Elektron raqamli imzo nimaga kerak?




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/183
Sana24.09.2024
Hajmi4,74 Mb.
#272179
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Amirova Zubayda Shodmanovna

Elektron raqamli imzo nimaga kerak? 
Elektron raqamli imzo yordamida 
elektron hujjatlarni imzolash
, masofadan turib 
davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin. 
Elektron 
raqamli imzo noyobligi
, nusxa olish ya’ni ko‘paytirib bo‘lmasligi bilan, 
hujjatni imzolagan 
shaxsni tasdiqlashi bilan
, qalbakilashtirishning imkonsizligi 
bilan o‘ziga xosdir. 
Elektron raqamli imzo nimaga kerak va undan foydalanish muddati qancha? 
Misol uchun, uning yordamida bugun Yagona bportal orqali ko‘rsatilayotgan 240 
dan ziyod interaktiv xizmatlardan foydalanish mumkin. 
ERI kaliti foydalanuvchisi o‘zining kalitidan 24 oy muddat mobaynida foydalana 
oladi. Uni uzaytirish uchun siz elektron raqamli imzo kalitini olingan Ro‘yxatga 
olish markaziga murojaat qilishingiz zarur. 
Elektron raqamli imzo kimlarga beriladi? 
ERI kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari 
bo‘yicha beriladi. Murojatt qilgan shaxs ro‘yxatdan utish va ERI kalitining 
sertifikatini olish uchun soliq xizmatlari organlarida hisobda turishi zarur (soliq 
to‘lovchining identifikatsiya raqami -STIRbo‘lish kerak) 
Elektron raqamli imzoni qayerdan olish mumkin? 
Bugungi 
kunga kelib
, 6 ta rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tgan (amaldagi) elektron 
raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda: 
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar 
ilmiy-axborot markazi

Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni 
muhofaza qilish departamenti

Davlat bojxona qo‘mitasi; 
Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” 
Davlat unitar 
korxonasi

Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash markazi Davlat unitar korxonasi; 


“INTELLECT SOFT” xususiy korxonasi. 
Siz shu markazlardan biriga murojaat qilishingiz mumkin.
Elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin? 
Bundan buyon tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatiga olish chog‘ida 
ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan elektron raqamli imzo kalitlari ham 
topshiriladi. 
Agar siz jismoniy shaxs sifatida elektron raqamli imzo olmoqchi bo‘lsangiz, 
Yagona portaldagi “Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo kalitlari 
sertifikatlarini berish uchun arizalarni qabul qilish” xizmatidan foydalaning. 
Yoki 
ushbu havolaga 
kirib

shu 
yerdan 
xizmat 
ko‘rsatuvchini 
tanlang. 
Xizmatni ko‘rsatish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi? 
O‘rnatilgan tartibda ERI kalitini tayyorlash yoki ERI kaliti sertifikatini berish 
bo‘yicha to‘ldirilgan va o‘z qo‘li 
bilan imzolangan ariza

Arizachining 
pasport nusxasi

Xizmat ko‘rsatish uchun ariza tomonidan to‘ldirilgan va o‘z qo‘li 
bilan imzolagan 
shartnoma

Shartnoma bo‘yicha xizmat uchun to‘lov to‘langanligi kvitansiyasi yoki to‘lov 
talabnomasi. 
Har bir xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan boshqa qo‘shimcha hujjatlar ham talab 
qilinishi mumkin. 
ERI olish uchun uni olayotgan shaxs tomonidan eng kam oylik ish haqining 10 
foizi miqdoridagi to‘lov amalga oshiriladi. 
Buni Click
, MBANK, UPAY to‘lov 
tizimlari orqali onlayn ham amalga oshirish mumkin. 
Natija 
Arizachiga elektron hujjat ko‘rinishida va qog‘oz shaklidagi hujjat ko‘rinishida 
yuridik va jismoniy shaxslarning Elektron raqamli imzolari kalitlari sertifikatlari 
beriladi. 

Download 4,74 Mb.
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish