10-rasm
. Logical Operation blokidan foydalanishga misollar.
Blokning chiqish signali mantiqiy amalni hisoblash natijasi “Haqiqiy” bo’lsa
1 yoki “Yolg’on” bo’lsa 0 bo’ladi.
Blokning kirish signallari skalyar, vektor yoki matrisaviy sigmnallar bo’lishi
mumkin. Agar kirish signallari vektor yoki matrisaviy bo’lsa
blok elementlararo
taqqoslash amalini bajaradi, bu holda kirish signallarining o’lchamlari o’zoro mos
bo’lishi kerak. Agar kirish signallarining bir qismi vektor yoki matrisaviy, ikkinchi
qismi esa skalyar bo’lsa blok skalyar signallar va vektor yoki matrisaning har bir
elementi uchun mantiqiy amallarni bajaradi. Ushbu
holda chiqish signalining
o’lchami kirishlarga keltirilgan vektor yoki matrisaviy signalning o’lchamiga teng
bo’ladi.
Mantiqiy inkor amalini bajarishda blok faqat bitta kirish portiga ega bo’ladi.
Kirish signallari haqiqiy ham, mantiqiy ham (boolean) bo’lishi mumkin.
Logical Operation blokidan foydalanishga misollar 10-rasmda berilgan.