• 5-mavzu: Abdurahmon Sa’diy hayoti va ijodi.
  • 6-mavzu. Otajon Hoshimov hayoti va ijodi.
  • 7-mavzu. Izzat Sulton hayoti va ijodi.
  • 8-mavzu. Xomil Yoqubov hayoti va ijodi.
  • 9-mavzu. M.Qo’shjonov hayoti va ijodi.
  • 10-mavzu. O. Sharafiddinov hayoti va ijodi.
  • 11-mavzu. Umarali Normatov hayoti va ijodi.
  • 12-mavzu. Naim Karimov hayoti va ijodi.
  • 14-mavzu: Salohiddin Mamajonov hayoti va ijod yo’li. (1931-2005).
  • 15-mavzu: G’oyaviy-badiiy izchillik va mahorat uchun kurash. (1960-1990)
  • 16-mavzu: Adabiy tanqidda umumbashariy mezon va meyorlarning shakllanishi. (Mustaqillikdan keyingi o’zbek tanqidchiligi)
  • 17-mavzu: Tanqid va adabiy jarayon
  • -mavzu. Vadud Mahmud hayoti va ijodi




    Download 3,69 Mb.
    bet3/17
    Sana25.03.2017
    Hajmi3,69 Mb.
    #2313
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

    4-mavzu. Vadud Mahmud hayoti va ijodi.

    Reja.


    1.V.Mahmudning adabiy-estetik qarashlari.

    2.V.Mahmudning adabiy merosga munosabati.

    3.Adabiy jarayon va V.Mahmudning ijodiy printsiplari.

    Tayanch so’zlar: jadid munaqqidi, adabiy bahs, panturkizm, panislomizm, vulgar sotsiologizm, nigilizm, madaniy merosga munosabat, tasavvuf, ruhiyat qirralari, she’r tuzilishi, badiiy til imkoniyatlari.

    Vadud Mahmud o’zbek tanqidchilshigi shakllanishida sezilarli iz qoldirgan munaqqidlardan biridir. Uning 20-yillardagi adabiy-estetik qarashlari tanqidchilikda badiiy asarni yangicha idrok etishning o’ziga xos namunalaridan biridir.

    Vadud Mahmud 1897-yilda Samarqand shahrida ruhoniy oilasida tavallud topdi.

    Samarqand Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.
    Dastlabki savodni jadid maktablarida chiqargan Vadud Mahmud tez orada mumtoz adabiyot namunalaridan bahramand bo’ldi.

    Vadud Mahmudning 20-yillar ijodiy faoliyati keng qamrovli bo’lsa-da, lekin u ko’proq adabiyotshunos olim va munaqqid sifatida tanildi. U qisqa vaqt – 20-yillarning boshlaridan 1926 yilgacha maqolalar chop ettirgan bo’lsa-da, adabiy jarayonda sezilarli iz qoldirdi. Vadud Mahmud 1929-yilda millatchi sifatida qamalib, 1934-yilda ozodlikka chiqdi. Biroq uch yildan so’ng yana hibsga olinib umrini to 1956-yilgacha qamoqda o’tkazdi. 1976-yilda vafot etdi.

    Vadud Mahmudning adabiy-estetik qarashlari keng qamrovlidir. U o’zining badiiy asar tabiatiga oid ilmiy-nazariy, falsafiy, estetik qarashlarini jahon adabiyoti namoyandalari bo’lmish R.Tagor, Edgor Po kabi ijodkorlardan tortib Navoiy, Fuzuliy, turk shoiri Ajziy kabi ijodkorlar ijodigacha qamrab olgan holda ifoda etadi. Shu jihatdan munaqqidning Edgor Po haqidagi “Ijod sirlari”, “Navoiygacha turk adabiyoti”, “Alisher Navoiy”, “Fuzuliy Bag’dodiy”, “Navoiy uchun”, “Turk adabiyoti tarixi”, “Turk shoiri Ajziy” kabi maqolalari xarakterlidir.

    Munaqqidning zamondoshlari Fitrat va Cho’lpon ijodiga oid kuzatishlari ayniqsa qimmatlidir. Fitratning “Chin sevish” va “Xind ixtilochilari” dramalariga sahna talqiniga yozgan taqrizlarida bu asarlar poetikasiga oid qimmatli fikrlarni ilgari suradi, yutuq va kamchiliklariga xolis to’xtaladi.

    Vadud Mahmud Cho’lpon ijodiga yuqori baho beradi. U o’z davrida cho’lponshunos olim sifatida e’tirof etiladi. Uning “Cho’lponning “Buloqlar”i” nomli taqrizida Cho’lpon she’riyatiga xos badiiy yuksaklikni, go’zallikni o’ziga xos tarzda kashf etadi, uni ulug’laydi. Go’zalligini targ’ib etuvchi munaqqid sifatida taniladi.

    Bu xol ayniqsa A.Sa’diy bilan matbuotda kechgan bahsida yaqqolroq namoyon bo’ladi.

    Uning “Adabiy tanqidga bir nazar”, A Sa’diyning savodi” kabi maqolalarida ilgari surilgan ilmiy kontseptsiya shu jihat bilan xarakterlidir.

    Vadud Mahmud (1898-1976). hayoti va ijod yo’li haqida ma’lumot.

    XX asr professional o’zbek tanqidchiligi shakllanishida Vadud Mahmud hissasi. Badiiy idrok tanqidchining asosiy xususiyatlaridan ekanligi. Alisher Navoiy, Cho’lpon ijodi Vadud Mahmud talqinida. “Alisher Navoiy”, “Turk shoiri Ajziy”, “Cho’lponing “Buloqlar”i” maqolalari va taqrizining tahlili. Vadud Mahmud ijodida tarixiy-qiyosiy, tarixiy-tipologik yondashuvining o’rni. Tanqidchi asarlarida R.Tagor, M.Gandi, Edgar Po asarlariga munosabat. Uning maqolalarida vorisiylik masalasi. Navoiy, Fuzuliy, Ajziy asarlarining xolis talqini. Mazkur maqolalardagi ishqi ilohiy, ishqi majoziy haqidagi mulohazalar. V.Mahmud ijodi haqida 20-30 yillar tanqidchiligi.

    Adabiy tanqid go’zallik kashf etishi zarurligi haqida. V.Mahmud “Yosh o’zbek shoirlari”, “Sa’diyning savodi” singari maqolalarda d

    Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:

    1.V. Mahmud. "Turk shoiri Ajziy", Uz AS, 1989, 10 noyabr.

    2.V. Mahmud."Alisher Navoiy", "Yoshlik", 1991 yil, 5-son

    3.Karimov B. Jadid munaqqidi Vadud Mahmud. -T.: 2000 yil

    4.Karimov B. Vadudning nazari. Uz AS 1994 yil, 25 mart

    5.Fitrat. Adabiyot qoidalari. -T.: 1995

    6.Karimov N. Istiqlolni uyg’otgan shoir". -T.: 2000

    7.Safarov O, Yo’ldoshov B, Ahmedov Sh. Uzbek adabiy tanqidchiligining tarixi. Bux DU. 2003

    8.Rahmonov B. "Uzbek adabiy tanqidchiligi”. -T.: 2004


    5-mavzu: Abdurahmon Sa’diy hayoti va ijodi.

    Reja.


    1.Abdurahmon Sa’diyning adabiy-estetik qarashlari.

    2.Abdurahmon Sa’diyning madaniy merosga munosabati.

    3.Abdurahmon Sa’diy nazariyotchi olim sifatida.

    Tayanch so’zlar: madaniy merosga munosabat, mumtoz adabiyot, tasavvufiy qarashlar, Yassaviya ta’limoti, janrlar tasnifi, maqola, umumlashma maqola, baxs-munozara, ijodkor va tanqid munosabati masalasi, tanqid va tanqidchi munosabati masalasi.

    Abdurahmon Sa’diy o’zbek tatar ma’naviy-madaniy aloqalari hamda adabiy hamkorligi tarixida yorqin sahifalardan birini tashkil etuvchi iste’dodli adabiyotshunoslardandir. U 1889 yilning 14 aprelida Ufada mulla-mudarris oilasida tug’iladi. Boshlang’ich ta’limni otasining maktabida oladi. 1902-1905 yillarda Orenburgdagi Muhammadiya madrasida o’qidi. 1921 yilning oxirlarida Toshkentga keladi va umrining oxirigacha Toshkent, Samarqand, Buxoro oliy o’quv yurtlarida dars beradi, o’zbek adabiyoti sohasida ilmiy tadqiqotlar yaratadi. Samarali ilmiy tadqiqotchilik va pedagogik faoliyati uchun unga 30-yillarda dissertatsiya yoqlamay, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi va professorlik unvoni berilgan.

    Abdurahmon Sa’diy, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodiy faoliyatini o’rganishda alohida g’ayrat ko’rsatdi. 1949 yilda E. Bertels rahbarligida “Alisher Navoiy ijodi-o’zbek klassik adabiyotining oliy bosqichi” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.

    Adabiy tanqidning jonlanishida ijobiy rol o’ynagan usul, shubhasiz, sog’lom yo’nalishda turib yozilgan tanqidchining yozuvchi ijodi haqidagi xolisona fikri muhim ahamiyatga ega, albatta. Abdurahmon Sa’diy Hamza va Abdulla Qodiriylar haqida juda to’g’ri fikr-mulohazalar bildirgan edi. Shubhasiz, u o’z davrining kishisi sifatida Hamzaning inqilobiy, sinfiy ruhdagi faoliyatiga urg’u beradi. Shunday bo’lsa-da Hamza haqidagi ayrim fikrlari hamon eskirmaganligi bilan e’tiborni tortadi.

    Abdurahmon Sa’diyning Abdulla Qodiriy haqidagi mulohazalari ham haqiqiy ahvolni to’g’ri ifodalaydi. U Abdulla Qodiriyni hikoyalar, ayniqsa hajviy hikoyalar ustasi bo’lgan yosh va kuchli adib sifatida xarakterlaydi.

    Abdurahmon Sa’diyning “Oktyabr o’zgarishi va o’zbek adabiyoti” (“Turkiston” 1922 yil, 7 noyabr) maqolasini tanqidchilikning hayotga va adabiyotga yuz o’girganligini ko’rsatuvchi dastlabki namuna sifatida e’tirof etish mumkin.

    “O’zbek yosh shoirlari” (Turkiston” 1923), “O’zbek adabiy ijodi maydonida harakat”, (1924 yil) sarlavhali maqolalari ham o’zbek adabiyotining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatganligi bilan qimmatlidir.

    U Vadud Mahmudning “Turkiston” gazetasidagi tanqidiy maqolalariga munosabat bildirarkan O’zbek yoshlari o’rtasidan adabiy tanqid qalamlari chiqa boshlag’onini” ko’rsatadi. Bu ham “Adabiyot bobida oltinchi yilning ijobiy hollari tomoniga yozila oladir”,-degan fikrni izhor etadi. Uningcha adabiy tanqid kundalik adabiy jarayon bilan chegaralanmay, balki adabiyotning muhim nazariy masalalarini ham o’rtaga qo’yib ularni echishga harakat qiladi.

