85
«Bo’laklangan otkritkalarni birlashtirish»
Trening ishtirokchilari bo’laklangan otkritkalarni birlashtirish orqali o’z
guruhdoshlarini aniqlaydilar. Masalai: quyosh, moychechak, tog` shu`lasi va
hokazolar kabi o’z beydjiklariga ega bo’ladilar.
Intervyu:
Ishtirokchilar juftliklarga bo’linib, bir-birlari bilan yaqindan tanishadilar.
Muloqotchanlik
Maqsad: muloqotchanlik malakalarini shakllantirish; ishtirokchilararo qayta
aloqalarga asoslangan sharoitda tarbiyalanganlik sifatlarini namoyon etish.
Ishtirokchilarga stress yoki nizoli holatdagi insonga xos xulq uslublaridan,
«murosasiz», «ayblovchi», «tahlilchi», «adashgan» kabi sifatlardan o’zlariga
mosini tanlash tavsiya etiladi. So’ngra munozara
uchun biror mavzu tanlanib,
har kim o’z uslubiga ko’ra mushohada yuritadi.
«Yordam ko’rsatish va masalani hal qilishning funktsional rollari»
Maqsad: ishtirokchilarning o’zaro mulohazalaridan qayta aloqani aniqlash;
guruhda qaysi funktsional rollarga o’ta past yoki o’ta yuqori o’rin
berilganligini
aniqlash.
Guruh a`zolaridan yarmi doira o’rtasida o’tirib, mavzu yuzasidan bahslashadilar.
Qolgan ishtirokchilar esa ularning atroflariga o’tirib olib, o’zlarini
jalb qilgan
guruh a`zosidan birining xulqini diqqat bilan kuzatadilar va
qaysi xulq shakli,
jumladan, ustunlikka erishishga intilish, tajovuz, befarqlik yoki hammasini
ostin-ustun qilishga moyillik kabi besamara xatti-harakatlarni ajratadilar. 15-20
daqiqadan so’ng ishtirokchilar o’z rollarini almashadilar.