4. Minimal yoki maksimal qiymatlarni, Son qiymatini yaxlitlash, Nisbat
amallarini hisoblash bloklari
Minimal yoki maksimal qiymatlarni aniqlash bloki MinMax
Vazifasi:
Kirishga berilgan signallar ichidan maksimal
yoki minimal qiymatga ega
bo’lganini aniqlaydi.
Parametrlari:
Function-Chiqish parametri. Ro’yxatdan tanlanadi:
-min-Minimal qiymat;
-max-Maksimal qiymat;
Number of input ports-Kirish portlarinig soni.
Kirish signallari skalyar yoki vektor bo’lishi mumkin. Blok krishiga berilgan
skalyar signallar ichidan maksimal yoki minimal qiymatga ega bo’lishini
aniqlaydi. Agar kirish signallari vektorlar bo’lsa
blok minimal yoki maksimal
qiymatlarni elementlararo izlaydi. Bu holda vektorlarning o’lchamlari mos bo’lishi
kerak. Agar kirish portlariming soni 1 ga teng bo’lsa kirish vektori ichidan minimal
yoki maksimal qiymatiga ega bo’lgan elementni izlaydi.
MinMax blokidan foydalanishga misollar 7-rasmda keltirilgan.
7-rasm.
MinMax blokidan foydalanishga misollar.