    San’at va adabiyotning jamiyat hayotida tutgan o’rni haqida birinchi bo’lib, keksa avlodga mansub tanqidchi va adabiyotshunoslar fikr yurita boshladilar. Abdurahmon Sa’diy bu sohada ham oldinda bordi. U o’zining “Go’zal san’at dunyosida” (“Inqilob” 1922) maqolasida yozadi “...Go’zallik haqidagi ong va tasavvurlar zamonlar o’tishi bilan turli o’zgarishlarga qarab o’zgaraturg’on bir narsadir. Go’zallik o’z-o’zicha bir ravishda borliqqa molik o’lg’on tamom mustaqil bir narsa emas, balki bizning shuurimizning va yoki...tushuncha va hukmlarimizning natijasidan iboratdir”

    Tanqidchililik 20- yillardayoq janrlar masalasiga alohida diqqat qila boshladi. Abdurauf Fitrat, Z.Bashir, Olim Sharofiddinov, Sotti Husayn kabi tanqidchilar bilan bir qatorda Abdurahmon Sa’diy ham bu masalaga e’tiborini qaratdi. U o’zining “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” (o’rta maktablar uchun darslik,1924) kitobini yozadi.

    Abdurahmon Sa’diyning “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” darsligi va Fitratning “Adabiyot qoidalari”ga yozgan taqrizida Oybek alohida qayd etib “hozirgi sust davrda” muhim voqealardan biri bo’lganligini e’tirof qilgan. Chindan-da, shu darslik tufayli Abdurahmon Sa’diyning ilk o’zbek adabiyotshunosi va nazriyotchilaridan biri deb atash mumkin. U birinchilardan bo’lib adabiy turlar va janrlar masalasiga daxl qildi. Va u darsligi uchun A.Shaligin, A.Potebnya, D.Ovsyaniko-Kulikovskiy, Aleksandr va Anatoliy Veselovskiylarning qarashlarini asos qilib oladi.

    Aleksandr, Iskandar Maqduniy (Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskan-dar Zulqarnayn nomi bilan mashhur) (mil. av. 356, Pella - 323.13.6, Bobil) - ma-kedoniyalik sarkarda va davlat arbobi. Makedoniya podshosi Filipp II va uning rafiqasi Olimpiadaning o‘g‘li.

    Abdurahmon Sa’diy o’zbek tanqidchiligini janrlar jihatidan boyitishga katta hissa qo’shganmunaqqidlardandir. U o’zbek tanqidchiligida obzor maqolaning asoschilaridan biri edi. “O’zbek yosh shoirlari”, “Olti yil ichida o’zbek sheriy adabiyoti” kabi tadqiqotlar obzor maqolaning ilk namunalari edi.

    Madaniy merosni o’rganish bilan ancha jiddiy shug’ullangan Abdurahmon Sa’diy 1930 yildan e’tiboran diqqatini klassiklardan o’rganish masalasiga qaratdi. 1934 yili nashr etilgan “O’zbek burjua adabiyoti (X1Xva XX asrlar)” darsligida merosga ilmiy nuqtai nazardan yondashadi. Kitobdagi “Adabiy meros ham uni o’rganish yo’limiz” degan parchada rus yozuvchilari o’zlarining burjua jamiyatidan qolgan adabiyotlari bilan tanishib, uning foydalanadigan nuqtalaridan kerakligini olganlari kabi biz ham o’zbek burjua jamiyatidan qolgan adabiy merosimizni o’rganamiz” deyiladi.

    “Inqilob” jurnalining 1922 yili 2-sonida Abdurahmon Sa’diyning Ahmad Yassaviy haqidagi maqolasi bosilib chiqqan. “Maorif va o’qituvchi” jurnalida 1927 yilda Fitratning Yassaviy haqidagi tadqiqoti chiqdi. Shundan ko’rinadiki, yassaviyshunoslikka ilk qadamni Abdurahmon Sa’diy qo’ygandir.

    Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:

    1.Sa’diy A. O’rta maktablarda adabiyot o’qitish metodikasining asosiy masalalari. -T.: 1934 yil.

    2.Sa’diy A. Imom Fazzoliy G’G’ Sharq yulduzi, 2001 yil, 3-son.

    3.Sa’diy A. Go’zal san’at dunyosida. G’G’ Uz AS, 2000, 12 may


    6-mavzu. Otajon Hoshimov hayoti va ijodi.

    Reja.

    1.Otajon Hoshimovning adabiy-estetik qarashlari.



    2.Otajon Hoshimovning madaniy merosga munosabati.

    3.Otajon Hoshimovning zamonaviy asarlar haqidagi qarashlari.

    Tayanch tushunchalar: ijodiy metod, mumtoz adabiyot, adabiyotga munosabat, chig’atoy adabiyoti, tarjima nazariyasi, lotin yozuvi, anjuman, qurultoy, xalk; og’zaki ijodi, madaniy merosga munosabat, tarjimashunoslik, folklorshunoslik, folklor oyi "Ravot qashqirlari", "Ikkinchi xotin" kino san’ati.

    O.Hoshim 1905 yili Toshkentda dehqon oilasida tug’ilgan. Avval diniy maktabda, so’ng 2 yil rus-tuzem maktabida o’qigan. 1918-21 yillarda Toshkentdagi yangi sho’ro maktabida, 1922-24-yillarda Moskvadagi Qizil professorlar institutining ishchilar fakultetida tahsil ko’rib, O’zbekistonga qaytgach, Fanlar Qo’mitasi raisi bo’lib ishladi.

    Moskva (rus. Москва) - Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatidagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan.
    U o’sha yili Samarqandda O’zbekiston pedakademiyasini tashkil qilishda qatnashdi. U mamlakatning qaysi markaziy o’quv yurtlariga ishga jalb etilsa, hamma joyda alohida tashabbus ko’rsatdi. 1929-33 yillarda Sankt-Peterburg (Leningrad)dagi fanlar akademiyasi qoshidagi Sharqshunoslik instituti aspiranturasida o’qib va ishlab, akademik A.Samoylivich rahbarligida O’zekiston filologiya fanining dolzarb masalalari bo’yicha ilmiy ish olib bordi. O’rta Osiyo respublikalaridan borgan faylasuf, tilshunos, adabiyotshunos olimlar tayyorlash ishiga rahnamolik qildi.

    1934 yildan to 1937 yilning o’rtalarigacha O’zbekiston Fanlar Komiteti raisi, Til va adabiyot instituti direktori va O’zbekiston Yozuvchilar soyuzida rahbarlik lavozimlarida ishlab turdi.

    Ammo sho’rolar zamoni o’zbek adabiyotshunoslari va munaqqidlarining oldingi safidan o’rin olgan, mustaqil mikrlovchi O.Hoshimovni ham istibdod qurboniga aylantirdi. Ko’p yilar mobaynida uning nomi adabiyot tarixidan o’chirib tashlandi, asarlarini o’rganish u yoqda tursin, tilga olish ham ta’qiqlandi. Faqat yarim asr o’tgandan keyin adolat tilanib, haqiqat ro’yobga chiqa boshladi. O.Hshimov ham Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Botu, Usmon Nosir kabi ijodkorlar qatori xalqimizga qaytarildi.

    O.Hoshimning matbuotda bosilgan birinchi maqolasi tanqidiy asar emas, balki sof falsafiy muammolarga bag’ishlangan “Dilalektika ham dialektika uchulida o’ylash” deb atladi. Maqola 1925 yilda “Maorif va o’qituvchi” jurnalining 3-7-8-sonlarida bosilgan. 20 yashar muallifning mazkur maqolasi o’zbek tilida markscha falsafa muammolaridan bahs qiluvchi dastlabki asar edi.

    1934 yilda u Til va adabiyot institutini tashkil qilishda bosh-qosh bo’ldi va 1937 yilning avgustiga qadar shu institutning direktori vasifasida ishladi. O.Hoshimning ilm-fan bobidagi tashkilotchiigini, jonkuyarligini shunda ko’rish mumkinki, u juda qisqa muddat mobaynida institutga o’sha payitdagi eng etuk adabiyotshunos va tilshunos kuchlarni jamlay olgan edi. Bular orasida Aburauf Fitrat, G’ozi Olim, Miyonbuzruk, Oybek, H.Yoqubov, H.Olimjon, Uyg’un, Yahyo G’ulom, Hodi Zarif, Buyuk Karimov, Faxri Kamol kabi fan olamida chuqur iz qoldirganolimlar bor edi.

    O.Hoshim Fitratning “O’zbek adabiyotidan namunalar” xrestomatiyasi-majmuasiga 1928 yil “So’z boshi” yozadi. Buning uchun J.Boybo’latov Fitratni ham: O.Hoshimni ham qattiq tanqid qilgan. Holbuki, “So’z boshi”da “eski madaniy merosni yaxshi bilish, buning uchun undan yaroqli kerakli-kerakli joylarini olib to’plash va to’plaganlari ustida ishlash-mana bu proletar adabiyoti, proletar madaniyatini tuzish uchun asosdir”-deb yozilgan edi.

    J.Boybo’latov esa “O’zbek adabiyoti va chig’atoychlik” maqolasida “O.Hoshimov o’zbek proletar adabiyotining poydevori uchun materialni chig’atoy formasidan oladi”,-deb uni inglistlarcha so’kadi. J.Boybo’latov hatto Alisher Navoiyni ham mistik shoir deb e’lon qilgan edi. Bunday qarashlarga zarba bermasdan turib, yangi madaniyatni barpo etish va rivojlantirish haqida gap ham bo’lishi mumkin emas edi. Bu vazifani O.Hoshim sharaf bilan bajardi. U “Proletariat va chig’atoy adabiyoti” (1928), “Proletariat adabiyoti va adabiy meros” (1929), “Adabiy meros va chig’atoy adabiyoti” kabi maqolalar yozdi va ularning hammasida o’zbek xalqining boy merosini saqlab, uni xalqqa qaytarish uchun kurashdi. U J.Boybo’latov maqolalari “ilmiy bir maqola emas, balki qo’pol bir feletondir”,- deydi. Munozara jarayonida mumtoz adabiyotni baholada avval yo’l qo’ygan xatolarni tuzatishga harakat qilib, “Chig’atoy adabiyoti ko’p badiiy namunalar bergandir, bu adabiyotning bir qancha sana’tkor shoirlari bor”ligini e’tirof qiladi.

    O.Hoshim ko’pgina maqolalarida mustaqil fikrlashga intilgan bo’lsa-da, o’sha davrning hukmron qoliplarini yorib chiqib ketolmagan. Ayniqsa, sana’t va adbiyotni baholashdagi bosh me’yor masalasida O.Hshim to’laligicha o’sha davr dogmatlarining ta’sirida edi. Masalan, “Sho’ro adabiyotining bir necha ijodiy masalalari” degan risolasida o’zbek she’riyatida peyzaj tasvirining “sinfiy” shunday ochadi. “O’zbek sho’ro yozuvchi-shoirlari o’z asarlaridan tabiat ko’rinishlariga xursandchilik bilan qaraydilar, qarashlari, hislari, tuyg’ulari, masalan Cho’lponda bo’lganidek, badbinlik, qayg’u bilan sug’orilmagandir”.

    Ko’ramizki, O.Hoshim Cho’lpon ijodini baholashda o’sha qolipdan kelib chiqib xato xulosalar chqaradi. Aslida, u Cho’lpon shaxsiyatiga, ijodiga chuqur ehtirom bilan qaraganligini zamondoshlari xotirasidan bilib olish mumkin.

    O.Hoshimovning “O’zbek adabiyotining bir necha asosiy ijodiy masalalari” degan asari bo’ldi. Bu maqola o’zbek va rus tillarida alohida nashr etildi. Unda voqelik, xalq hayoti bilan mustahkam aloqada bo’lish adabiyotning o’sish garovi ekanligi ta’kdlandi. Shu asosda o’zbek shoirlari erishgan yutuqlar va turmush hodisalarini yuzaki, jo’n aks ettirish natijasda kelib chiqqan holda kamchiliklarni ko’rsatib berdi. U o’zbek shoirlaridan Oybek, G’ayratiy, H.Olimjon, Uyg’un va boshqalarning o’ziga xos yo’lini, ijodiy takomilini va mahoratini, ba’zi individual xususiyatlarini asosab ko’rsatdi.

