Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
247
3. Uyg‘ur xatining muhim xususiyatlardan
yana biri shuki,
unda unlilar
muntazam yoziladi.
4. XIII asrda yashab ijod etgan shoirlardan biri Mahmud Koshg‘ariy o‘z
she’rlaridan birida uni «uyg‘ur xati» (xatt-i uyg‘uri) deb atagan.
5. X asrda qoraxoniylar davlatida islom rasman qabul qilindi.
6. Puri Bahoi Jomiy turklarning yozuvi haqida ma’lumot
berar ekan, arab
xatini emas, uyg‘ur xatini keltiradi.
7. Uyg‘ur alifbosida harflar o‘n to‘qqizta.
8. Uyg‘ur yozuvi O‘rta Osiyoda XV asrning oxirlariga qadar arab xati bilan
yonma-yon qo‘llanildi.
9. Islom ta’siridan yiroqdagi turk-buddistlar yozuv an’anasini uzmay, XVIII
asrda ham undan foydalanganlari ma’lum
10. Temuriylar zamonida yashab o‘tgan tarixchi
Ibn Arabshoh ham ushbu
yozuvning «chig‘atoyliklar»da shuhrat topganligini ta’kidlab, yozadi: «Ular
(«chig‘atoyliklar») o‘zlarining tilxat, maktub, farmon, xat, kitob, bitim, solnoma,
she’r, qissa, hikoyat, hisob, xotira va devonga tegishli hamma ishlarini, chingizona
tuzuklarini shu yozuvda yozadilar.
11. Uyg‘ur yozuvi «Hibatu-l-haqoyiq»ning 1480-yili Istanbulda Abdulrazzoq
baxshi ko‘chirgan qo‘lyozmasida «Turkcha xat» deb atalgan.