• Jamoa himoya vositalari Jamoa himoya vositalariga
  • Radiatsion xavflardan himoyalanish vositalari




    Download 34,45 Kb.
    bet5/9
    Sana03.02.2024
    Hajmi34,45 Kb.
    #150892
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Мавзу 12. RADIATSION XAVFLAR
    doktorlik, TAFSIR M.I. KARIMOV, Мустақил таълим Ишланмаси, 2-mavzu, c2cd6025c00ac082f3681c05a05fd0b0 Kiberxavfsizlik asoslari, O\'quv amaliyotga titul, Amir Temur tuzuklarida ilm, I bob. Ekstremal masalalarni elementar usullar bilan yechish ten-azkurs.org, Android dasturlash, FAMOUS BRANDS, diplomova prace (1), 21-Axborot-tizimlari, Tillo, 1-mavzu. Marketingning ijtimoiy – iqtisodiy asoslari-fayllar.org (1), 8-maruza Regressiya koeffitsiyentlari – empirik modellar parame-fayllar.org
    Radiatsion xavflardan himoyalanish vositalari
    "Radiatsiya xavfi" ogohlantirish signali.
    Signal hududning radioaktiv zararlanishining to'g'ridan-to'g'ri tahdidi (1 soat ichida) yoki bunday zararlanish aniqlanganda beriladi. Signalni eshitgach gazniqobni, gazniqob bo’lmasa respirator kiying, avvaldan tayyorlangan oziq-ovqat va suv, dori-darmonlar, zarur buyumlarni oling va boshpana yoki radiatsiyadan himoya qiluvchi boshpanaga boring. Ular bo'lmaganda, eng ishonchli himoya podval, tosh binolar bo'lib xizmat qilishi mumkin.
    Jamoa himoya vositalari
    Jamoa himoya vositalariga mahsus radiatsion boshpana va pana joylar kiradi. Kishilarni yadro portlashining hamma omillaridan (zarb to‘lqini, yorug‘lik nurlanishi, singuvchi radiatsiya va joylarning radiaktiv zararlanishi), shuningdek kimyoviy va bakteriologik qurollardan saqlash uchun mo‘ljallangan germetik tipda himoyalangan binolar boshpana deyiladi.
    Boshpanalar tasnifi:

    1. I toifadagi boshpanalar: havo hujumlarining barcha turlaridan, shu jumladan og'ir

    portlovchi bombalarning to'g'ridan-to'g'ri urilishidan himoya qilish. Odatda 100-250 kg bomba hisobiga mo’ljallab qurilgan bo’ladi;

    1. II toifadagi boshpanalar: zarba to'lqinlaridan, siniq parchalar va zaharli ta'sirlardan

    himoya qilish, binolarning qulashi, yong'inlar; to'g'ridan-to'g'ri bomba zarbasi uchun mo'ljallanmagan;

    1. Kimyoviy himoya uchun boshpana, shu jumladan gaz niqoblari (himoya) xonalari va kimyoviy chodirlar.

    Boshpana binolarning podvaliga joylashgan bo‘ladi yoki yer ostiga alohida bino qilib quriladi. Boshpanalarning tepasi juda pishiq va mustahkam, devorlari zarb to‘lqini va singuvchi radiatsiyaga chidamli bo‘lishi kerak. Tashqaridan zaharlangan havo kirmasligi uchun germetik ishlangan bo‘lishi zarur. Boshpana eshigi 3 qavat bo‘lib, 1- eshik zarb to‘lqinidan buzilib ketmasligi uchun po‘lat metalldan ishlangan, qolganlari esa gaz o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak. Eshik chetlariga rezina o‘rnatilgan bo‘lishi kerak va orasida 2 ta tambur-koridor hosil qiladi. Kirish eshigidan tashqari chiqish eshigi ham bo‘lishi kerak, ular yer tagidan pishiq eshik bilan berkitiladigan quduq shaklida ishlanadi.
    Boshpanada aholini hayot faoliyatini va muhofazasini ta’minlash maqsadida bir qancha moslamalar joriy qilingan bo’lishi kerak. Videokuzatuv, elektr, havo, suv ta'minoti tizimlari va radiatsiyani nazorat qiluvchi moslamalar shular jumlasidandir.

    1. Filtr – ventilyatsion qurilma. Shamollatish tizimi kerakli miqdordagi havo bilan ta'minlash va har qanday ifloslantiruvchi moddalardan tozalash vazifasini bajaradi. Shamollatish tizimi kengaytirilgan va qo'shimcha uskunalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak., masalan, isitish, sovitish yoki havoni namlantirish.

    2. Suv ta’minoti tizimi. Suv ta'minoti tizimi suvni iste’molga va gigiena maqsadida ta'minlashga mo’ljallangan bo’lib, tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ichimlik suvining minimal iste'moli kuniga 1 kishiga 3 litrni, maksimal 5 litrni tashkil qiladi. Ichimlik suvining manbai nasos stantsiyasi bilan jihozlangan 14 metr chuqurlikka ega bo'lgan quduq xizmat qiladi. Ob'ektning kameralarida zanglamaydigan ichimlik suvi uchun 15 tonna sig'im va sanoat suvi uchun 10 tonna sig'imga ega sisternalardan foydalaniladi.

