• O`quvchi soni
  • 5 – sinf Tasviriy san’at 27-dars. “ Tasviriy san’atda portret. Portret janrida ishlangan asarlarni badiiy idrok etish “ Darsning texnologik xaritasi
  • Mavzu 2 7 -dars. “ Tasviriy san’atda portret. Portret janrida ishlangan asarlarni badiiy idrok etish “
  • Tarbiyaviy maqsad
  • O‘quv jarayoni- ning mazmuni Hususiy kompetensiyalar
  • Tayanch kompetensiyalar
  • O‘quv jarayonini amalga oshirish texnolo- giyasi Uslub
  • Baholash
  • Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarish- lar) O‘qituvchi
  • Darsning metodi
  • Ranglar sehri ”
  • 3-bosqich: Yangi mavzu bayoni
  • Savol
  • Yevropada uyg’onish davri sanati.
  • 4- bosqich Yangi mavzuni mustahkamlash
  • Izoh
  • Foydalanilgan adabiyotlar : Rahim Hasanovning “Tasviriy san’at asoslari” Xalq Ta’lim Vazirlik
  • Familiyasi: Yarlayeva




    Download 117 Kb.
    bet1/10
    Sana04.04.2017
    Hajmi117 Kb.
    #2975
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


    Familiyasi: Yarlayeva

    Ismi: Latofat

    Otasining ismi: Niyozmamatovna

    Ish joyi: 9 – umumiy o`rta ta’lim maktabi

    Lavozimi: Tasviriy san’at va chizmachilik fani o`qituvchisi

    Tuman: Paxtakor

    Viloyat: Jizzax

    Fanning nomi: Tasvitiy san’at

    Sinfi: 5

    Dars ishlanma mavzusi: “Tasviriy san’atda portret. Portret janrida ishlangan asarlarni badiiy idrok etish “

    O`quvchi soni: 32 nafar

    E-mail: maktab9paxtakor@inbox.uz

    Annotatsiya : Dars ishlanmada tasviriy san`at darsini tashkil etish ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish , masalalari yoritilgan . Shuningdek , turli tasvirlash vositalaridan foydalanib rasm chizish yo`llarini hamda tasviriy san`at asoslarini o`quvchilarga o`rgatish usullarini yoritib berilgan.

    Tayanch atamalar : Badiiy ta`lim, ijodiy qobiliyat, ahloqiy tarbiya , milliy san`at, ijodiy vazifalar.



    5 – sinf Tasviriy san’at 27-dars. “ Tasviriy san’atda portret. Portret janrida ishlangan asarlarni badiiy idrok etish “

    Darsning texnologik xaritasi

    Mavzu

    27-dars. “ Tasviriy san’atda portret. Portret janrida ishlangan asarlarni badiiy idrok etish “

    Maqsad va vazifalar

    Ta'limiy maqsad: Portret janiri haqida tushuncha berish.

    Portret janrida ishlagan O’zbekiston va jahonning mashhur

    rassomlari asarlari haqida ma’lumot berish.

    Tarbiyaviy maqsad: San’at asarlaridan zavqlqnish, ulardagi

    go’zallikni his qila olishga o’rgatish.



    Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda insonlarning yuz

    tuzilishi, kiyinish madaniyatiga qarab qaysi millat vakili

    ekanligini farqlay olishda bilim ko’nikmasini rivojlantirish.


    O‘quv jarayoni-

    ning mazmuni

    Hususiy kompetensiyalar:

    1. Naturaning xarakterli jihatlarini ko‘rish, tahlil qilish va amaliy

    ishda ifodalash kompetensiyasi,

    2. Amaliy ishni (tasvir, rasm) bosqichli ketma-ketlikda to‘g‘ri

    bajarish kompetensiyasi,

    3. Tahil qilish va o‘zini-o‘zi nazorat qilish kompetensiyasi.



    Tayanch kompetensiyalar:

    • Kommunikativ kompetensiya;

    • Axborot bilan ishlash kompetensiyasi;

    • Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi;

    • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;

    • Umummadaniy kompetensiya;

    Matematik savodxonlik, fan va tyexnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi;

    O‘quv jarayonini amalga oshirish texnolo-

    giyasi

    Uslub: Tushuntitish, grafik ish bajarish

    Shakl: kichik guruhlarda ijodiy izlanish tashkil etish

    texnologiyasi



    Vosita: Rassomlar tomonidan ishlangan reproduksiyalar

    Usul: Topshiriqlar berib, jamoalar bilan ishlash

    Nazorat: Og‘zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish

    Baholash: Rag‘batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash

    Kutilayot

    gan

    natijalar

    O‘qituvchi: Qisqa vaqt ichida barcha o‘qituvchi tomonidan

    portret janri haqida ma’lumot beriladi. O‘quvchilarning faolligini

    oshiradi, darsga nisbatan qiziqishini paydo qiladi. Bir soat dars

    davomida barcha o‘quvchilarni baholaydi. O‘quvchilar

    tomonidan axborotlarni mustaqil o‘rganish, ularni xotirada

    saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob

    berishga o‘rgatadi.

