Imzo
Sana
TDTU OF 5320400
11D
– 20KT Xudoyberdiyev M.
Varoq
37
V. MEHNAT MUHOFAZASI
Mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksi asosida olib boriladi.
Mehnatni
muhofaza qilishning qator masalalari Konstitutsiyada aks ettirilgan. Mehnatkashlarni
xavfsiz va sogʻlom mehnat sharoiti bilan taʼminlashni davlat oʻzining asosiy vazifasi deb
hisoblaydi, buning uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlarni qonun asosida amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrida 12-chaqiriq II
sessiyasida tasdiqlangan Konstitutsiyaning 18-20, 27, 29, 36-42-moddalarida
mehnatni
muhofaza qilish masalalari bayon etilgan.
Konstitutsiya barcha fuqarolarni mehnat qilish huquqini taʼminlaydi, yaʼni
mehnatkashlar maʼlum mikdorda haq olish hisobiga ish bilan taʼminlanadilar. Bu huquq
haftasiga 41 soatdan oshmagan ish soati belgilash asosida va yiliga bir marta haq
toʻlanadigan (dam olish) taʼtil berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Konstitutsiya
bepul davolanish, qariganda yoki mehnat qilish qobiliyatini qisman
yoki batamom yoʻqotganda sotsial taʼminlanish huquqlarini ham beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qilish qonuniyatlari
mehnatkashlarga yaratib
berayotgan sharoitlar va huquqlar hamda ularni nazorat qilish jihatidan dunyoda eng ilgʻor
hisoblanadi.
Mehnatni muhofaza qilish qonunlarini yaratish va amalga oshirishda kasaba
uyushmalari faol qatnashadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksida sogʻliqni saqlash, xavfsiz va
sogʻlom
sharoit yaratish, xalq uchun madaniy va maishiy farovonlikni taʼminlashga oid
koʻpgina masalalar koʻrib chiqarilgan.
Mehnatni muhofaza qilish tadbirlari
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat
sharoitlari yaratilgan boʻlishi kerak. Bunday sharitlarni yaratib
berish ish beruvchining
majburiyatiga kiradi.
Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgar boʻladi.
Xodimning mehnat muhofaza qilish normalari, hamda qoida va yoʻriqnomalariga
rioya etish majburiyati.
Imzo
Sana
TDTU OF 5320400
11D
– 20KT Xudoyberdiyev M.
Varoq
38
Xodim mehnatni
muhofaza qilish normalariga, qoida va yoʻriqlariga, shuningdek
maʼmuriyatning ishni bexatar olib berish haqidagi
farmonlariga rioya qilishi, olingan
shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanishi insonlar xayoti va sogʻligiga
bevosita xavf
soluvchi har qanday holat haqida raxbariyatga darhol xabar berishi shart.