• Asbotekstolit
  • Bolg‘alanuvchanlik
  • Cho‘yanning grafitlanishi
  • GLOSSARIY Allotropiya (polimorfizm) –




    Download 14,49 Mb.
    bet107/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    GLOSSARIY


    Allotropiya (polimorfizm) – bir metallning har xil haroratlarda turlicha kristall panjaralar hosil qila olish xususiyati.
    Amorf jismlar – atomlari tartibsiz joylashgan jismlar.
    Anizatropiya – monokristall xossalarining turli kristallografik yo‘nalishlarda turlicha bo‘lishi.
    Antifriksion qotishmalar – sirpanish podshibniklari tayyorlash uchun ishlatiladigan alyuminiy-qalay-qo‘rg‘oshin va rux sistemaidagi qotishmalar.
    Avtomat − (yunoncha automatos – o‘zi harakatlanuvchi) – materiallarni olish, o‘zgartirish, uzatish va taqsimlash (foydalanish) jarayonlaridagi barcha operatsiyalarni berilgan dastur bo‘yicha odamning ishtirokisiz bajaradigan qurilma (yoki qurilmalar majmui).
    Asbotekstolit − asbest tolali tekstolit.
    Austenit – uglerodning gamma temirdagi qattiq eritmasi bo‘lib, uning tarkibida 800…1147oC haroratda 0,8…2,14 foiz uglerod miqdori bo‘ladi.
    Azotlash – po‘latlarning yuza qatlamini ammiak muhitida azotga diffuzion usulda to‘yintirish jarayoni.
    Bolg‘alanuvchan cho‘yan – tarkibidagi erkin uglerod(grafit) bordoqnusha shaklida bo‘ladigan cho‘yan.
    Bolg‘alanuvchanlik – metall va qotishmalarning bolg‘alash, shtamplash va prokatlash vaqtida o‘z shaklini yemirilmay o‘zgartira olish xususiyati.
    Borlash – po‘latning yuza qatlamini diffuzion usulda borga to‘yintirish jarayoni.
    Bronza – misning ruxdan boshqa elementlar bilan hosil qiladigan qotishmasi nomi.
    Cho‘yan – tarkibida 2,14…6,67 % uglerodi bo‘lgan temir-uglerod qotishmasi.
    Cho‘yanning grafitlanishi – harorat ta’siri ostida oq cho‘yan takibidagi kimyoviy birikkan ugleodning erkin (grafit) holatda ajralib chiqish jarayoni.
    Dendrit – shoxli daraxt shaklidagi kristall.
    Deformatsiya − (lotincha deformatio-o‘zgarish) – jism zarralarining nisbiy holati o‘zgarishiga olib keluvchi tashqi kuchlar ta’sirida jism (yoki jism qismlari)ning shakli yoki o‘lchamlari o‘zgarishi. Qattiq jismlarda elastik deformatsiya (deformatsiyani vujudga keltirgan ta’sir bartaraf qilingandan keyin yo‘qoladigan), plastik deformatsiya (yuklanish olingandan keyin ham qoladigan) xillari bor. Cho‘zilish, siqilish, siljish, buralish, egilish – deformatsiyaning eng oddiy turlari.
    Dopusklar − detallarning o‘zaro almashinuvchanligini ta’minlaydi va qo‘zg‘almas, qo‘zg‘aluvchan yoki o‘tuvchan o‘tkazishli birikmalarni hosil qilishga imkon beradi. Dopusklar qamraluvchi va qamrab oluvchi detallar (val va teshiklar uchun) bir xil bo‘lgan nominal o‘lchamlarga belgilanadi. Teshik sistemasi va val sistemasi qabul qilingan. Teshik sistemasida teshik dopuskiga doimo musbat belgisi, val dopuskida esa musbat yoki manfiy belgi qo‘yiladi. Dopusk o‘lchamlari qo‘zg‘aluvchan, o‘tuvchan yoki qo‘zg‘almas qilib o‘tkazishni ta’minlash shartlari bo‘yicha belgilanadi. Val sistemasida val dopuski doimo minus belgisiga ega bo‘ladi, teshik dopuski esa qabul qilingan o‘tkazish shartlari bo‘yicha o‘rnatiladi.

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    GLOSSARIY Allotropiya (polimorfizm) –

    Download 14,49 Mb.