89
Mashg`ulot nihoyasida har bir ishtirokchi o’z fikr-mulohazalari bilan
o’rtoqlashadi.
4-mashg`ulot
«G`aroyib salomlashish»
Maqsad: beg`araz do’stona munosabatlarga erishish. Ishtirokchilar o’zlari
topgan salomlashish usullariga asoslanib ko’rishadilar.
«Siquv»
Maqsad: relaksatsiya holati usullarini shakllantirish va psixofiziologik siquvni
yo’qotish.
Ishtirokchilar maxsus noqulay vaziyatda o’tirib, muskul yoki paylarda «siquv»,
ya`ni zo’riqish holatini vujudga keltiradilar.
So’ngra zo’riqishdan chiqishga harakat qiladilar va o’z taassurotlari bilan
o’rtoqlashadilar.
«Ishochli, ishonchsiz va tajovuzkor javoblar»
Maqsad: turli vaziyatlarga nisbatan adekvat reaktsiyani shakllantirish.
Guruhning har bir a`zosi qayd etilgan vaziyatlarga ishonchli, ishonchsiz va
tajovuzkor javob tiplarining qay biri to’g`ri kelishini ko’rsatishi lozim.
Do’stingiz siz bilan suhbatlashmoqda, lekin siz ketishingiz kerak. O’rtog`ingiz
sizni ogohlantirmasdan begona kishini olib keldi. Kinoteatrda orqangizda
o’tirgan odamlar baland ovozda gapirib, kino ko’rishingizga imkon
bermayaptilar. Fikringizcha, qo’shningiz o’zining ahmoqona savollari bilan
sizni tutib turibdi. O’qituvchingizning fikricha, Sizning kiyinishingiz va soch
turmagingiz o’quvchining tashqi ko’rinishiga xos emas.
Vaziyatni juft-juft bo’lib tahlil qilish mumkin.