160
19 - Mavzu: Tijorat banklari va ularning funksiyalari
Reja:
4.
Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilinishi.
5.
Tijorat banklari faoliyatining asosiy tamoyillari.
6.
Tijorat banklari faoliyatining asosiy funksiyalari.
Tayanch so’z iboralar:
Bank, operatsiya, yuridik va jismoniy
shaxslar, norezident,
sho’ba banki .
O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi
qonunining birinchi moddasida ta’kidlanganidek “Bank - bu tijorat muassasasi
bo’lib jismoniy va huquqiy shaxslarning bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish
va ularni o’z nomidan to’lovlilik, muddatlilik, qaytarib
berish sharti asosida
joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi”.
Bank yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo’sh pul mablag’larini depozit
va omonatlarga ma’lum foiz to’lovlarini to’lash sharti bilan qabul qilib, ushbu
mablag’larni Jamiyat ning faol qatlamlariga ma’lum foiz to’lovlarini
olish
maqsadida yo’naltiradigan va bu ikki turdagi foiz to’lovlari o’rtasidagi farq
hisobiga asosiy daromadi shakllanadigan muassasadir.
O’zbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya
imperiyasi davlat bankning filiali bo’lgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus
kapitali ishtirokidagi O’rta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki
(1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910),
Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, bo’lim
va agentliklari faoliyat olib bordi.
Banklarning o’ziga
xos xususiyati shundaki, ular o’z mablag’lari bilangina emas,
balki omonatchilar va kreditorlar, aksiyadorlar hamda mijozlar ularga ishonib
topshirgan mablag’lar bilan, y’ani keng jamoatchilik bilan ish ko’radi.
Bozor
iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi eng zarur jamoatchilik muassasalari tizimlaridan
biri ekan, har qanday bankning muvaffaqiyatsizligi butun jamiyat miqyosida pul
taklifi qisqarishi, to’lov tizimi buzilishi hamda hukumat yirik va kutilmagan
majburiyatlarining vujudga kelishi kabi salbiy makroiqtisodiy
oqibatlarga olib
kelishi mumkin.
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo’g’ini bo’lib kredit resurslarining asosiy
qismi shu banklarda yig’iladi va bu banklar xuquqiy va jismoniy shaxslarga
xizmatlarni ko’rsatadi.O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining
Markaziy bankdan keyingi pog’onasi hisoblanadi.
Respublika hududida tijorat banklari o’z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan
berilgan litsenziya asosida amalga oshiradilar.
Banklarga
litsenziya
berish
O’zbekiston
Respublikasining
“O’zbekiston
Respublikasining Markaziy bank to’g’risida”gi, “Banklar va bank faoliyati
161
to’g’risida”gi, “Aksionerlik jamiyat lari va aksiyadorlar
huquqini himoya qilish
to’g’risida”gi va boshqa qonunlari hamda banklar bo’yicha tegishli me’yoriy
hujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonunga asosan
bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat hokimiyat organlari, jamoa
birlashmalari, jamoa fondi mablag’lari, shuningdek kreditga va garovga olingan
mablag’lardan foydalanish man etiladi.
“Banklarni ro’yxaga olish va ularga lisenziya berish tartibi to’g’risida”gi Nizomga
asosan har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ulushi 2002 yilning 1 yanvaridan
boshlab ustav kapitali umumiy miqdorining 7 foizidan oshmasligi kerak.
Shuningdek banklarning boshqa banklar ustav kapitalida
ishtirokiga ruxsat
etilmaydi. (shu’ba banklar tashkil etish bundan mustasno). Har bir bank o’z ustavi
asosida faoliyat ko’rsatadi.
Banklar ustav kapitalini shakllantirish nuqtai nazariga ko’ra quyidagicha
tasnihlanadi:
―Bank - yuridik shaxs bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul
qilish hamda qabul qilingan mablag’lardan o’z xatari va tavakkalchiligi asosida
kreditlash yoki
investitsiyalashda foydalanish; to’lovlarni amalga oshirish uchun
Markaziy bank litsenziyasiga ega bo’lgan tijorat tashkilotidir.