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.


    O‘quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh

    bo‘lib ishlashni o‘rganadi. Nutqi rivojlanadi va eslab.

    qolish qobiliyati kuchayadi. O‘z-o‘zini nazorat qilishni o‘rganadi


    Kelgusi

    rejalar (tahlil, o‘zgarish-

    lar)

    O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtiradi va

    darsga tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida

    ishlaydi. Pedagogik mahoratini oshiradi.

    O‘quvchi: Portret janiri haqida darslik matni yoki

    o‘qituvchining ma'ruzasiga asoslangan holda, mustaqil ishlay

    olish malakasini hosil qiladi. Matn bilan mustaqil ishlashni

    o‘rganadi, o‘z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida

    qo‘shimcha materiallar toplaydi, ularni o‘rganadi. O‘z fikri va

    guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil

    qiladi.


    Dars jihozlari: O’qituvchi uchun: kitoblar, illyustratsiyalar, fotolar, slaydlar, multimеdia, tarqatma matеriallar.

    O’quvchi uchun: doska, bo’r, rasm daftari, suv bo’yoq, qalamlar, oddiy daftar, suv idish, o’chirqich.



    Darsning metodi: Aqliy hujum, boshqotirma,klaster.

    1-bosqich: Tashkiliy qism: Salomlashish , davomatni aniqlash, bugungi kun yangiliklari bilan tanishtirish(5 daqiqa)



    2-bosqich :Otgan mavzuni mustahkamlash.(10 daqiqa)

    O’quvchilar guruhlarga bo’linadi ( qatorlar bo’yicha)



    Izoh: Guruhlarga kim birinchi bo‘lib bajarish uqtiriladi, bunda ziyraklik, topqirlik talab qilinadi.

    Ranglar sehri o’yinidan foydalinadi. Bunda o’quvchining nazariy va amaliy bilimi sinab ko’riladi. Doskaga turli xil rangli yulduzchalar ilinadi, ranglar ortida savollar yashringan bo’ladi, savolga to’g’ri javob berish orqali quyidagi ranglarni qo’lga kiritadi. Yutib olgan ranglarga mos keladigan biron- bir badiiy-bezak grafikasidan namunalar chizib beriladi. To’g’ri va chiroyli rasim uchun rag’bat kartochkalari beriladi.



    Savollar:

    1. Badiiy bezak grafikasi qanday ma’noni bildiradi?

    2. Taklifnomani vazifalari nimalardan iborat?

    3. Ramz qanday ma’noni bildiradi?

    4. Bosh harf qanday ma’noni bildiradi?

    5. Muqova deb nimaga aytiladi?



    3-bosqich: Yangi mavzu bayoni: (15 daqiqa)

    Darsning maqsadi bilan tanishtiriladi. Portret janrini o’rganish orqali insonnig ichki kechenmalarini, uning manaviyatini, puhiy holatini bilishga o’rgatadi.

    Aqliy hujim” metodidan foydalanish orqali o’quvchining bugungi mavzu bo’yicha bilimini aniqlab olamiz.

    Portret deganda nimani tushunasiz?

    O’qituvchi:

    “Portret” fransuzcha “portrait” so’zidan olingan bo’lib, kishilarning chehrasini xuddi o’ziga o’xshatib tasvirlash ma’nosini bildiradi. Portretda kishilar yakka va guruh bo’lib tasvirlanadi. Portretni ishlashda garfikada, haykaltaroshlikda ham keng qo’llaniladi. Ayrim buyumlarning sharpasi va tashqi ko’rinishi orqali harakterli ko’rinishi tasvirlashda tusli tasvirning oddiy turi tanlanadi, bu siluet deb nomlanadi, yani bir xil tekis tus bilan qoplanib, tashqi ko’rinishi chizig’i orqali bajariladi.

    Rassomlar ijodida avtoportret xili xam keng tarqalgan. Avtoportretni rassom oynadagi o’z aksiga qarab yaratadi.

    Portretchi asarning o’z qahramoni tashqi qiyofasi o’xshash bo’lishiga erishishdan tashqari uning millati, kasbi, tabaqasini ham ifodalay olishi kerak.

