IEEE 1284 (Printer port, parallel port, LPT) – shaxsiy kompyuterga ulashga
mo`ljallangan xalqaro parallel interfeys
standartiga mos tushuvchi qurilma. “LTP”
nomi MS DOS oilasidagi operatsion tizimdagi
“LTP1” (Line Printer Terminal yoki Line
PrinTer) standart nomidan kelib chiqqan.
Hozirgi vaqtda bu interfeys asosan USB
interfeysi bilan mos tushadi va u yi`g`ma
apparatlarni (skaner – printer - kserokopiya)
ulashsh uchun ishlatiladi. Lekin asosan yuqori
tezlikda chop etish va printer uchun ishlatiladi. Bu bilan asosan Cetronics,
Betronics, HP,
Hewlett-Packard
firmalari tomonidan ishlab chiqariladi. Ular
1284.3-2000 va 1284.4-2000 standartiga asoslangan. Ishchi rejimlari:
•
SPP (Standart Paralell Port) — bir yo`nalishli port, to`laligicha Cetronics
interfeysi bilan mos tushadi.
•
Nibble Mode — SPP rejimida ikki yo`nalishli ma`lumotlar almashinishga
asoslangan (4 baytli) qo`shimcha qurilmalar bilan jihozlangan
•
Byte Mode — Ba`zida qo`llaniluvchi IEEE 1284 standartiga asoslangan eski
kontrollerlardan ikki tomonlama ma`lumot almashish uchun foydalaniladi.
•
EPP (Enhanced Parallel Port) —ishchi qurilma Intel, Xircom va Zenith Data
Systems — firmalariga tegishli ikki tomonlama ma`lumot almashish, 2
Mbayt/sekund tezlikda
•
ЕСР (Extended Capabilities Port) — ishchi qurilma Hewlett-Packard va Microsoft
kompaniyalari, qo`shimcha ravishda ma`lumotlarni siqish appatiga ega va DMA
rejimida ishlovchi qurilma
Tarmoq kommutatori (TCP/IP port) yoki svitch (switch- qo`shmoq,
qaytaulagich)- kompyuter tizimlarida bir necha uzellarni bir segmentda
birlashtirish uchun mo`ljallangan qurilma. Konsentratorlardan asosiy farqi bitta
qurilmaga berilgan ma`lumotlar kommutator orqali boshqa kommutatorlarga
uzatiladi. Kommutatorlar OSI modelining kanal rejimida ishlaydi va bir- bir biriga
MAC adresslari orqali uzellar bir tarmoqqa bog`lanadi. Bir necha tarmoqlarni
birlashtirish uchun tarmoq darajali marshrutizatorlardan foydalaniladi.