    30-yillarda O.Hoshim ijodi yanada rivojlandi. O’zbek adabiy tanqidchiligida vulgar sotsioligizmga qarshi dastlabki kuchli zarbani O.Hshim berdi, buni uning qalamiga mansub “O’zbek sho’ro adabiyotining bir necha ijodiy masalalari” (1932) risolasida ko’rish mumkin.

    Risolaga hozirgi kun nuqtai nazaridan qarasak, unda sana’t va adabiyotni sotsializm qurilishi bilan bog’liqlikda tekshirilgani va patiya adabiyotining sinfiy bo’lishiga oid qarashlari eskirganligi ayonlashadi.

    Shunga qaramay, mazkur risola 30-yillar badiiy tafakkurini chuqulashtirish ishiga so’zsiz juda katta hissa qo’sha oladi.

    U 1937 yilda Pushkin vafotining 100 yilligini nishonlash ishlariga qatnashdi, “Evgenin Onegin” romaning Obek tomonidan qilingan tarjimasiga muharrir bo’ldi va tarjimon mahoratini, yutuq va kamchiiklarini tahlil qilib kattgina maqola yozdi.

    O.Hoshim yosh bo’lishiga qaramay, O’zbekiston Fanlar Komitetining raisi, til va adabiyot instituti direktori sifatida falsafa (baxtga qarshi buning ichida markscha-lenincha falsafa ham bor edi), adabiyotshunoslik, tilshunoslik, folklorshunoslik va tarix sohalariga bevosta rahbarlik qilgan va o’sha vaqtdayoq qomusiy bilm sohibi sifatida tanilgan va katta ishlarni amalga oshirgan edi.

    Umuman, O.Hoshimning faoliyati 20-yillarning ikkinchi yarmi va 30-yillarning birinchi yarimida kechdi. U shu yillardagi o’zbek madaniyati va adabiyotshunoslik ilmining yuksalishida ko’zga ko’rinarli o’rinni egallaydi, uning ilmiy asarlari o’zbk tanqidchiligi va adaiyotshunosligining taraqqiyotidagi ma’lum bir bosqichni aksettiradi.

    Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:

    1. Sharafiddinov O, Cho’lpon, Otajon Hoshim, Mustafo Chuqay. "Istiqlol fidoyilari", -T.: 1993 yil

    2. Turdiev Sh, Otajon Hoshimov. UTA, 1990

    3.Karimov N. Ikki darg’a. "Guliston", 1990 yil, 3-son.

    O.Safarov va boshqalar


    7-mavzu. Izzat Sulton hayoti va ijodi.

    Reja.


    1.Izzat Sulton yirik nazariyotchi olim.

    2.Olimning adabiy merosga oid kuzatishlari.

    3.Zamonaviy adabiyot va Izzat Sulton ijodi.

    4.Izzat Sulton ilmiy izlanishlarida realizm muammolari.

    Tayanch so’zlar: adabiyot nazariyasi, nazariyotchi olim, munaqqid, Navoiy ijodi talqini, realistik asar, realistik proza, dramaturgiya, etto, kino dramaturgiya, kinofilm, stsenariy, hayot va adabiyot, Qodiriy ijodi, jadidizm, tanqidiy realizm, sotsialistik realizm, realizmning zamonaviyligi, romantizm, ijodiy metod.

    Yirik adabiyotshunos olim, mashhur dramaturg, o’zbek fani va madaniyatning atoqli namoyandasi-Izzat Sulton (Izzat Otaxonovich Sultonov) ilm ahli, adabiy jamoatchilik uchun g’oyatda qadrli edi. U o’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, fiologiya fanlari doktori, professor, Beruniy nomidagi respublika Davlat mukofotining laureati, o’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sana’t arbobi Izzat Sultonning o’zbek adabiy tanqidchiligi tarixida alohida o’rni bor.

    Arbob (arab.- xo‘jayin, ega so‘zining ko‘pligi) - 1) ijtimoiy-siyo-siy va boshqa faoliyati bilan xalqqa tanilgan, el orasida obro‘ qozongan mashhur shaxslar - jamoat va davlat A.lari (mas, Ali-sher Navoiy); 2) fan va san’atda o‘z ijo-diy mehnatlari bilan tanilgan shaxslar - fan va san’at A.

    Izzat Sultonov 1910 yili 10 iyunda O’sh shahrida hunarmand oilasida dunyoga keldi. 10 yoshligidayoq otasi vafot qilib, etim qoldi. Keyinchalik bolalar uyida tarbiya topdi. 1924 yili ko’pgina etim bolalar Toshkentga o’qishga yuboriladi. Bular orasida yosh Izzat ham bor edi. Avval musiqa maktabida, so’ngira bilim yurtida tahsil ko’rdi. 1929 yili uni bitirgach, Yangiyo’l tumanining Qovunchi qishlog’ida o’qituvchi bo’lib ishga boradi. 1930 yili SAGU qoshidagi ijtimoiy fanlar fakultetiga o’qishga o’tadi. 1931 yildan gazetalarda mas’ul kotib, mudirlik qiladi. Ayni vaqtda O’zbekiston Fanlar akademiyasining aspiranturasiga kirib, uni 1937 yili tamomlab chiqadi. U 1938 yili O’zbekiston Fanlar komitetining Til va adabiyot instituti direktorining o’rinbosari, 1939 yildan boshlab, shu institutdagi Alisher Navoiy bo’limining mudiri lavozimlarida ishlaydi. Urush yillarida gazetada, keyinchalik esa Toshkent kinostudiyasida xizmat qiladi. 1943 yilda esa shu studiyaga direktor etib tayinlanadi. 1945 yildan boshlab O’zbekiston Ministirlar Soveti raisining o’rinbosari bo’lib ishlaydi. 1948 yildan boshlab hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutiga direktorlik qiladi. 1950 yil doktaranturaga o’qishga kiradi, bir muddat Moskvada universitetda kafedrada ishlaydi. Toshkentga kelgach, 1955 yili Til va adabiyot institutida o’zbek adabiyoti sektoriga rahbarlik qildi. U samarali ilmiy va jamoatchilik faoliyati uchun bir necha marta orden va medallar bilan taqdirlangan.

    Medal (frans. medaille, lot. metallum - metall) - biror voqea, arbob yoki joy sharafiga chiqariladigan, odatda 2 tomoniga tasvir tushirilgan va (yoki) yozuvi boʻlgan, koʻpincha, doyra, tuxumsimon yoki koʻpburchakli shakldagi, har xil oʻlchovli metall nishon.

    Izzat Sultonov o’zbek adabiyoti tarixining ulkan tadqiqotchilaridan biri hisoblanadi. Uning ijodida va ilmiy faoliyatida Alisher Navoiy alohida o’rin tutadi. Izzat Sulton hassos navoiyshunosdir. Bu borada olimning birinchi maqolasi “Mir Alisher Navoiy” 1938 yili bosilib chiqdi. Xuddi shu yili tadqiqotchining “Rustaveli va Navoiy” maqolasi vujudga keldi.

    Navoiyshunoslikka qo’shilgan eng muhim hissasidan biri-olimning “Mezonul-avzon” va uning tanqidiy teksti” nomli ishidir. Xuddi shu mavzuda tadqiqotchi 1949 yili nomzodlik dissertasiyatsini yoqladi.

    Shundan keyin ham I.Sultonov A.Navoiy ijodi ustida muttasil ish olib bordi. Uzoq va ko’p yillik ijodiy izlanishlar samarasi sifatida “Navoiyning qalb daftari” nomli yirik asari vujudga keldi.

    Hali o’ttiz yoshga to’lmagan Izzat Sultonov “Adabiyot nazariyasi”ni yaratishga o’zida ma’naviy ehtiyoj sezdi va katta jasorat bilan bu ishga kirishdi. Kitob 1939 yili chop etildi. Yosh olimning birinchi bu yirik asari O’zbekiston madaniy-adabiy hayotida ulkan voqea bo’ldi. Darslik 1940 yilda eng yaxshi ilmiy va badiiy asarlar uchun o’tkazilgan tanlovda birinchi mukofot bilan taqdirlandi.

    “Adabiyot nazariyasi” darsligi Izzat Sultonning haqiqiy nazariyachi olim ekanligini namoyish qildi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida Izzat Sulton rahbarligida, bevosita ishtirokida ikki jildlik “Adabiyot nazariyasi” tadqiqot kitobining yaratilishi ham jiddiy voqealardan sanaladi.

    Izzat Sultonning adabiy tanqidchilikdagi ilmiy-nzariy muammolarning hal etilishida “Ikki muhim masala yuzasidan mulohazalar” degan maqolasi salmoqli o’rin tutadi. Maqolada 20-asr o’zbek adabiyotining shakillanishidagi hal etuvchi omillar haqida bahs yuritiladi.

    Izzat Sultonning 1962 yilda “Hayot va adabiyot” maqolasi e’lon qilindi. Unda 50-yillar oxiri va 60-yillar boshlarida yozilgan va keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan asarlar tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada adabiy tanqid taraqqiyotiga ham baho beriladi. Aytish mumkinki, mazkur adabiy tanqidiy maqola 60-yillar adabiy jrayonida sezillarli iz qodirgan edi.

    I.Sulton 60-yillar tanqidchiligida keng rivojlanayotgan muhim bir ijobiy fazilatga e’tiborni qratdi. Bu tanqidchilar tomonidan mahorat masalalariga e’tiborning oshuvi, monografik tadqiqotlarning ko’plab yaratila boshlanganligi e’tirofida yaqqol ko’rinadi. I.Sulton bu sohada ham erishilayotgan yutuqlar bilan birga jiddiy kamchiliklar mavjud ekanligini o’z vaqtida ko’ra oldi.

    Ma’lumki, 50-yillarning ikkinchi yarmida stalincha qatag’onga uchragan yozuvchilar reablitatsiya qilindi, ular ijodiga berilgan oldingi baholar bir tamonlama va xato ekanligi yaqqol sezilib qoldi. Shuning uchun ham endilikda Cho’lpon, Fitrat, A.Qodiriy kabi zabardast yozuvchilar yozuvchilar ijodini qayta va haqqoniy baholash zaruriyatga aylandi. Bu masalaga Izzat Sulton birinchilardan bo’lib ishga kirishdi. Munaqqid 1956 yil oktyabr oyida “Sovet O’zbekistoni” va “Pravda Vostoka” gazetalarida A.Qodiriy haqida maqolalar e’lon ettirdi. O’shanda, ayniqsa, “Pravda Vostoka” gazetasining 1956 yil 28 oktyabr sonida bosilib chiqqan “Talantli o’zbek sovet yozuvchisi Abdulla Qodiriy” degan maqolasi katta voqea bo’lgan.

    Izzat Sulton Abdulla Qodiriy haqidagi 1956 yilda yozgan maqolasi va “O’tkan kunlar” yangi nashirdagi so’z boshisidan keyin ham adib ijodiga doir izlanishlarini yanada davom ettirib, 1962 yilda “Abdulla Qodiriy” ilmiy tadqiqotini yaratdi. Bu tadqiqot uning A.Qodiriy haqidagi adabiy-tanqidiy maqolasi oldingi qarashlardan keskin farq qiladi. Bunda u “O’tkan knlar” romaning so’zboshisidagi o’ta tanqidiy fikrlaridan ma’lum darajada chekinadi hamda A.Qodiriy ijodini har tamonlama va keng qamrovli tadqiq qilishga intiladi.

