• 4.2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining metrologiya to‘g‘risidagi qarorlari
  • -postulat - o’lchanayotgan kattalikning chinakam qiymati mavjuddir




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    1-postulat - o’lchanayotgan kattalikning chinakam qiymati mavjuddir. 
    2-postulat - kattalikning chinakam qiymatini aniqlash mumkin emas. 
    3-postulat - o’lchash amalida kattalikning chinakam qiymati doimiydir. 
    Endi aytishimiz mumkinki, o‘lchanayotgan kattalikning uchta qiymati bo‘lar ekan:
    1.Chinakam qiymat (uni aniqlash imkoni mavjud emas);2.Haqiqiy qiymat (chinakam qiymatga 
    yaqin);
    3.Olingan qiymat (tajribadan olingan qiymat).
    Tabiiyki, hakiqiy qiymatni qaerdan olamiz degan savol tug‘ilishi mumkin. Yuqorida keltirgan 
    misolimiz bo‘yicha, olmani savdo do‘koni tarozisida bir necha marta takroriy o‘lchab, natijalarning 
    o‘rtacha qiymatini olsak, shu haqiqiy qiymat deb olinishi mumkin. 
    4.2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining metrologiya to‘g‘risidagi qarorlari 
    Respublikamizda yuqori davlat hokimiyati dalolatnomalari bo‘lib Oliy Majlis tomonidan 
    qabul qilinadigan qonunlar hisoblanadi.
    Respublikamizning asosiy qonuni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidir. Alohida 
    sohalarda qonunlar majmuasi kodekslar deb nomlanadi. Mehnat haqida qonunlar kodeksi, jinoyat 
    kodeksi va boshqalar. Qonuniy metrologiyaning asosiy dalolatnomalaridan biri bo‘lib sifatsiz, 


    26 
    standartlarga yoki texnikaviy shartlarga nomuvofiq mahsulotni qayta–qayta yoki katta o‘lchamda 
    ishlab chiqarish uchun jinoiy jazoni ko‘zda tutuvchi jinoyat kodeksining muvofiq moddasi 
    hisoblanadi. 
    Metrologiya bo‘yicha qonuniy dalolatnomalar bo‘lib hukumat qarorlari hisoblanadi. Ulardan 
    birinchisi 1918 yilda ―O‘lchovlar va og‘irliklar xalqaro metrik tizimini joriy etish haqida‖gi dekret 
    bo‘lgan. 14.01.1941 yilda ―Davlat qiyoslashi va tamg‘alanishi majburiy bo‘lgan tekshirish o‘lchash 
    asboblari va o‘lchovlar haqida‖gi qaror chiqdi. 1983 yilda qonuniy metrologiya sohasida 
    hukumatning
    ―Mamlakatda o‘lchashlar birliligini ta‘minlash haqida‖gi eng muhim qarori qabul qilindi. 
    O‘zbekistonRespublikasiPrezidentihuzuridagiVazirlar
    Mahkamasi 1992 yil 29 aprelda 211 – sonli ―O‘zbekiston
    Respublikasi standartlar, metrologik qoidalar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati 
    haqidagi qonunni tasdiqlash to‘g‘risida‖gi qarorni nashr qildi, bunda O‘zbekiston respublikasida 
    standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazoratining asosiy vazifasi, mahkamaviy 
    bo‘ysinuvi va mulk shaklidan qat‘i nazar vazirliklar, idoralar, korxonalar va turli tashkilotlar bilan 
    ta‘minlash ekanligini ko‘zda tutadi.
    1993 yil 2 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 
    tomonidan ―O‘zbekiston respublikasida standartlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish haqida‖gi 93-
    sonli qaror qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e‘lon qilinishi munosabati bilan
    respublikada 
    standartlashtirish, 
    metrologiya 
    va 
    sertifikatlashtirish 
    milliy 
    tizimini 
    yaratishning 
    asoslari qurildi.
    Shu munosabat bilan sobiq Davstandartning respublika hududida joylashgan tashkilotlari bazasida 
    O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi (O‘zdavstandart) 
    tashkil qilindi.
    Bu qarorda respublika hududida standartlashtirish ob‘ektlariga qo‘yiladigan talablarni aniqlovchi 
    me‘yoriy hujjatlar toifasi oldindan kelishib olindi, shuningdek O‘zbekiston respublikasi 
    standartlashtirish davlat tizimining asosiy prinsiplari va O‘zbekiston davlat standartlashtirish, 
    metrologiya va sertifikatlashtirish markazi haqidagi qonun tasdiqlandi. 
    1993 yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan respublikada metrologiya 
    bo‘yicha faoliyat Davlat boshqaruvini tartibga soluvchi ―Metrologiya to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston 
    Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 
    2002 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
    ―Standartlashtirish, metrologiya va mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirishni takomillashtirish 
    bo‘yicha choralar haqida‖gi 342-sonli qaror qabul qilindi. Bu qarorda O‘zbekiston Respublikasi 
    Vazirlar 
    Mahkamasi 
    huzuridagi 
    O‘zbekiston 
    davlat 
    standartlashtirish, 
    metrologiya 
    va 
    sertifikatlashtirish markazi (O‘zdavstandart)ni O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va 
    sertifikatlashtirish agentligi
    (―O‘zstandart‖ agentligi)ga aylantirish qaror qilindi. 

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -postulat - o’lchanayotgan kattalikning chinakam qiymati mavjuddir

    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish