41
o‘zgaruvchan magnit maydonidan foydalaniladi. Agar magnit maydon τ vaqtda
f
chastota bilan o‘zgarsa, EYUK quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
f
D
B
Q
E
2
sin
4
max
(III.18)
bu yerda
f
B
B
2
sin
max
bu - induksiyaning amplituda qiymati.
O‘zgaruvchan magnit maydonida elektrokimyoviy jarayonlar o‘zgarmas
maydonga qaraganda kamroq ta’sir ko‘rsatadi. O‘zgaruvchan magnit maydonli
induksion sarf o‘lchagichning prinsipial sxemasi III.9-rasmda ko‘rsatilgan. Chizmada
quyidagi belgilar qabul qilingan: SBEO‘ – o‘zgaruvchan
magnit maydonli sarf
o‘lchagichning birlamchi elektromagnit o‘zgartgichi; Magnit maydon elektromagnit 4
yordamida hosil bo‘ladi: O‘K – oraliqdagi o‘lchash kuchaytirgichi 0...5 mA
o‘zgarmas tok chiqish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartgich; O‘A – o‘lchash asbobi,
integrator va hokazo; R – qarshilik.
Quvur 1 ning nomagnit qismi ichida elektromagnit 4 yordamida teng
bo‘linmali magnit maydon hosil bo‘ladi. Suyuqlikda magnit maydoni ta’sirida hosil
bo‘lgan EYUK suyuqlik sarfiga to‘g‘ri mutanosib bo‘lib, elektrodlar 2 va 3
orqali
oraliqdagi o‘lchash kuchaytirgichiga uzatiladi va sarfga mutanosib kuchlangan signal
chiqadi. Kuchlangan signal sarf birligida darajalangan o‘lchash asbobiga keladi.
Unifikatsiyalashgan elektr chiqish signalining (0...5mA) mavjudligi ikkilamchi
nazorat asboblarini qo‘llashga imkon beradi.
Induksion sarf o‘lchagichlar bir qator afzalliklarga ega. Bular
inersion emas, bu
hol tez o‘zgaruvchan sarflarni o‘lchashda va ularni avtomatik rostlash tizimlarida
ishlatishda juda muhim. O‘lchash natijalariga suyuqlikdagi
zarrachalar va gaz
pufakchalari ta’sir qilmaydi. Sarf o‘lchagichning ko‘rsatishlari o‘lchanayotgan
suyuqlik xususiyatlariga (qovushqoqlik, zichlik) va oqim xarakteriga (laminar,
turbulent) bog‘liq emas.
42
Elektromagnit sarf o‘lchagichlarning kamchiliklariga o‘lchanayotgan muhit
elektr o‘tkazuvchanligi qiymatining minimalligiga qo‘yilgan talabni kiritish lozim, bu
ularni qo‘llanish doirasini cheklaydi. O‘lchash sxemasining murakkabligi.