    I.Sulton A.Qodiriy ijodiga u reablitatsiya qilingandan so’ng eng odilona va to’g’ri yondoshgan munaqidlardan biridir. Ayniqsa, uning romanning ijodiy metodi haqidagi fikrlari nihoyatda adolatli va ko’pgina qodiriyshunos olimlarning fikridan ko’ra haqqoniyroq ekanligi mustaqillik va istiqlol sharofati bilan yanada oydinlashdi. I.Sulton A.Qodiriy ijodining asosini realizm tashkil etishi va hatto uning asarlarida uchraydigan yuksak romantizm kayfiyatlari ham uning ijodidagi realizmning yanada chuqurlashuviga xizmat qilganligini adolat bilan ko’ra oldi.

    Izzat Sultonning “Realizmning zamonaviyligi” maqolasi 60-yillar badiiy adabiyotida yuz berayotgan realizmning chuqurlashuvchi va kengayayotgan adabiy hamkorlikning asosiy belgilarini, yutuq va kamchiliklarini umumittifoq adabiy jarayoni bilan qiyoslab o’rganish va bu sohdagi echimini kutayotgan ilmiy-nazariy muammolarni hal etishda, ayniqsa, tanqidiy realizm masalalariga aniqlik kiritishda o’z o’rniga ega bo’ldi. Izzat Sultonning “Ulug’ yo’l”ning ba’zi xosiyatlari” (1967), “Izlanishlar davom etadi” (1970) degan adabiy-tanqidiy maqolalari ham o’zbek adabiy tanqidi tarixi bosib o’tgan o’ziga xos yo’lni umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo’ldi. Izzat Sulton mazkur maqolalarida 60-70-yillar badiiy adabiyoti va tanqidchiligi katta muvaffaqiyatlarga erishganligi haqida fikr yuritarkan, eng avvalo, janrlar taraqqiyotidagi muvaffaqiyatlarni qayd etadi.

    Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:

    1.Shokirov U, Izzat Sulton. Adabiy portret. T: FAN. 1970

    2.Safarov O. va boshqalar

    3.Sharafiddinov O. Go’zallik izlab. FAN. 1980

    8-mavzu. Xomil Yoqubov hayoti va ijodi.

    Reja.


    1.Xomil Yoqubov etuk munaqqid sifatida.

    2.Xomil Yoqubov Oybekshunos olim.

    3.Xomil Yoqubov F.Fulom ijodining yirik tadqiqotchisi

    4.Xomil Yoqubovning XX asr uzbek adabiyoti tarixini yaratishdagi xizmatlari.

    Tayanch so’zlar: zamonaviylik va mahorat, g’oyaviy yuksaklik va badiiy mukammallik, lirikada konflikt muammolari, F.Fulomning poetik mahorati, Oybek lirikasi, nazariy-estetik qarashlar.

    Filologiya fanlari doktori, professor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Respublika davlat mukofati laureati H.Yoqubov o’zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi ravnaqiga munosib hissa qo’sha olgan zabardast olim edi. 1907 yili Toshkent shahrida tug’ilib, dastlab Alisher Navoiy nomidagi pedagogika texnikumida, undan so’ng O’rta Osiyo davlat unversitetining iqtisod fakultetida tahsil olgan esada, respublika oliy o’quv yurtlarida o’zbek adabiyotidan dars berdi. Shu faoliyati tufayli 1944-47 yillarda Sankt-Peturburgdagi Sharqshunoslik instituti aspiranturasida o’qib, Turdi ijodi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

    1948 yilda umrining oxirigacha O’zFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim va bo’lim mudiri lavozimlarida ishladi. U realistik o’zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligining shakllanishi va taraqqiy topishini ta’minlashda, ilmiy-estetik tafakkur rivojida so’nggi nafasigacha hormay xizmat qildi.

    Homil Yoqubovning adabiy tanqidchilik faoliyati 30-yillardan boshlangandi. Uning birinchi taqrizi Oybekning ilk she’rlar to’plami-“Ko’ngil naylari”ga yozgan “Oybek va uning she’rlari” deb nomlangan bo’lib, 1929 yilda bosilib chiqqan edi. 1932 yil G’ofur G’ulomning hikoyalar to’plamiga yozgan taqrizi bosildi. Bu taqrizlar H.Yoqubovning bu ijodkorlarga xos bo’lgan jihatlarini to’g’ri ko’ra olishi va ularni birinchilardan bo’lib maxsus ta’kidlashi bilan xarakterlidir.

    40-yillardan boshlab Homil Yoqubov ilmiy faoliyatida o’zbek adabiyoti, uning taniqli namoyandalari ijodi, adabiyot janrlari va xilma-xil muammolarni tekshirishini davom ettirish va eng muhimi-mumtoz adabiyotni, uning atoqli vakillari va muhim sohalarini o’rganish, ilmiy tadqiqot ishlari olib borish favqulodda muhim o’rin oldi. Navqiron olimning tadqiqot ob’ektlari tobara kengayib va ilmiy saviyasi kuchayib bordi. Buni tasavvur etish uchun uning Bobur va Turdi hayoti va ijodi haqidagi ishlarini eslashning o’zi kifoya.

    H.Yoqubov 1944 yili Leningraddagi Sharqshunoslik instituti aspiranturasiga o’qishga kirdi. Mashhur professor A.K.Borovkov ilmiy rahbarligida “Turdi va uning adabiy muhiti” mavzusida tadqiqot ishi olib bordi. Tadqiqotchi shoir Turdi ijodiyoti haqida dissertatsiya yozish bilan bir vaqtda o’zbek adabiyoti, uning atoqli vakillari ijodi to’g’risida ham jiddiy mehnat qildi. Birgina misol: “Abdulla Qahhor novellalari” nomli katta maqolasi 1946 yili bosilib chiqdi. 1947 yili u Turdi va uning adabiy muhiti haqidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

    Homil Yoqubov G’.G’ulom ijodiga katta e’tibor bilan qradi. Buni 30-yillarning o’rtalarida yaratgan “G’ofr G’ulom ijodiyoti” nomli ishi bilan 50-yillarning boshlarida bosilib chiqqan “G’ofur G’ulom haqida tanqidiy-biografik ocherk” (1953) asarini qiyoslash orqali ham yaqqol tasavvur etish mumkin. Har ikkala ish ham vujudga kelgan paytda muhim voqea bo’ldi. Taniqli shoir G’ofur G’ulom olim ko’z o’ngida yuksalib bordi va shuhrat topdi. Tanqidchi salkam yigirma yil ichida shoir ijodida bo’lgan ulkan o’zgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatib bodi va ularni kuchli ehtiros bilan o’z maqolalarida ko’rsatishni davom ettirdi. Nihoyat, G’.G’ulom hayoti va ijodiyoti haqida o’zbek adabiyotshunosligida birinchi ilmiy tadqiqot xarakteridagi salmoqli ish vujudga keldi. 1959 yili esa “G’ofur G’ulom hayoti va ijodi” nomi bilan uning yirik monografiyasi chop etildi. 1970 yili bosilib chiqqan “Adabiy maqolalar” nomli yirik asarining bir bobi “G’ofur G’ulom” deb ataladi.

    1950-1970 yillar mobaynidagi H.Yoqubov ilmiy faoliyatida atoqli shoir va ulkan adib Oybek ijodini keng yo’sinda tadqiq etish markaziy o’rinlardan birini tashkil etdi. 20-yillarning oxirlarida maqola, taqrizlar yoza boshlagan H.Yoqubov 30-yillarda bu boradagi ishlarini muayyan darajada davom ettirdi. 40-yillarning oxirlariga kelib Oybek ijodi haqida jiddiy ishlar olib borishga faol kirishib ketdi. Buning natijasi o’laroq “Yozuvchi Oybek”, “Oybek”, “Oybek prozasida badiiy tasvir” kabi o’nlab qator maqolalarivujudga keldi. Uzoq yillar mobaynida olib borilgan ishlarning yakuni bo’lib, 1955 yilda olimning “Oybek Tanqidiy-biografik ocherk” nomli kitobi chop etildi. Bu ish o’zbek adabiyotshunosigida katta voqea bo’ldi.

    1959 yili olimning Oybek haqida monografiyasi bosilib chiqdi. Bu faqat olim ijodidagina emas, o’zbek adabiyotshunosligining xam printsipial yutug’i bo’ldi. Nihoyat, bu boradagi ishlarning ulkan yakuni sifatida “Oybek lirikasida g’oyaviylik va mahorat” (1963), “Adibning mahorati” (1966) nomli kitoblari yaratildi. Bu asarlar uchun olimga 1966 yili filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi berildi.

    H.Yoqubovning “Lirikada konflikt”, “Adabiy merosimizni chuqur o’rganaylik”, “Lirikada zamondoshimiz nafasi”, “Haqiqiy novatorlik uchun”, “Tanqid va adabiyotshunoslik tarixiga bir nazar”, “Navoiy va o’zbek sovet adabiyoti”, “Tipik sharoit va tipik xarakter” kabi muammoli ilmiy-tadqiqotlarida munaqqidning o’ziga xos individual uslubi va mahorat qirralari bo’rtib turadi. H.Yoqubov mazkur maqolalarida o’zi qo’l urgan mavzularning yangi tomonlarini kashf qilib ilmiy-nazariy izlanishlar qilarkan, badiiy ijoddagi har qanday dabdababozlik, madhiyabozlik va ko’zbo’yamachiliklarga qarshi chuqur ilmiylik bilan bosiqlik asosida murosasiz kurash olib bordi.

    H.Yoqubovning adabiy-tanqidiy qarashlari o’zining nazariy va estetik asoslarini qanday mustahkamlab borish yo’lini umumlashtiruvchi xususiyatlari va o’ziga xos ilmiy akademizmga sug’orilgan individual uslubning namayon bo’lishi bilan alohida ajralib turadi.

    H.Yoqubov faqat olim va atoqli tanqidchigina emas, ayni vaqtda murabbiy hamdir. U ko’p yillar mobaynida oliy o’quv yurtlarida adabiyotdan dars berdi. Olim bir qancha darsliklar, majmualar, o’quv dasturlarining muallifidir. U 30-yillardan 90-yillarga qadar bu faoliyatini davom ettirdi. U ikki tomlik “O’zbek sovet adabiyoti tarixi ocherklari” (1961-1962), “Istoriya uzbekskoy sovetskoy literaturi” (1967), uch tomlik “O’zbek sovet adabiyoti tarixi” (1968-1972) nomli yirik ishlarning vujudga kelishida jonbozlik ko’rsatdi. H.Yoqubov 1967 yili Beruniy nomidagi respublika Davlat mukofati laureati bo’ldi. 1968 yili esa “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi” degan yuksak unvon bilan taqdirlandi. Ustoz olim umrining oxirigacha adabiyotshunoslikda mukammal ishlar qilishning ajoyib namunasini ko’rsatib keldi.

    Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:

    1. Safarov O. va boshqalar

    2.Yoqubov X. Saylanma, ikki jildlik. FASN 1983 yil


    9-mavzu. M.Qo’shjonov hayoti va ijodi.

    Reja.


    1.M.Qo’shjonov - nazariyotchi olim va etuk munaqqid.

    2.M.Qo’shjonov Qodiriyshunos olim sifatida.

    3.M.Qo’shjonovning Oybek ijodiga oid tadqiqotlari.