    3. Kanalizatsiyani joriy qilinishi.

    4. Elektr quvvati ta’minoti tizimi. 20 tonna va undan yuqori sig’imga ega, tashqaridan to'ldirilishi mumkin bo'lgan er osti rezervuarida dizel yoqilg'isi doim zahirada turadi. Elektr tizimi ta’minoti izidan chiqqanda ana shu dizel yoqilg'isidan foydalaniladi.

    5. Odamlarni joylashtirish xonasi. Boshpanalar odamlarni qabul qilish soniga ko‘ra 3 sinfga bo‘linadi:

        1. - sinf: kichik 150-600 kishi sig’imiga ega bo’lgan boshpana;

        2. - sinf: o‘rtacha 600-2000 kishi sig’imiga ega bo’lgan boshpana;

    3 - sinf: katta 2000 va undan ko‘p kishi sig’imiga ega bo’lgan boshpana.

    1. Tibbiyot xonasi. Birinchi yordam ko‘rsatish muolajalari, ya’ni spirt, yurak va nafasni faoliyatini yaxshilash uchun vositalar, turli o‘lchamdagi bintlar, leykoplastir, isitma tushiruvchi vositalar (paratsetamol, analgin+dimedrol), yod, paxta, aktivlashtirilgan ko‘mir, suprastin, immodium, ftalazol, antibiotiklar, jgut, shpritslar va hokazolar bo‘lishi kerak.

    2. Oziq – ovqat zahirasi xonasi. Oziq-ovqat mahsulotlari muzlatgichlarda muzlatilgan holatda saqlanadi. Muddati yetib kelganda almashtirib turiladi.

    3. Oshxona;

    4. Xojatxona;

    5. Dam olish xonasi;

    6. Kutubxona;

    7. Telefon, radio (simli aloqa), asboblar (belkurak, cho‘kich, bolta va boshqalar) va o‘tga qarshi asboblar bilan ta’minlanadi.

    8. Shuningdek DP-5 tipidagi dozimetrik asbob va kimyoviy razvedka asboblari ham bo‘lishi kerak.

    Boshpanadagilar orasidan komendant va kundalik navbatchi belgilanadi. Aholi boshpanaga fuqaro muhofazasining “Havo trevogasi”, “Radiaktiv zararlanish xavfi” signalidan keyin va radiaktiv, kimyoviy, bakterial zararlanish haqidagi signallardan keyin kiradi. “Himoya inshootlarini berkitish” signalidan keyin germetik eshiklar berkitiladi va odamlarning boshpanaga kirishi to‘xtatiladi.
    Boshpanada ta’qiqlanadi:

    1. Chekish;

    2. Shovqin solish;

    3. Sham va lampa yoqish;

    4. Uy hayvonlarini, hidli va alangalanuvchi buyumlarni saqlash.

    Shaxsiy himoya vositalari doim tayyor holda turishi kerak. Radiatsiya darajasi pasayib, zaharlovchi moddalar to‘la bug‘lanib bo‘lgandan keyin yoki hudud zararsizlantirilgandan keyin signal bilan tashqariga chiqishga ruxsat etiladi.
    Boshpanani qurishda quyidagi talablar qo‘yiladi:

    • 3 sutkadan kam bo‘lmagan muddatda saqlash;

    • Suv bosmaydigan joylarda qurish;

    • Oqar suvlardan, kanalizatsiya hamda qurilish kommunikatsiyalaridan

    uzoqroq joylarda qurish;

    • Chiqish va kirish eshiklarining bo‘lishi.

    Pana joylar radiaktiv moddalar bilan zararlangan hududlarda odamlarning nurlanishini 100- 400 marta kamaytiradi, zarb to‘lqinidan, yorug‘lik nurlanishidan, tomchi suyuq holdagi zaharli moddalarning tegishidan himoya qiladi. Lekin pana joylar germetik emas, shuning uchun atmosfera radiaktiv, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar bilan zararlanganda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
    Binolarning podvali, yarim podvali va erto‘lalardan pana joylar sifatida foydalanish mumkin. Erto‘lalarning tepasi tuproq bilan 30-60 sm qalinlikda qo‘shimcha ravishda yopiladi. Shamollatish uchun havoni tortuvchi quvur yoki oddiy ventilyator o‘rnatiladi. Pana joyning ichiga skameykalar o‘rnatiladi va suv zahirasi tayyorlab qo‘yiladi. Bulardan tashqari mahalliy materiallardan foydalanib, alohida joylashgan pana joylar quriladi. Ular 2 metrga yaqin chuqurlikda bo‘lib, ustidan 60-100 sm qalinlikda tuproq, loy yotqiziladi. Kirish uchun 2 ta tambur eshik quriladi, ichida so‘rilar, hojatxona bo‘lishi, elektr bilan yoritilgan va issiq bo‘lishi kerak.2

    Download 34,45 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 34,45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Radiatsion xavflardan himoyalanish vositalari

    Download 34,45 Kb.