• Gidrotexnik inshootlar
  • Favqulotda vaziatlarda aholini evakuatsiya qilish haqida vaqtini hisoblang




    Download 170,11 Kb.
    bet5/7
    Sana20.05.2024
    Hajmi170,11 Kb.
    #244708
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    MUSTAQIL ISH

    Favqulotda vaziatlarda aholini evakuatsiya qilish haqida vaqtini hisoblang;
    Bu yerda: F - operator (FV simvoli, uning asosiy oqibatini xarakterlaydi);
    Ra - shu klassdagi FV larning kelib chiqishi statistic ehtimoli;
    Rv - Favqulodda vaziyatlarning ko'ngilsiz sifat o'zgarishiga olib keluvchi ehtimolligi;
    S - Fayqulodda yaziyatlarga nisbatan tashqi omillar (xalq xo'jaligi obyektlarining qurilish Уа joylashtirish xarakteri, obyekt joylashgan yerning xarakteri, iqlim
    sharoitlari, aholining zichligi Уа uning FV lar paytida harakat qilish tayyorgarligi Уа h k.).

    Evakuatsiya omilini 2 turi mavjud:


    1 Xavfsiz xududga vaqtinchalik uzoqlashtirish.
    2. Xavfsiz xududga butkul ko’chirish.
    Xavfsiz xududga vaqtinchalik uzoqlashtirish omili asosan ish bilan mashg’ul bo’lgan ishchi-xizmatchilarga qo’llaniladi. Ko’chirishning bu uslubida ishchi xizmatchilar (shu jumladan, maishiy xizmat ko’rsatish xodimlari ham) xavfli xududdagi asosiy ishlarini bajarganlaridan so’ng, xavfsiz xududga olib boriladi va keyingi ish vaqtlariga qadar shu yerda saqlanadilar. Keyingi kunlardagi asosiy ishlarini bajarishlari uchun hamma extiyot choralarini ko’rgan holda yana ish joylariga qaytadilar. Ishchi xizmatchilarning bunday ish jarayoni xavfli xududdagi sharoit xavfsiz holatga kelgunga qadar davom ettiriladi. Bunda xavfsiz xudud xavfli xududdan taxminan 2 soatli masofada joylashishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, ishchi xizmatchilarni tashishga xavfsiz xudud transport vositalariga qulay bo’lgan yo’l yoqasida joylashishi maqbul xisoblanadi, qolgan toifadagi fuqarolar (pensionerlar, kasalmandlar, qariyalar, yosh bolali onalar, o’quvchi yoshlar) ma’lum vaqtga qadar xavfsiz xududga butkul evakuatsiya qilinadilar. Butkul evakuatsiyada xavfsiz xudud ancha uzoq masofada joylashishi mumkin.
    Gidrotexnik inshootlar: to‘g‘onlar (plotinalar), suv tashlash, suv bo‘shatish, suv o‘tkazish, suv chiqarish inshootlari, tonnellar, nasos stansiyalari, kanallar, gidroelektr stansiyalari binolari, suv omborlari qirg‘oklari, daryo va kanallar o‘zanlari va tubini toshqin hamda yemirishlardan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan inshootlarga aytiladi.
    Evakuatsiya qilinganda alohida buyruq boʻlmaguncha fuqarolar oʻsha joyda yashab turadilar. Xavfsiz hudud xavfli hududdan birmuncha uzoq masofada joylashgan boʻlishi va aholiga hech qanday xavf tugʻdirmasligi lozim. Yana xavfsiz hudud temiryoʻl, avtomobil yoʻllariga yaqin, ishchi-xizmatchilarning ishga borishi va qaytib kelishi uchun qulay boʻlgan joylarda tashkil etiladi. Ishga bogʻliq boʻlmagan ishchilar hududdan uzoqroq yerga evakuatsiya qilinadi.