    4.Adabiy jarayon va M.Qo’shjonov

    Tayanch so’zlar: nazariyotchi olim, etuk munaqqid, Qodiriyshunoslik, tasvirlash san’ati, Oybekshunos olim, tip yaratish, xarakter va sharoit, syujet va kompozitsiya, ijod saboqlari, badiiy mahorat, ochiq xat janri, psixologik tahlil qirralari, analitik tahlil, tahlil va talqin, estetik talqin, go’zallik va fojeaviylik, sir saqlash san’ati.

    Atoqli tanqidchi va adabiyotshunos olim O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofotining laureati, filologiya fanlari doktori, professor Matyoqub Qo’shjonov o’zbek tanqidchiligida ilmiy muhokamasi, fikrni ifodalash uslubi, tili jihatidan o’ziga xos individual xususiyatlarga ega ijodkordir. U V.Belinskiy, N.Chernishevskiy, A.Dobrolyubov singari rus tanqidchiligining daholari estetik tamoillarini ijodiy o’zlashtirib, o’ziga xos sharoitda, o’zbek adabiyoti materiallari asosida davom ettirgan ijodkor-munaqqiddir.

    Matyoqub Qo’shjonov Turkmanistonning Toshovuz rayonidagi Jallang qishlog’ida 1918 yil, 5 mayda oddiy cho’pon oilasida tug’ilgan.To’liqsiz o’rta ma’lumot olgandan so’ng Chorjo’ydagi o’qituvchilar tayyorlash texnikumi sari yo’l oladi. Bilim yurtini tamomlagach, 1942 yilgacha Toshovuz oblastidagi o’rta maktablarning birida o’zbek tili va adabiyotidan dars beradi.

    1942-1943 yillar mobaynida ikkinchi jahon urushida qatnashib, turli orden va medallar bilan mukofatlanadi.

    Turkmaniston (turkmancha. Türkmenistan), Turkmaniston Respublikasi (turkmancha. Türkmenistan Respublikasy) - Oʻrta Osiyoning jan.gʻarbida joylashgan davlat. Maydoni 488,1 ming km². Aholisi 5,113 mln. kishi (2013).
    Ikkinchi jahon urushi Ikkinchi jahon urushi (1939- 45) - Olmoniya, Italiya va Yaponiyaning aybi bilan boshlangan jahon tarixidagi eng yirik urush. 20-a. fojiasi sifatida insoniyat tarixiga kirdi. Bu urushning kelib chiqishida asosiy rolni fashistlar Olmoniyasi oʻynadi.
    1946 yili O’rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetiga kiradi, uni imtiyozli diplom bilan tugatgach, 1950-1953 yillar mobaynida O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetida instruktor lavzimida ishladi. Ayni vaqtda, O’rta Osiyo davlat universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida talabalarga ma’ruzalar o’qidi. 1953 yili Moskvadagi Ijtimoiy Fanlar akademiyasiga o’qishga tavsiya etiladi. O’qish davomida u o’z qobiliyati va fikrlash doirasining kengligi bilan tengqurlari orasida ajralib turardi.

    O’zbek tanqidchilari orasida Abdulla Qodiriyning yozuvchilik san’ati, mahoratining o’ziga xos qirralarini ilk bor ochish baxti ham Matyoqub Qo’shjonovga nasib etdi. Abdulla Qodiriyning xarakter yaratish mahorati, xarakterning shakllanish jarayonini ko’rsatishdagi “sir saqlash” san’atini birinchi bo’lib Matyoqub Qo’shjonov ko’ra oldi. Tadqiqotda A.Qodiriyning Oybek, A.Qahhor ijodiga xos bo’lmagan “voqealarni sirli bayon etish” san’atini ko’rsatishga keng o’rin berilgan. Zotan voqealarni sirli bayon etish yozuvchiga qahramon ruhiy olamini ochishda asosiy omil bo’lib xizmat qilgan. Adabiyotshunos A.Qodiriy badiiy mahoratining qirralarini (“sir saqlash”, “perepitiya, ichki va tashqi kolliziyalar birligi, antiteza”) asardagi asosiy obrazlar-Otabek va Kumsh xarakteri orqali ochishga intiladi. Haqiqatdan ham, romandagi Otabek va Kumush xarakteri voqealarni bir-biriga bog’lovchi, asar syujetini harakatlantiruvchi asosiy kuch.

    Kumush (lot. Argentum - oq kukun), Ag - Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 47, atom massasi 107,87. Kumush 2 tabiiy barqaror izotop - IO7Ag (51,35%) va IO9Ag (48,65%) dan iborat.
    Buni muallifning asar muqaddimasidagi ushbu so’zlar ham tasdiq etadi: “Romanning bosh g’oyasi asosan etakchi obrazlarda ifodalangani uchun bu obrazlarning yaratilishi to’g’risida ko’proq to’xtashfoydalidir. Chunki bu masala yozuvchi san’atining belgilovchi asosiy omillardandir”2.

    “Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati” kitobini tanqidchi mustaqillik yillarida qaytadan nazardan o’tkazib, “O’zbekning o’zligi” nomi bilan nashr ettirdi. Romanning tekshirishda munaqqid tarixiylik tamoyillariga qat’iy amal qiladi va o’z fikrlarini istiqlol mafkurasiga asoslangan holda bayon etadi. Bu asar mustaqillik ruhi bilan sug’orilganligi, A.Qodiriy ijodining bugungi zamonamiz uchun ahamiyatli jihatlariga e’tibor berganligi bilan diqqatga sazovordir. Kitob ehtiros bilan yozilgan va kitobxonga qimmatli ma’riy oziq beradi, unga estetik zavq bag’ishlay oladi.

    Matyoqub Qo’shjonov Oybek ijodini, uning mahorat sirlarini o’rganish borasda juda ko’p mehnat qildi. Tnqidchida chuqur ilm, o’tkir did va tahlil san’atini talab etgan bu murakkab va sharafli ish zoe ketmadi. “Oybek mahorati”ning yaratilishi oybekshunoslikni yanada yuqori bosqichga olib chiqdi, deb ayta bo’ladi. Oybekshunoslikning yangi bosqichga ko’tarilishi ayni vaqtda, umuman, o’zbek adabiyotshunosligining yangi bosqichga ko’tarilayotganidan darak beradi. Bu kitobda ham tahlil markazida xarakter masalasi turadi. “Oybek mahorati”ning Oybek haqidagi boshqa tadqiqotlardan ajralib turadigan o’ziga hos fazilatlaridan biri ham shunda.

    Bugungi qahhorshunoslikni Matyoqub Qo’shjonov ijodisiz tasavvur etish qiyin. U Abdulla Qahhor haqidagi tadqiqotlarida adibning barcha asarlari, estetik tamoyillari keng planda, yangicha fikrlar bilan yangicha uslubda tahlil qilmoqda. bu hol A.Qahhorning ijodiy individualligini, ya’ni A.Qodiriy, Oybek va boshqa yirik nosirlarimiz ijodidan farq qiladigan qirralarini kitobxonga to’laraoq gavdalantirish imkonini bermoqda.

    “Adashganlar fojeasi” deb atalgan monografik tadqiqot A.Qahhor ijodini, mahorat sirlarini o’rganish yo’lidagi jiddiy tadqiqotdir.

    1968 yili M.Qo’shjonovning “Mahorat sirlari” nomli kitobi bosilib chiqdi. Bu asrda A.Qahhorning katta epik asarlari yuksak did bilan tahlil qilindi. 1970 yili esa bu adib haqida “Hayot va nafosat” kitobi chop etildi. Bu asarida olim adibning hikoyanavislik san’ati va dramatik asrlarini chuqur tahlil etadi. “Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor” asarida esa yozuvchining hajviy mahoratini tadqiq etadi. Bu hildagi ilmiy ishlarning fazilatlaridan biri o’zbek adabiyoti vakillarining o’ziga hos ijodiy individualligini va orginal qiyofasini ayrim holda yoritish imkonini beradi.

    Keyingi yillarda M.Qo’shjonov Oybek, Sh.Rashidov, A.Qodiriy, A.Qahhor, I.Sultonov, H.G’ulom, Y.Shamsharov, Sh.Alyadin, R.Bekniyoz kabi yozuvchilar mahoratini o’rganish asosida adabiy portret janirida asarlar yaratishga ko’proq e’tibor berdi. Uning A.Oripov, Sh.Xolmirzaev, O.Muxtorlar haqida yozganlarini o’qiganimizda, yozuchilarning asrlarini o’qiganday ta’sirlanamiz, badiiy zavq olamiz.

    M.Qo’shjonov ko’pdan beri bolalar adabiyotini o’rgnaish bilan qiziqib kelgan. Uning Q.Muhammadiy, Q.Hikmat, H.Po’lat ijodiga bag’ishlagan adabiy portretlari o’zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa bo’lib qo’shildi. O’zbek bolalar she’riyatining kamolatiga salmoqli hissa qo’shgan va o’ziga xos maktab yaratgan Q.Muhammadiy, yorqin talanti bilan bolalarning sevimli shoiri bo’lib qolgan Qudrat Hikmatning adabiy portretlarini yaratar ekan, olim o’ziga xos yo’ldan boradi. Ikki shoir ijodida ko’pchilikka noma’lum bo’lgan “sir”larini kashf etadi.

    Jasoratli munaqqid va adabiyotshunos olimning “Ma’no va mezon” (1974), “Mahorat va badiiyat” (1977), rus tilidagi “Talant qirralari” (1975), “Oybek” (1976), “Mahorat ma’suliyati” (1977) nomli kitoblari ham hozirgi o’zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligining printsipial yutuqlari bo’lib qoldi.

    Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:

    1.Qo’shjonov M. "O’zbekning o’zligi", -T.: "Meros", 1994 yil

    2.Qo’shjonov M, Milliev S. Abdulla Oripov. -T.: Ma’naviyat", 2004

    3.O’taev U. Tanqid va uslub. -T.: “Fan”. 1978 yil

    4.A.Rasulov. Tanqid Talqin. Baholash. -T: "Fan", 2000


    10-mavzu. O. Sharafiddinov hayoti va ijodi.

    Reja.


    1.Ozod Sharafiddinov buyuk munaqqid sifatida.

    2.60-90 yillar adabiy jarayonida O.Sharafiddinovning o’rni.

    3.O’zbek she’riyatining tolmas talqinchisi.

    4.Munaqqidning adabiy portret janriga qo’shgan hissasi.

    5.O.Sharafiddinov mohir Cho’lponshunos.

    6.O.Sharafiddinov - Qahhorshunos olim.

    Tayanch tushunchalar: she’rshunos olim va munaqqid, Qahhorshunoslik, Cho’lponshunoslik, iste’dod qirralari kashfiyotchisi, zamonaviylik va she’riyat, badiiy uslub, tanqidchi mahorati, badiiylik mezonlari, she’riy til muammolari, tanqidchilik tamoyillari, tanqidchilik tarjimasi, adabiy suhbatlar, adabiy etyudlar.

    O’zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiliging taraqqiyotida, tarkib topishi va kamolotida A.Sa’diy va Olim Sharafuddinov, Otajon Hoshim va Sotti Husayn, Izzat Sultonov va Homil Yoqubov, Hodi Zaripov va G’ulom Karimov, Matyoqub Qo’shjonov kabi yirik siymolar qatorida professor, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O’zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinovning ham xizmati beqiyos katta.

