|
Qirqish haroratini aniqlash usullari
|
bet | 106/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslikQirqish haroratini aniqlash usullari.
Sun’iy termopara usuliga temperaturani o‘lchash uchun keskiching asosiga kesish zonasi yaqiniga 1,5 mm diametrli va keskichning oldingi yuzasiga 0,3-0,5 mmga yetmaydigan chuqurlik teshib parmalanadi, bu teshikka izolyatsiyalangan termoparalar (mis - konstanta) o‘rnatiladi.
Tabiiy termopara usulida kesish zonasidagi temperaturani aniqlash uchun termopara sifatida kesuvchi asbob bilan yo‘nilayotgan materialdan foydalaniladi.
Optik usuli. Qirindining va zagotovkaning turli nuqtalaridan haroratini o‘lchashda optik pirometrdan foydalaniladi. Bu asbobni o‘rnatilgan elektr lampochkasining qizaruvchi tolasidan tok o‘tganda qizaradi va uning rangi tok kuchiga mos ravishda o‘zgaradi.
Mikrostruktura analizi usuli kesish jarayonida yuzaga kelgan issiqlik ta’siridan kesuvchi asbob sirti qatlamidan fazoviy va mikrostrukturaviy holat o`zgarishi sodir bo`lishiga asoslangan.
Tayanch so‘z va iboralar: kesish chuqurligi; parmalashda surish; kesib olinadigan qatlam qalinligi; kesib olinadigan qatlamning eni; parmalashda kesib olinadigan qatlam ko‘ndalang kesimi; parmalashda kesish kuchi, burovchi moment va quvvat; zenkerlashda (razvyortkalashda) kesish chuqurligi; zenkerlashda (razvyortkalashda) surish; zenkerlashda (razvyortkalashda) kesish qalinligi; zenkerlashda (razvyortkalashda) kesish tezligi; zenkerlashda (razvyortkalashda) asosiy texnologik vaqt; zenkerlashda (razvyortkalashda) kesish kuchi; zenkerlashda (razvyortkalashda) burovchi moment; zenkerlashda (razvyortkalashda) effektiv quvvat.
Nazorat savollari:
Kesish tezligi qanday hisoblanadi?
Kesib olinadigan qatlam eni nimaga teng?
Parma o‘tishining hisoblash uzunligi qanday hisoblanadi?
Zenker elementlarini va qismlarini sxema orqali ifodalang.
Razvertkalar nima uchun ishlatiladi?
Razvertkalarning eyilish jarayonini izohlab bering.
Zenkerlash (razvertkalash) da kesish kuchi qanday hisoblanadi?
Zenkerlash (razvertkalash) da burovchi moment qanday hisoblanadi?
Jilvirlash degani nima?
Jilvirlash asboblari qaysi materialdan tayyorlanadi?
Jilvirlash asboblarining turg‘unligi degani nima?
Jilvirlash turlarini ayting.
Tashqi doiraviy jilvirlashda kesish chuqurligi qanday aniqlanadi?
|
| |