    Koʻchirish ishlarining hammasi evakuatsiya qilinadiganlarning yigʻiladigan joyidan tashkillashtiriladi. Yigʻilish joylari (evakuatsiya punkti – EP) asosan, maktablar, klublar va boshqa jamoat inshootlari boʻlishi mumkin. Aholini koʻchirish haqida maʻlumot olganda, darhol ishlab chiqarish korxonasi, oʻquv yurtlari, korxonalar, militsiya organlari hamda radio, televideniye orqali odamlar xabardor qilinadi. Yigʻilgan odamlar qayta hisobotdan oʻtkazilib, guruhlarga boʻlinadi, transport vositalariga taqsimlanib, koʻrsatilgan vaqt ichida xavfsiz hududga yetkazaladi.Evakuatsiya qilingan fuqarolar oʻsha yerdagi ishlab chiqarish korxonalarining evakuatsiya qilingan qismida ishlashlari mumkin.
    Evakuatsiya uslubini qo’llanilishiga misol qilib ikkinchi jahon urushu davrida yosh bolalarni O’rta Osiyo respublikalari hududlariga evakuatsiya qilinganligigni eslash joizdir. Jumladan, Toshkentlik temirchi usta Shoahmad ota Shomahmudov turli millatga mansub 14 nafar yetim bolalarni asragani ma’lum.
    Shunindek, 1986-yilda Chernobel (Ukraina) atom elektrostansiyasida ro’y bergan avariya natijasida 11 ta viloyat yerlari radioaktiv zarrachalar bilan zararlanganligi oqibatida 130 mingdan ortiq aholi havfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. Yana bir misol: 1992-yil yanvar oyida Qoraqalpog’siton Respublikasining Buzatov tumanida suv toshqini kuzatilib, havfli hududlardan 3200 nafar aholi va 3026 bosh qoramollar havfsiz hududlarga ko’chirilgan.
    Yuqoridagi misollardan ko’rinadiki, aholini va moddiy boyliklarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda himoyalanishning boshqa uslublari yaxshi natija bermagandagina evakuatsiya omili qo’llaniladi.
    Evakuatsiya punktiga kelgan fuqarolar, darhol ro’yhatdan o’tib (ismi, sharifi, turar joyi, kasbi va qaysi xuydudga ko’chirilishi) ular imkon boricha transport vositalarida belgilangan joyga harakatlanishiga ruxsat etiladi. Transport vosiytalariga: temir yo’l , jamoat trasnportlari va shaxsiy transport vositalari kiradi. Transport vositalari orqali asosan kasalmandlar, qariyalar, nogironlar, yosh bolali ayollar, hamda ishchi hizmatchilar va yosh bolalar ko’chiriladi. Qolgan toifadagi aholi piyoda yurish orqali ko’chiriladi. Piyoda yuradiganlar oldindan belgilangan harakatlanish yo’llari orqali, kalonnada (500-1000 kishi) harakat qiladi. Bunda albatta evakuatsiya punktiga kelgan odamlarni ko’p yig’maslik maqasadida 50-100 kishi yig’ilishi bilan bitta boshliq tayinlanib havsiz hudud tomon yurishga ruxsat etiladi. Kolonnada harakatlanishda har bir guruh boshliqlari o’z guruhlaridagi odamlarning sonini, begona odamlarning bo’lmasligini va orqada qolayotganlarni doimo nazorat qilib boradi. Kolonnaning harakatlanish tezligi tahminan 4-5 km/soat bo’lishi va kolonnalar orasidagi masofa 500 metrni tashkil etishi kerak. Kolonna birinchi 1-1,5 soat harakatlanishidan keyin 10-15 minut dam olishga ruxsat etiladi. Bunda odamlarga tibbiy yordam olish imkoniyati beriladi. Ikkinchi va undan keyingi yurishlardan keyin evakuatsiya qilinuvchilarga ko’proq dam olish vaqti (1-2 soat) beriladi. Bu vaqtda odamlar issiq ovqat bilan ta’minlanadilar va dam oladilar. Mana shunday tartibda aholi ko’rsatilgan havfsiz hududga yetib boradi.

    Download 170,11 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 170,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Favqulotda vaziatlarda aholini evakuatsiya qilish haqida vaqtini hisoblang

    Download 170,11 Kb.