1-rasm. Suyuqliklarning hajmiy kengayish koeffisiyentini
aniqlash uchun
mo’ljallangan tajriba qurilmasi. a) temperatura datchigidan foydalanilganda; b)
termometrdan foydalanilganda.
Ishning bajarish tartibi.
Eslatmalar: Turli kuchlanganlikli kapillyar kuchlar ta’siri tufayli suyuqlik sathini
h o’lchashda anchagina xatoliklarga yo’l qo’yilishi mumkin. Ulardan holi bo’lish
uchun kapillyarni toza tuting va zururiyat tug’ilganda uni mos tozalovchi eritmalar
bilan tozalang va shundan so’ng uni distillangan suv bilan chaying.
a) Dilatometrni kalibrlash:
- Bo’sh dilatometrning massasi
m
1
ni aniqlang.
- Kolbani ochiq tomonidan uchdan birigacha suv soling.
- Suv pufakchalaridan holi bo’lish uchun, kapillyar trubkani mahkamlamasdan
oldin, dilatometrni suv vannasida qaynash temperaturasigacha qizdiring.
- Suv vannasini xona haroratigacha sovushini kuting; shundan so’ng zurur bo’lgan
sathgacha yana suyuqlik quyib to’ldiring. Temperaturani ϑ qayd qiling.
- Kapillyar trubkani o’z joyiga o’rnating.
Trubkaning ochiq tomoniga
barmog’ingizni bosib, kapillyar trubkani chiqarib oling va suyuqlikning sizishiga
yo’l qo’ying.
- Kolbadagi kapillyarni o’zgartiring, dilatometrni
quriting va suv bilan
to’ldirilgan dilatometrning massasini
m
2
o’lchang.
b) Suv va etanol hajmlarining kengayishini o’lchash.
Diqqat: Qizdirgich o’chirilganidan keyin ham
suyuqlikning qandaydir vaqt
mobaynida qizishi davom etadi va shu sababli suyuqlik dilatometrdan toshib
ketishi mumkin. Ayniqsa, kolba etanol bilan to’ldirilgan holatda
ishlaganingizda,
etanol toshib ketishining oldini olish uchun, qizdirgichni ancha ilgari o’chiring.
Tajriba qurilmasi 1-rasmda tasvirlangan.
- Dilatometrni qiziyotgan suvli
vannaga shunday tushirinki, kapillyar trubka
vannadagi suv sathidan chiqib tursin.
- Qizdirgichni eng quyi qadam bilan o’zgaradigan pog’onada
ulang va
dilatometrdagi suyuqlikning sathi shkaladagi eng yuqoridagi belgiga yetganda uni
o’chiring.
- Suyuqlikning sathi o’zining maksimumiga yetguncha kuting va shundan so’ng
suvli vannining taxminan 1-2 K ga sovushiga yo’l bering.
- Keyin suvli vannaning sovushi davom etishiga yo’l berib, kapillyar trubkadagi
suv sathini
h temperatura funksiyasi sifatida aniqlang.
-
Keyinchalik, to’liq quritilgan dilatometrni etanol bilan to’ldiring va uni suvli
vannada
qizdirib, suyuqlik sathini
h temperatura funksiyasi sifatida o’lchashni
takrorlang.