt avtomobilini eksport qilish istiqbollari o‘rganib
chiqildi. Bundan tashqari Yaqin sharq va Afrika davlatlariga eksportini yo‘lga
qo‘yish bo‘yicha GM korporatsiyasi va mintaqadagi ma
halliy korxonalar bilan
muzokaralar olib borildi.
2023 yilda Armaniston bozorida yangi dilerlik
markazi ochildi va sotish
boshlandi.
2024 yilda Qirg’iziston Respublikasida yengil avtomobillarni SKD uslubida
yeg’ish va sotish
rejalashtirilgan.
2024 yilda Mongoliyaga Cobalt va Tracker avtomobillarini eksportini yo
‘
lga
qoyish rejalashtirilgan.
2024 yilda Gruziyaga Cobalt, Onix va Tracker avtomobillarini eksportini
yo’lga qoyish rejalashtirilgan.
2024 yilda Qozog’iston va Azerbaijonda yangi Chevrolet Captiva
avtomobilini SKD uslubida ishlab chiqarish va sotish rejalashtirilgan.
Bozorlarning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish va mahalliylashtirish
korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar
va butlovchi qismlar
ham sotish hajmini ko‘paytirish maqsadida xalqaro avtomobil ko‘rgazmalari
va taqdimotlarida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Sotishdan keyingi servis xizmatlarini amalga oshirish maqsadida tashqi
bozorlardagi distribyutor korxonalariga ehtiyot qismlarni yetkazib berish ishlari
davom ettiriladi.
Eksport bozorlaridagi faoliyat natijalari va bozorlardagi holat to
‘
liq tahlili
ilova qilinadi.