• O‘tkir nur kasalligi va unda bemorlarni parvarish qilish Nur kasalligi
  • Ionlovchi nurlanishning inson organizmiga ta’siri




    Download 34,45 Kb.
    bet3/9
    Sana03.02.2024
    Hajmi34,45 Kb.
    #150892
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Мавзу 12. RADIATSION XAVFLAR
    doktorlik, TAFSIR M.I. KARIMOV, Мустақил таълим Ишланмаси, 2-mavzu, c2cd6025c00ac082f3681c05a05fd0b0 Kiberxavfsizlik asoslari, O\'quv amaliyotga titul, Amir Temur tuzuklarida ilm, I bob. Ekstremal masalalarni elementar usullar bilan yechish ten-azkurs.org, Android dasturlash, FAMOUS BRANDS, diplomova prace (1), 21-Axborot-tizimlari, Tillo, 1-mavzu. Marketingning ijtimoiy – iqtisodiy asoslari-fayllar.org (1), 8-maruza Regressiya koeffitsiyentlari – empirik modellar parame-fayllar.org
    Ionlovchi nurlanishning inson organizmiga ta’siri.
    Yadro portlagan zonada va radiaktiv chiqindilar bilan zararlangan territoriyalarda odam nurdan ommaviy zararlanadi. Tinch sharoitda texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik oqibatida rentgenologlar, atom sanoati, atom elektr stansiyasi, atom reaktorlari xodimlari radiaktiv moddalar bilan ish olib boruvchilar nurlanish kasalligiga uchrashi mumkin. Nurlanish ta’sirida organizmda quyidagi o‘zgarishlar yuz beradi:
    1. Qon va qon elementlarining hosil bo‘lishi buziladi.
    2. Trombositlar miqdori kamayishi natijasida qon ivishi buziladi, qon tomirlarining o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligi ortadi.
    3. Lablarda, tilda, milkda, murtaklarda, oshqozon va ichaklarning shilliq pardalarida, tyerida yaralar paydo bo‘ladi.
    4. Organizmni mikroblardan himoya qiluvchi limfositlar va leykositlar kamayishi hamda immunitetning buzilishi natijasida organizmning infektsiyaga qarshiligi keskin pasayadi.
    5. To‘qima va hujayralarning qayta tiklanish jarayoni buziladi. Natijada yaralar, kuygan joylar, singan suyaklar sekin tuzaladi.
    O‘tkir nur kasalligi va unda bemorlarni parvarish qilish
    Nur kasalligi – odam organizmiga ionlovchi nurlanishning ta’siri oqibatida yuzaga keladigan kasallik. Odamda yashin tezligida, o‘tkir, o‘tkir osti va surunkali nur kasalligi farqlanadi.
    O‘tkir nur kasalligi 1Gr dan yuqori dozada ionlovchi nurlanishning qisqa vaqt ichida ko‘rsatgan ta’siri oqibatida rivojlanadi va o‘ziga xos klinik belgilar va davriy kechish bilan xarakterlanadi.
    O‘tkir nur kasalligi tushunchasi 1945 yilda amyerikalik uchuvchilarning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasini tashlagan vaqtda paydo bo‘ldi. Nur kasalligi nafaqat tashqi nurlanish vaqtida, balki radionuklidlarni organizmga ovqat, havo, suv va zararlangan tyeri orqali kirganda ham rivojlanishi mumkin.
    Ta’sir ko‘rsatgan nurlanish dozasiga bog‘liq ravishda klinik belgilarning og‘irligiga qarab, o‘tkir nur kasalligining quyidagi shakllari farqlanadi: suyak, ichak, toksemik va syerebral shakllari.
    Suyak shaklining klinik ko‘rinishida suyak ko‘migining qon yaratish vazifasini buzilishi katta o‘rin tutadi.
    Ichak shaklining klinik ko‘rinishida oshqozon – ichak traktining zararlanish belgilari va nurlanishdan 2 haftadan so‘ng o‘lim yuz berishi bilan xarakterlanadi.
    Toksemik shaklida kasallikning 3-4 kuniga kelib og‘ir intoksikasiya, buyrak etishmovchiligi(azotemiya, oliguriya), yurak faoliyatining buzilishi, artyerial bosimning tushib ketishi, 3-5 kunga kelib, miya shishi belgilarining paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. O‘lim nurlanishdan keyingi 5-7 kunlari yuz beradi.
    Serebral shaklida nurlanishning bevosita bosh miyaga ta’siri oqibatida miya shishi, nafas va qon aylanish sistemalarining ishini buzilishi 3 kun ichida bemorning o‘limiga olib keladi.
    O‘tkir nur kasalligining kechishi 4 asosiy davrni o‘z ichiga oladi:
