tarmog‘iga ruxsatsiz kirishning mutlaqo
oldini olish mumkin emas
, lekin ularni
aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tekshirishning bunday jarayoni,
ko‘p
hollarda
, axborotning haqiqiyligini ta’minlash deyiladi. Kriptografiyada
qo‘llaniladigan usullar ko‘p bo‘lmagan o‘zgartirishlar bilan axborotlarning
haqiqiyligini ta’minlashi mumkin.
Nafaqat axborotning kompyuter tarmog‘idan ma’nosi buzilmasdan kelganligini
bilish, balki uning muallifdan keganligiga ishonch hosil qilish juda muhim.
Axborotni uzatuvchi shaxslarning haqiqiyligini tasdiqlovchi turli usullar ma’lum.
Eng universal protsedura
parollar bilan almashuvdir
, lekin bujuda samarali
bo‘lmagan protsedura. CHunki parolni qo‘liga kiritgan har qanday shaxs
axborotdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Agar ehtiyotkorlik choralariga rioya
qilinsa, u holda parollarning samaradorligini oshirish va ularni kriptografik
usullar
bilan himoyalash mumkin
, lekin kriptografiya bundan kuchliroq parolni
uzluksiz o‘zgartirish imkonini beradigan protseduralarni ham ta’minlaydi.