    Inson obrazini yaratish tasviriy san’atda eng murakkab jarayon hisoblanadi. Portret orqali inson obrazini mohirona ko’rsata olgan o’zbek rassomlaridan Abdulhaq Abdullayev, Rahim Ahmedov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiyev kabi rassomlarni kiritish mumkin. Ayniqsa bular ichidan Malik Nabiyevni alohida tilga olib o’tish joiz. M. Nabiyev ko’plab buyuk siymolar obrazini o’ziga xos talqin eta olgan. Uning “Amir Temur” portreti fikrimiz dalilidir. Bundan tashqari M. Nabiyevning o’z ijodida buyuk siymolar tavalludi munosabati bilan ulug’ mutaffakkir olim Abu Rayhon Beruniyning siymosini yaratadi.

    Savol: Abu Rayhon Beruniy kim? (o’quvchilar o’zlari bilgancha javob beradi) O’qituvchi: Abu Rayhon Beruniy buyuk oilm sifatida o’z zamonasining turli fanlarni- astronomiya, fizika, matemateka, geologiya asoslarini puxta egallagan olim.

    M. Nabiyev buyuk olimning qiyofasini yaratishdagi izlanishlari orqali 1973- yili Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan yaratgan portretida ulug’ siymoning yaxlit obrazini gavdalantiradi. Bu portret UNESKOning “Kuryer” jurnali muqovsida va xorijiy mamlakatlarning ko’pgina jurnal va gazetalarida bir necha bor nashirdan chiqqan.



    Yevropada uyg’onish davri sanati.

    Dastlabki portretlar qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi VII- V asrlarda yaratilgan.

    Geologiya (geo... va ...logiya) - Yer poʻsti va Yerning tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui. G.ning dastlabki davri uzoq oʻtmishdan boshlanib togʻ jinslari, minerallar, rudalar haqidagi maʼlumotlar bilan bogʻliq. G.
    Yunoniston, Yunoniston Respublikasi (Helliniki Dimokratia) - Janubi-Sharqiy Yevropada, Bolqon yarim orolning janubida va uning atrofidagi orollarda (yiriklari - Krit, Evbeya, Rodos, Lesbos) joylashgan davlat.
    Uyg’onish davrining mashhur rassomlari Lеonardo da Vinchi, Mikеlanjеlo, Rafael, Santilar o’z asarlarida inson ruhiyatini, uning ichki dunyosini, psixologik xaraktеrlarini ochib bеrishga harakat qilganlar.
    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.

    Kеyinchalik Rеmbrand, A.Dyurеr kabi rassomlar o’z «Avtoportrеt»larida bu mavzuni yanada boyitdilar.

    Mashhur Gollandiyalik rassom Rembrant haqida to’xtalganda, uning ijodini bizning mamlakatimiz bilan aloqadar joyi ham borligini alohida qayd qilishlozim. Xususan, uning Sohibqiron Amir Temur taxtda o’tirgan ko’rinishini tasvirlovchi rasmi (eskizi) ham bor.



    Insonlar qiyofasini tasvirlashda tasviriy san’atning o’ziga xos qonun qoidalari bor bo’lib, biz eng avvalo ana shularni bilib olishimiz zarur. Inson tasvirini ishlashda gavdaning proportsional nisbiy tеngligidagi o’ziga xoslik.

    Portret mavzusida vidyo rolik qo’yib beriladi.

    Vasnеtsov Viktor Mixaylovich“

    Tsar Ivan Vasilеvich Grozno`y”



    4- bosqich Yangi mavzuni mustahkamlash.(10 daqiqa) Boshqotirma usulidan foydalinadi.

    Savollar:

    1. Rassom o’z aksini oynaga qarab ishlagan tasvir qanday nomlanadi?

    2.Mashhur Rebrant Xarmes van Peyn qayerda tavallud topgan?

    3. M. Nabiyevning qaysi asari YUNESKOning “kuryer” jurnalining muqovalarida nashir etilgan?

    4. Portret so’zining ma’nosi?

    5. M. Nabiyevning buyuk siymolar asarlaridan biri

    6. 1973-yil Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan Beruniyning portret kim tomonidan yaratilgan?

    7. Bir xil rangda hajimsiz ishlangan tasvir qanday nomlanadi?




    Dam olish daqiqasi.

    Qiyofalarni eslab qoling va ularni joylashish tartibi bilan yoddan aytib bering.





    Izoh: O‘qituvchi mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar beradi, mashq davomida ularni rag‘batlantirib ruhiyatini ko‘tarishga harakat qiladi.

    5- bosqich: Darsga yakun yasash:

    • O`quvchilarni baholash: To`plangan kartichkalar orqali baholar e’lon qilinadi

    • Uyga vazifa: Oila a’zolaridan (aka, uka, opa, singillarga qarab) turli kayfiyatdagi eskizlar (qoralama rasm) ni chizib kelish.



    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. Rahim Hasanovning “Tasviriy san’at asoslari”

    2. Xalq Ta’lim Vazirlik saiti 5- sinf darslik kitobi.
      Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
      Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)



    Download 117 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 117 Kb.