    O.Sharafiddinov 1929 yili Toshkentda xizmatchi oilasida dunyoga keldi. 1936-46 yillar orasida o’rta maktabda o’qidi, yoshlikdan ziyrak va qobilyatli bo’lgan Ozod maktabni oltin medal bilan tugatdi. 1946 yili o’rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetiga qabul qilndi va 1951 yili uni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Shu yili M.Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti instituti aspiranturasiga kirdi va uni 1954 yili uni muvafaqiyatli tugatdi. 1951-1954 yillar mobanida o’zbek poemalari ustida qunt bilan ijodiy ish olib bordi. Natijada u 1955 yili shu institut ilmiy kengashida “Hozirgi o’zbek sovet poemalari” degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqqiyatli himoya qildi. Yosh olim 1955 yildan to 90-yillarga qadar o’zi tahsil olgan joyda-Toshkent davlat unversiteti (hozirgi O’zMU) filologiya fakultetining o’zbek adabiyoti kafedrasida ishlab keldi. 90-yillarning boshlaridan e’tiboran dastlab “Sharq” ma’tbaa kontsernida bosh muharrir, so’ngira yangi tashkil etilgan “Jahon adabiyoti” bosh muharriri vazifasida ishladi.

    1970 yili “Istoriya uzbekiskoe sovetskoe leteraturi” nomli yirik asari uchun bir guruh adabiyotshunos olimlar qatori O.Sharafiddinov ham Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi.

    Mustaqillik yillarida olimning serqirra va qizg’in faoliyati munosib taqdirlandi. U xukumatimizning bir qancha orden va medallariga, 2000 yilda sa O’zbekiston Qahramoni unvoniga sazovar bo’ldi.

    Tanqidchining ijodi 60-70 yillarda juda sermahsul bo’ldi. U o’zining adabiy tanqdiy qarasharida tanqidchilikning oldingi davrlardagi yutuq va kamchiliklariga nazar solar ekan, umumlashtirib, o’zining ilmiy biografik monagrafiyalari, adabiy portretlari, muammoli maqolari bilan adabiy tanqidchilik ko’lamini kengaytirdi. Tarixiylik va zamonaviylik muammolari ustida jiddiy va rang-barang ilmiy-nazariy fikrlar bayon etdi. A.Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, A.Qahhor ijodining yangicha talqinlarini yaratishga kirishib, adabiy merosga bir yoqlama qarash tamoyillariga qarshi kurash olib bordi.

    Ma’lumki, 60-yillarga kelib, shaxsga sig’inish iskanjasidan ozod bo’lgan she’riyat va nasrda porillab ko’tarilishlar yuz bera boshlab, yuksak ijodkorlik ruhiyati maydonga keladi. O’zbek nazmida yuz bera yotgan bunday ijodiy o’zgarishlar Ozod Sharfiddinovning “Zamon. Qalb. Poeziya” mavzusidagi ilmiy kashfiyotlarga boy, o’zbek poeziyasining tarixi va ayni zamondagi yutuq va kamchiliklarini umumlashtiruvchi salmoqli kitobida o’z ifodasini topdi. Bu munaqqidning birichi yirik kitobi bo’lib, 1962 yili nashr etilgan edi. U o’zbek poeziyasida zamonaviy ruh chuqurlashib, badiiy mahorat ortib boryotgaligini, oldingi shablonlar va shtamplar o’rnini endilikda chinakam badiiylik va obrazliylik egallayotganligini o’z vaqtida payqay olgan edi.

    Olimning keyingi kitobi- “Adabiy etyudlar” degan adabiy tanqidiy maqolalar to’plami 1968 yilda chop etilgan. Undan joy olgan maqolalar olim tahlining chuqurligini, fikr diapazonining kengligini, adabiy hodisalarni teran va o’tkir kuzatishini, nihoyat fikr-mulohazalarini jo’shqin ehtiros bilan qiziqarli bayon qilganligini ochiq-oydin ko’rsatadi.

    “Adabiy etyudlar”dagi maqolalarda tanqidchi A.Qahhor, Zufiya, M.Boboev, P.Qodirov asarlarini tahlil qiladi.

    shunisi e’tiborliki, O.Sharafiddinov ijodida shn’riyat, nasr va adabiy tanqid muammolari birdek o’z ifodasni topib kelayotganligini uning “Go’zallik izlab” kitobida ko’rish mumkin. Kitobdagi adabiy tanqidiy maqolalar uch bo’limda berligan, birinchi bo’limda she’riyatga oid, ikkinchi bo’limda nasr haqidagi va uchinchi bo’limda adabiy tanqid muammolariga dolzarb masalar haqida fikr yuritiladi.

    Ozod Sharafiddinovning “Talant xalq mulki” deb nomlagan kitobi 1979 yilda nashr etilgan bo’lib, u ikki qismdan iborat. Unda munaqqidning yoshlar ijodi haqidagi bir qator adabiy tanqidiy maqolalari, she’riyat rivojiga bag’ishlagan tadqiqotlari o’rin olgan.

    Tanqidchi G’.G’ulom, Oybek, K.Yashin, S.Ayniy, A.Qahhor, A.Muxtor, O.Yoqubovlarning betakror portretlarini yaratar ekan, badiiy ijod bobida o’zining o’tkir ilmiy nazariy mulohazalarini o’rtaga tashlaydi.

    1991 yilda O.Sharafiddinovning “Cho’lpon” nomli kitobi “Cho’lpon” nashiriyotida “Shoir haqidagi rivoyatlar va haqiqatlar” tagsarloha qilib berildi. “Bu asar ulug’ san’atkor haqidagi birinchi xayrixohlik bilan yozilgan ilmiy-tahliliy, ayni vaqtda ommaviy, bolalar bob asar edi. Kitob lo’nda-lo’nda besh bobdan –hayoti va ijod yo’li: she’riyati tahlili: nasrning talqini, adabiy tanqidiy faoliyatiga munosabat, tarjimonlik mahoratiga bir nazardan iborat”3

    Shu kitobning birinchi bobi asosida keyinroq tanqidchi “Cho’lponni anglash” nomli nihoyatda teran va mazmunli asar yaratdi.

    Adabiyotshunosligimiz va tanqidchiligimizda atoqli adib A.Qahhor haqida ko’plpb tadqiqotlar, monografiyalar yaratilgan. P.Qodirov, I.Borolina, H.Abdusamatov, M.Qo’shjonov, U.Normatov, I.G’ofurov, R.Qo’chqorov hamda boshqa o’nlab tadqiqotchilarning ilmiy asarlarida A.Qahhor ijodi tahlil qilinadi. To’g’ri har bir adabiyotshunos o’z tanlagan adabiy tanqidiy janr talabi asosida, o’z uslubi yo’nalishiga ko’ra A.Qahhor asarlarini o’rganadi, yozuvchining adabiyotdagi o’rnini belgilashga intiladi. Ozod Sharafiddinov ham A.Qahhor ijodini o’rganishga alohida e’tibor beradi.

    “Abdulla Qahhor” kitobida yozuvchi biografiyasiga, ota-onasi, oilasi, bolalariga oid ma’lumotlar bor. Asarda yozuvchining hayot yo’li, qiziqishlari, tabiati haqidagi voqealar qiziqarli, sodda tilda tasvirlangan. “Sarob”, “Qo’shchinor” romanlarning muhokamalari haqida yangi mukammal ma’lumotlar berilgan. Bu kitob o’zbek qahhoshunosligiga qo’shilgan munosib hissadir.

    Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:

    1.Rasulov A. "O.Sharafiddinov" T.: 1979 yil

    2.Rasulov A. "Iste’dod va e’tiqod", -T.: "Sharq", 2000

    3.Rasulov A. "Talqin. Talqin. Baholash"

    4.Qyljonov.A. "Ilm va ijod olamida", FAN T.: 1980

    11-mavzu. Umarali Normatov hayoti va ijodi.

    Reja.


    1. Umarali Normatov hozirjavob munaqqid sifatida.

    2. Umarali Normatov ijodida nasr muammolari.

    3. U marali Normatov Qodiriyshunos munaqqid sifatida.

    4. Munaqqid ijodida adabiy jarayon muammolari.

    5. Adabiy tanqid janrlari rivojida munaqqidning hissasi.

    Tayanch tushunchalar: realizm, romantizm, absurd, taraqqiyot tamoyillari, go’zallik olamida, hikoyanavislik mahorati, faol va hozirjavob munaqqid, nasrimiz Ufqlari, Qodiriyshunoslik, modernizm va absurd adabiyoti, mustaqillik davri adabiyoti, yangicha badiiy tafakkur.

    Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:

    1.Sodiq S. "Umarali Normatov" -T.: 1990

    2.Qo’shjonov M. "Qalb va qiyofa" -T.: Fan, 1978
    12-mavzu. Naim Karimov hayoti va ijodi.

    Reja.


    1. Naim Karimovning adabiy-estetik qarashlari.

    2. Naim Karimov she’rshunos olim.

    3. Naim Karimovning so’nggi davr izlanishlarida XX asr adabiyotini qayta baholash.

    4. Munaqqidning tarixiy-biografik talqinga qo’shgan hissasi.

    5. Adabiy jarayon va munaqqid ijodi.

    Tayanch tushunchalar: nozikta’b munaqqid, she’riyat talqinchisi, H.Olimjonning poetik olami, "Ajoyib kishilar hayoti" turkumi, tarixiy-­biografik asar, ma’rifiy roman, qatag’on qurbonlari, yangicha badiiy­-estetik tafakkur.

    Turkum (genus) -1) botanikada filogenetik jihatdan yaqin (qardosh) turlarni birlashtiruvchi asosiy taksonomik kategoriya. Zoologiyadagi urugʻ botanikadagi T. ga toʻgʻri keladi. Mac, doʻlananing (Crataegus) har xil turlari (sariq, qizil va boshqalar) doʻlanalar T.

    Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:

    1. Nazarov B. "Nozikta’b adabiyotshunos", "O’zbek tili va adabiyoti", 2002 yil, b-son.

    2.Mamajonov S. "Teranlik", T: Fan, 1987

    3.Safarov O. va boshqalar. O’zbek adabiy tanqidchiligi tarixi, Buxoro, 2003 yil.




    14-mavzu: Salohiddin Mamajonov hayoti va ijod yo’li.

    (1931-2005).

    Reja:


    1.S.Mamajonov hayoti va ijodi.

    2.S.Mamajonov adabiy estetik qarashlari.

    3. Munaqqid ijodida she’riyat talqini.

    4.Munaqqidning istiqlol davri faoliyatining etakchi tamoyillari.

    Tayanch tushunchalar:

    Munaqqid ijodida 50-60-yillar tanqidchiligi tamoyillarining aks etishi. S.Mamajonov 50-yillarning o’rtalaridan tanqidchilikka kirib kelgan yangi qarashli novqiron avlodning o’ktam vakllaridan biri sifatida. Munaqqidning adabiy jarayondagi faolligi. S.Mamajonov G’afur G’ulom ijodini mukammal o’rgangan adabiyotshunos. Munaqqid ijodida adabiyotshunoslik va tanqidchilikning uyg’unligi. G’afur G’ulom ijodini o’rganishda mafkuraviy va estetik mezonlar mushtarakligi.

    S.Mamajonov - Hamid Olimjon, Uyg’un, Sharof Rashidov, Zulfiya ijodining tadqiqotchisi. Munaqqid adiblar ijodini zamonoviylik nuqtai nazaridan o’rganganligi. “Uyg’un” (1965), “Shoir dunyosi” (1975), “G’ayratiy” (1974), “Lirik olam epik ko’lam” (1979) kitoblari. Yozuvchi ijod yo’li, badiiy asarni talqin qilish, baholashda amal qilgan mezon va me’yorlar.

    S.Mamajonov – yangi o’zbek adabiyoti tarixining serko’lam tadqiqotchisi. Uning “Ulug’ Vatan urushi davrida o’zbek adabiyoti” (1975) kitobi, “O’zbek sovet adabiyoti tarixi” (0971), “Ko’pmillatli sovet adabiyoti tarixi” (1970) kollektiv asarlaridagi tadqiqotlari.