    1. Boshlang‘ich yoki nurlanish birlamchi reaksiya davri.. Nurlanishdan keyingi davrda boshlanib, bir necha soat yoki kun davom etadi. Boshlang‘ich davriningxaraktyerli belgilari: ko‘ngil aynashi, qayd qilish, bosh og‘rig‘i, ishtahaning yo‘qolishi, umumiy holsizlik, bosh aylanishi, tana haroratining ko‘tarilishi, yuzning qizarishi. Og‘ir holatlarda ichak epiteliysining zararlanishidan dalolat beradigan ich ketish kuzatiladi. Poliuriya, taxikardiya, qo‘zg‘aluvchanlik, aritmiya, terining qizarishi, qichishishi, achishishi, adinamiya rivojlanadi, qon tashhisida limfopeniya, neytrofil leykositoz va retikulositlarning ko‘payishi rivojlanadi.
    2. Yashirin davr. Nurlanish dozasiga qarab, 10-15 kundan 4-5 xaftagacha davom etadi. Nurlanish dozasi o‘ta yuqori bo‘lgan vaqtda birinchi davr uchinchi davr – kasallikning avj olgan davriga o‘tishi mumkin. Yashirin davrning xarakterli hususiyati birlamchi reaktsiyaning belgilarini susayishidir. Lekin yashirin tinchlik davrida perifyerik qon tarkibi tomonidan patologik o‘zgarishlar yig‘ilib, kuchayadi, suyak ko‘migining bo‘shashi, ichak epiteliysini zararlanishi kuchayib boradi, terining shikastlanishi, sochlarning to‘kilishi boshlanadi. Qon tashhisida leykopeniya va limfopeniya kuzatiladi. Kasallikning 8-20 kuniga kelib trombositopeniyani ko‘rish mumkin.Shikastlanish darajasining ortishiga qarab, trombositopeniya, sochlarning to‘kilishi va tyerining zararlanishi ertaroq paydo bo‘lishi mumkin.
    1. Kasallikning avj olgan davri yoki yaqqol aks etgan klinik belgilar davri. 1 xaftadan 2-3 xaftagacha davom etadi. Bu davrning boshlanishida holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, bosh aylanishi kuzatiladi.
    Oshqozon- ichak trakti tomonidan qayd qilish, ishtahaning yo‘qolishi, shilliq yoki qon bilan ich ketishi paydo bo‘ladi. Ko‘ngil aynash va qayd qilish organizmning suvsizlanishiga olib kelib, tana vaznining 25-30% yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Shilliq pardalarda yara-nekrotik hosilalar yallig‘lanish jarayonlari bilan og‘irlashadi – yarali gingivit, stomatit, nekrotik angina, ezofagit, gastroentyerokolit. Hayot uchun zarur bo‘lgan a’zolarga qon quyilishi nur kasalligining klinikasi yanada og‘irlashtiradi. Shuningdek, burundan, bachadondan, ichaklardan qon ketishi kuzatiladi. Ikkinchi davrda boshlangan soch to‘kilishlari davom etadi. Tyerining nurlangan joylaridagi sochlarning intensiv to‘kilishi kal bo‘lishga olib keladi. Bu davrdagi isitmaning ko‘tarilishi yuqumli jarayonning qo‘shilishidan, sepsis va ko‘pgina a’zo va sistemalarning faoliyati buzilishidan dalolat byeradi. Tana harorati septik jarayonning kechishini bildirib, bu davrning oxirigacha ushlanib turiladi. Pyerifyerik qondagi patologik o‘zgarishlar yanada kuchayadi, anemiya qo‘shiladi.
    2. Tiklanish davri. Bir necha haftadan 3-6 oygacha davom etadi. Isitmaning tushishi bu davrning boshlanganligini bildiradi. Asta – sekin nerv-regulyator buzilishlari chekinadi, bosh og‘riqlari kamayadi, uyqu tiklanadi, oshqozon-ichak traktining sekretor-motor funksiyasi tiklanadi, qayd qilish va ko‘ngil aynashi kamayadi, shilliq pardalardagi yaralar bitadi, gemorragik belgilar yo‘qoladi, sekinlik bilan qon yaratish a’zolarining faoliyati tiklanadi. Kal bo‘lgan sohalarda soch o‘sishi kuzatiladi. Uzoq vaqtgacha, ba’zan bir umrga gipotonik turdagi neyrotsirkulyator distoniya, ruhiy toliqish, qon yaratish faoliyatining etishmovchiligi, endokrin buzilishlar saqlanib qoladi.
    Nur kasalligi nurlanish dozasiga qarab, 4 ta darajaga bo‘linadi.
    1 – daraja engil daraja – 100-200 R.
    2 – daraja o‘rtacha og‘ir daraja – 200-400 R.
    3 – daraja og‘ir daraja – 400-600 R.
    4 – daraja o‘ta og‘ir daraja – 600 R dan yuqori.

    Download 34,45 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 34,45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ionlovchi nurlanishning inson organizmiga ta’siri

    Download 34,45 Kb.