    S.Mamajonov hamisha adabiy jarayonning oldingi safida bo’lganligi. “Ranglar va ohanglar” (1978), “She’riyat bahsida” (1970) kitoblarida yangi she’riyat va shoirlar haqida bildirgan fikrlari. Uning 60-yillardan 2000 yilgacha bo’lgan she’riyatga doir qarashlaridagi tadriji.

    Munaqqidning bolalar adabiyoti muammolari haqidagi maqola va tadqiqotlari. Uning “Bolalar adabiyotida zamonaviylik va mahort masalalari” maqolasida, “Ezgu niyat yo’lida” (1978), “Ishonch va burch” (1982) kitoblarida bolalar adabiyoti, unga folklor ta’siri masalalari o’rganilganligi.

    Olim ijodida “Hozirgi adabiy jarayonga bir nazar” asarining tutgan o’rni.

    Salohiddin Mamajonovning adabiy tanqid metodologiyasi haqidagi nazariy qarashlari. Uning “Vohid Zohidov” (1976) adabiy portreti va munaqqid sifatidagi uslubi. Olimning adabiyotshunos mutaxassislarni tarbiyalashdagi hissasi.

    Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:
    15-mavzu: G’oyaviy-badiiy izchillik va mahorat uchun kurash. (1960-1990)

    Reja.


    1.Adabiy jarayondagi etakchi tamoyillar.

    2.Adabiy tanqidda yozuvchi va kitobxon, badiiy asar va kitobxon muammolarining ilmiy-estetik talqini.

    3.70-80 yillar tanqidchiligida yangicha ilmiy tafakkur tamoyillari.

    Tayanch tushunchalar: adabiy tank,idning etakchi xususiyati, etakchi tamoyillar, talqin turlari, davr va tanqidiy qarashlar, badiiy asar takomilidagi o’rni, badiiy nochor asarlarga ta’siri.

    Adabiy tanqidning siyosiy-mafkuraviy tobelikdan ozod bo’lish yo’llarini izlash va professional tanqid mahoratini oshirish tomon yuzlanishi. 20-50 yillarda kommunistik firqa adabiy tanqidni o’ziga tamoman bo’ysindirishga intilgan bo’lsa, 60-yillardan shu tazyiq doirasida faoliyat ko’rsatgan holda, imkon boricha badiiy adabiyot haqida uning ichki qonuniyatlari asosida fikr yuritishga intilish, asarning badiiy himmatiga qarab baho berish tamoyillari yildan yilga ko’zga tashlana borgani.

    Sotsialistik realizm metodidagi inqirozning badiiy asarlardagi ilk ko’rinishlari. Bunday asar, ularning adabiy tanqidga va tanqidning bunday yo’nalishdagi asarlarga ko’rsatgan ta’siri. Roman janri istiqboli, sho’ro adabiyotida gumanizm va go’zallik muammosi xususidagi bahslar. qahramon muammosining tanqidchilikdagi yangi talqinlari.

    Janrlar haqidagi bahslar. Yoshlar she’riyati va adabiy tanqid. Bir guruh shoirlar (Evg. Evtushenka, And. Voznesenkiy, Bella Axmadullina, R.Rojdestvenskiy, E.Vohidov, A.Oripov, G.Nurillaeva, Oljas Sulaymonov) ijodida modern qarashlarning shakllanishi va ularga tanqidchilikning munosabati. Lirikadagi izlanishlarning tanqidchilikda aks etishi. O.Sharafiddinovning “Nihollar” maqolasi. M.Qo’shjonovning Oybek romanlari haqidagi maqolalari. N.Shukurovning she’riyat talqiniga qo’shgan hissasi.

    Prozada lirizm, etnik ko’lam tahliliga e’tiborning kuchayishi. A.Muxtor, P.Qodirov, O.Yoqubov, O’.Umarbekov asarlarining talqini asosida o’zbek tanqidchiligida yangi tamoyillarning ko’rinishi. o’zbek nasrining qahramoni haqidagi bahs. Tanqidchilik markazida davr va qahramon muammosi.

    Tanqidchilikda sharoit va xarakter muammosiga yangicha yondashuvlar. Badiiy asar poetikasi, xarakter, syujet, kompozitsiya, badiiy til va h.k. haqidagi tadqiqotlar.

    Dramatik asar va uning sahna talqinida konflikt haqqoniyati va hayotiyligi masalalarining o’rganilishi.

    Berdiali Imomovning o’zbek teatr tanqidchiligidagi o’rni. 60-70 yillar o’zbek dramalaridagi qahramon muammosi B.Imomov talqinida. Ichki konfilikt va tashqi konflikt haqidagi B.Imomov qarashlari.

    Hafiz Abdusamatov (1925)- o’zbek tanqidchiligi va adabiyotshunosligining taniqli vakili sifatida. A.Qahhor ijodining o’rganilishi. Xamza nomidagi (Hozirgi O’zbekiston milliy) akademik drama teatrida so’nggi yarim asr davomida sahnalashtirilgan asarlar H.Abdusamatov talqinida. H.Abdusamatov H.H.Niyoziy va Komil Yashin ijodining yirik tadqiqotchisi. Olimning drama nazariyasi va O’zbekiston Qahramoni Zikr Muhammadjonov ijodi haqidagi tadqiqotlari. Munaqqidning O’lmas Umarbekov va Alp Jamol ijodiga bag’ishlangan yangi asarlari.

    Tanqidchilikda milliy adabiyotlar aro hamkorlik va aloqalar masalasining ishlanishi.

    O’zbek tanqidchiligida “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Qutluq qon” singari asarlarning qayta talqin qilinishi. Etuk asarlarning har bir zamonda yangicha o’qilishi va yangi talqinlari topilishi. Navoiy asarlarining zamon va adabiy jarayon bilan bog’lab yangicha talqin etilishi.

    Kommunistik partiyaning sotsrealizmni yanada mustahkamlash, yagona sovet adabiyoti asoslarini zo’raytirish yo’lidagi sa’yi-harakatlari. KPSS MK “Adabiy tanqid haqida” (1972,19 yanvar) qarori.

    Yanvar (lot.; Jānuārius mēnsis 'Yanus oyi' rimliklar xudosi Yanus nomidan) - Grigoriy kalendari boʻyicha yilning birinchi oyi. Yanvar 31 kundan iborat (yana q. Kalendar).
    “Literaturnoe obozrenie” jurnalining chop etilishi, munaqqid kadrlarni tayyorlash ishlarining kuchayishi.

    Tanqidchilikda sotsrealizm metodiga madhiya o’qishning asta-sekin susaya borishi undagi sun’iylik, soxtalik, hayotiylik va haqqoniylikdan uzoqlik ochiq-oydin aytila boshlashi. Rus adabiyotida xorij va ichkaridagi adabiyot tarzidagi bo’linish ro’y berishi.

    O.Sharafiddinovning “Zamon, qalb, poeziya”, M.Qo’shjonovning “Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati”, “Oybek mahorati”, S.Mamajonovning Zulfiya haqidagi, U.Normatovning Abdulla Qahhor ijodiga bag’ishlangan tadqiqotlarida, maqolalarida, avvalgi davrlardagidan farqli o’laroq, endi mavzuga, qahramonning partiyaviy mansubligiga, ishchi yoki dehqon hayoti tasvirlanganiga qarab emas, yozuvchi mahoratiga, uslub tiniqligiga, asarning badiiy tarovatiga qarab baho berish tamoyillarining kuchaygani.

    Shuhratning “Jannat qidirganlar”, Turg’un Po’latning “Ichkuyov”, O.Yoqubovning “Diyonat”, P.Qodirovning “Olmos kamar”, O’.Hoshimovning “Nur borki soya bor” romanlarini qiyosiy, tipologik, funtsional tahlil etish asosida o’zbek tanqidchiligida uslubiy rang-baranglikning namoyon bo’lishi. Tanqidchi uslubidagi milliy o’ziga xosliklar.

    “Mirzo Ulug’bek”, “Ulug’bek xazinasi”, “Yulduzli tunlar” singari tarixiy romanlar, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Halima Xudoyberdieva she’riyati tahlili misolida o’zbek tanqidchiligida shakllar va janrlar rang-barangligi.

    Oshkoralik yillaridagi o’zbek tanqidchiligi. Badiiy adabiyotda paydo bo’la boshlagan yangi tamoyillarga vobosta tanqidiy tafakkurdagi meyorlar yangilanishi.

    Sh.Xolmurzaevning nasridagi yangi tamoyillarning tanqidchilikdagi yangi talqinlari. O’.Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi”, “Qalbinga quloq sol” asarlari bilan o’zbek adabiyotiga kirib kelgan yangiliklarning (xususan, sotsialistik hayotdagi salbiy tomonlarning yoritilib berilishi) tanqidchilik tomonidan aniq va to’g’ri baholanib ommalashtirilishi. M.Muhammad Do’st, X.Sultonov, E.A’zam, U.Azim, Sh.Rahmonning adabiyotga olib kirgan yangiliklarining tanqidchilikda talqin qilinishi. Tanqidchilikning doim badiiy asar orqasidan ergashib bormay, yozuvchi, asar oldiga zamonning yangi-yangi badiiy talablarni qo’yish xususiyati.

    O’zbek tanqidchiligida “O’zbeklar ishi”, rahbarlar adabiyoti muammolariga munosabat. V.Zohidov, S.Mirvaliev, N.Vladimirova O.Tog’aev, I.G’afurov, P.Shermuhamedov, N.Xudoyberganov hayoti va ijodi haqida ma’lumot.

    60-80-yillar tanqidchiligida Cho’lpon, Fitrat ijodlarini o’rganish bo’yicha olib borilgan kurashlar. Madaniy merosga yangicha qarashlar.

    A.Qodiriy ijodining 60-80-yillar tanqidchiligida o’rganilishi. A.Aliev, I.Mirzaev, F.Nasriddinovning qodiriyshunoslik faoliyati.

    Xamza ijodiga munosabatda yangicha meyorlarning yuzaga kelishi.

    Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:

    1.Qo’shjonov M. "Ijod mas’uliyati", -T.: Fan, 1981 yil

    2.Sharafiddinov O. "Birinchi mo’’jiza", -T.: FG’ACH, 1979 yil

    3.Xudoyberganov N. "O’z dunyosi, o’z qiyofasi", -T.: "Yosh gvardiya", 1986 yil

    4.Xudoyberganov N. "Xahiqat yog’dulari", -T.: G’FACH, 1985 yil

    5.Mamajonov S. Saylanma. -T.: FG’ASN, 1981 yil

    16-mavzu: Adabiy tanqidda umumbashariy mezon va meyorlarning shakllanishi. (Mustaqillikdan keyingi o’zbek tanqidchiligi)

    Reja.


    1.So’nggi davr adabiyotidagi ijodiy izlanishlar va adabiy tanqid.

    2.Adabiy tanqidda XX asr o’zbek adabiyotini qayta baholash muammolari.

    3.Adabiy tanqidda modernizm muammolariga oid baxs-munozaralar va turlicha yondashuv.

    Tayanch tushunchalar: qayta baholash, yangicha ilmiy-estetik tafakkur, modernizm, absurd, etakchi tamoyillar, ijodiy izlanishlar, tarixiy­biografik yondashuv, tarixiy-funktsional yondashuv, aksiologik yondashuv, germenevtika, talqin, sharx.

    Sotsialistik realizm metod haqidagi nazariy qarashlarning inqirozi. Tanqidchilik metodologiyasida yangilanishlar. “Boy ila xizmatchi”, “Yo’lchi yulduz”, “Jangchi Tursun”, “Ko’kan”, “Jontemir”, “Zaynab va Omon” singari asarlarga xolis yondashuv. “Sarob” romani haqidagi bahs. Xamza, A.Qodiriy, Cho’lpon, Fitratlarning yangicha talqini, baholanishi.

    Badiiy asarni baholashda mafkuraviylik, sinfiylik, partiyaviylik, soxta xalqchilik printsiplaridan voz kechilishi.

    Tanqidchilik uchun metodologik asos bo’lib kelgan markscha-lenincha ta’limotga oid printsiplar o’rnini umumbashariy xolis meyorlar egallay boshlashi. Bu meyorlarning o’z qadriyatlarimiz asosidagi milliy mezonlar bilan boyitilishi. Qur’on motivlari, hadis talqinlari zamiridagi hamda Amir Temur shaxsi yoritilgan, o’tmishimiz, tariximizni badiiy aks ettirgan asarlarga munosabatda o’zbek tanqidchiligi bashariy meyorlar bilan bir qatorda o’zining mustaqil mezonlarini ham o’rtaga qo’yishi.

    Mustaqillik davri o’zbek tanqidchiligining istiqlol g’oyalariga esh ekanligi.

    Badiiy asarga biografik, tarixiy-funktsional, ontologik, genetik yondashuvning kuchayishi. Biografik metodning tanqidchilikda keng qo’llanilishi.

    Germenevtik, izoh, sharh, talqin haqidagi yangicha qarashlar.

    Aksiologiya-baholash nazariyasi. A.Qodiriy, Cho’lpon, G’afur G’ulom, Oybek, Zulfiya asarlarining yangi tahlillari.

    Badiiy asarni talqin qilish, baholashda sub’ektivlik muammosi.

    Tanqidchilikda ijtimoiy tahlil qatori mikroanaliz, qiyosiy-tarixiy talqinning kuchayib borayotganligi.

    O’zbek adabiyoti va tanqidchiligiga ilg’or jahon adabiyoti va tanqidchiligi ta’siri kuchayganligi. Badiiy adabiyotga Kafka, Kamyu; tanqidchilikka Baxtin, Ortegelar ta’siri. Badiiy adabiyot hayotni realistik aks ettirib qo’ya qolmay ongdagi oqimni mukammal aks ettirishga intilishini, badiiy qahramon obrazini ochishda o’ziga xos izlanishlar paydo bo’layotganini adabiy tanqid ham mutanosib idrok etayotgani. Bu boradagi bahslar. Modrenizm, absurdizm, avangardizm, neorealizm, postmodrenizm, strukturalizm, ekzistentsializm, singari oqim va tushunchalarga adabiy tanqid munosabati. Adabiy asarni anglash qonunyatlari retseptiv estetika haqida o’zbek tanqidchiligidagi fikrlar. Yangi zamondagi yozuvchi, kitobxon, jamiyat aro uzviy uchlik bog’lanishi muammolari yangi o’zbek tanqidchiligi talqinida. “Anglashning azobli yo’li” (Q.Yo’ldoshev) singari maqolalardagi o’zbek tanqidchiligining sifat o’zgarishlari. Adabiy tanqid matnni o’qish, uqish mashaqqatlari haqida. O’zbek adabiyotida paydo bo’lgan modern asarlar haqidagi maqola, sharh, taqrizlar. X.Do’stmuhammad, N.Eshonqul, Faxriyor, B.Ro’zimuhammad, P.Qodirov, B.Sarimsoqov, U.Normatov maqolalari.

    Dilmurod Quronov-O’zbek tanqidchiligining yangi avlodi namoyandasi.

    Ulug’bek Hamdamovning modern she’riyat haqidagi maqolalari.

    Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:

    1.Rasulov A. "Tanqid. Talqin. Baholash" -T.: "Fan" 2006

    2.Karimov B "Abdulla Qodiriy" -T.: "Fan", 2006

    3.Rahmonov B. "O’zbek adabiy tanqidchiligi", -T.: "Yangi avlod", 2004 yil



    17-mavzu: Tanqid va adabiy jarayon

    Adabiy tanqid va badiiy adabiyot. Tanqidning adabiy jarayondagi o’rni va roli. Adabiy jarayonning murakkab, harakatchanligi. Unda yangi tamoyil, mezon, meyor, qoidalarining paydo bo’lishi. Adabiy jarayonning milliy zamin miqyosida va umumjahon adabiy-madaniy hayot kengligida tushunilishi.

    So’nggi 15 yil ichida o’zbek adabiy jarayonida ro’y berayotgan o’zgarishlar. O’zbek tanqidchiligida poetika, asarning estetik ta’siri, talqini baholanishida paydo bo’layotgan yangi mezonlar va tamoyillar.

    Umumjahon adabiy hayotidagi jarayonlar, xususan modern, avangard, syurrealizm, poststrukturalizm singari oqim, yo’nalishlarga o’zbek adabiy jarayoni munosabati. An’ana va yangilik mujdalari.

    “... Yangilik paydo bo’lishi bilanoq avval “yangi” maqomida yurgan qadriyat qisman eskilikka aylana boradi. Ana o’sha mahalda “eski yangilik”ning ashaddiy tarafdorlari “yangi yangilikka” qarshi kurashga otlanadilar. Hattoki, bu yo’lda quyushhondan chiqish holatlari bo’rtib ko’zga tashlanadi, “yangi yangilik” o’sha chig’iriqlardan o’tsagina adabiyot maydonida yashab qolish huquqini qo’lga kiritadi” (B.Ro’zimuhammad) O’zbek adabiyotshunosligi, tanqidchiligidagi “eski yangilik” bilan “yangi yangilik” aro kurashi.

    Hozirgi tanqidchilikda germenevtika-talqin, tafsir, izoh, sharh, ta’vilning keng qo’llanilayotganligi. Talqin yo’llari, usullari.

    Badiiy asarga biografik, tarixiy-funktsional, tarixiy-tipologik, ontologik yondashuv.

    O’zbek adabiy tanqidchiligida yangi oqimlar...bormi?

    Adabiy tanqid janrlarining adabiy jarayonga, ijodkor hayoti va ijodiga hamda bevosita badiiy asar tahliliga yo’naltirilganligi.

    Adabiy-tanqidiy sharh, tanqidiy ocherk, xronologik tadqiqot janrlarining milliy adabiyotni baholashdagi o’rni.

    Xronologiya (xrono... va ...logiyadan) - 1) tarixiy voqealarning davriy tadrijiyligi; 2) vaqt oʻlchovi haqidagi fan. Astronomik X. fazodagi hodisalarning qaytarilib turish qonuniyatlarini oʻrganadi va aniq astronomik vaqtni belgilaydi.
    Taqriz, ocherk, ochiq xat, asar qahramonlariga maktub, suhbat, maqola, adabiy portret, umumlashma obzor maqola janrlarining ham ijodiy jarayonni, ham aniq asarning o’rganishiga yo’naltirilganligi.

    Xotira, badia janrlarining vazifasi, yo’nalishi, mohiyati.

    XULOSA


    Yangi o’zbek adabiy tanqidchiligi o’z taraqqiyot takomilida murakkab tarixiy yo’lni bosib o’tdi. Bir asrdan ziyodroq davrni qamrab oluvchi yangi o’zbek adabiy tanqidchiligining shakllanish va taraqqiy etishi, metodologik asoslari va etakchi tamoyillarining qaror topa borishi hamda yangicha kontseptsiya va tafakkur tarzining namoyon bo’lishida ko’plab ichki va tashqi omillar muhim rol o’ynadi. Ichki omil sifatida adabiy tanqidning o’ziga xos tabiati, rivojlanish qonuniyatlari, munaqqid “Men”i, uning dunyoqarashi, tafakkur tarzi, iste’dodi, intiutsiyasi va hakozalar xarakterlidir. Tashqi omillar sifatida esa ijtimoiy va adabiy hayotda yuz berayotgan o’zgarishlar muhim ahamiyatga egadir.

    Adabiy hayot mazmunan keng tushuncha. U butun Sharqu G’arb madaniy merosi va jahon madaniyatining eng qadimgi namunalaridan tortib bugungi adabiy jarayonda yaratilayotgan badiiy, ilmiy-nazariy, adabiy-tanqidiy asarlarining barchasini qamrab oluvchi omildir.

    Farobiy,Beruniy, ibn Sino, imom G’azzoliy, az-Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Bobur kabi ko’plab allomalarimiz qoldirgan boy adabiy meros, mumtoz adabiyotshunoslik va adabiy tanqid durdonalari, xususan “ilmi naqada”, ilmi g’ariba”,”ilmi adab”ga oid ilmiy manbalar yangi o’zbek adabiy tanqidchiligi tafakkur tarzining, shuningdek tahlil usullarining kamol topishida katta ahamiyatga ega bo’ldi.

    Adabiy tanqid metodologiyasi va ilmiy- nazariy asoslarining qaror topishida adabiy hayotning muhim qismini tashkil etuvchi jahon madaniyati tarixidagi eng ilg’or falsafiy, ilmiy-nazariy va badiiy-estetik qarashlar, eng avvalo Aristotel, Platon, Kant, Gegel, Z. Freyd, K.Yung, E, Fromm, V.G.Belinskiy kabi mutafakkirlarning kontseptual nazariyalari katta rol o’ynadi. Bu hol ayniqsa adabiy tanqid tarixining keyingi davrida yaqqolroq namoyon bo’lmoqda.

    O’tgan asrning 80-90-yillaridan boshlab ham ijtimoiy hayotda, ham adabiy hayotda yuz bera boshlagan sifat o’zgarishlar yangi o’zbek adabiy tanqidining jahon adabiy-badiiy tafakkuridagi ilg’or qarashlaridan baxramand bo’la boshlashiga olib keldi. Bu hol so’nggi paytlarda dialektika barcha fanlarning umumiy metodologiyasidir, degan qarashlarni shubha ostiga qo’ymoqda. Natijada adabiy tanqidda badiiy asarga har tomonlama, dialektik qonuniyatlar bilan bir qatorda, germenevtik va sinergetik yondashuv izchil tus ola boshladi. Badiiy asarga har tomonlama- ontologik, gneseologik va aksiologik ta’limotlar asosida yondashish, tahlilning turli-tuman usullaridan samarali foydalanish adabiy tanqidda metodologik plyuralizmga o’tilayotganligidan dalolat bermoqda. Shu bois mazkur qo’llanmani yaratishda metodologik plyuralizm tamoyillariga amal qilindi.

    Bu hol yangi o’zbek adabiy tanqidchiligi tarixini davrlarga ajratish va har bir davrning o’ziga xos etakchi tamoyillarini aniqlash, shuningdek, qo’llanmadan o’rin olgan namoyandalarning adabiy-estetik printsiplarini belgilashda ham muhim omil bo’lib xizmat qildi.



    Adabiy tanqidning sho’ro davri faoliyati, uning yutuq va nuqsonlariga tarixiylik tamoyili asosida tanqidiy yondashildi, istiqlol davri ijtimoiy va adabiy muhitiga esa o’tish davriga xos izlanishlar maxsuli sifatida qaraldi.

    11 =аранг Туленов.Ж. Диалектика назарияси. Тошкент, 2001 ,180бет.

    2 ышжонов М. Ызбекнинг ызлиги. Тошкент.1994,8-бет.

    3 Расулов А.Истеъдод ва эъти=од Тошкент. Шар= 2000,93-бет





    Download 3,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 3,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Vadud Mahmud hayoti va ijodi

    Download 3,69 Mb.