Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
242
cai zimi mashqlari juda qiziqarli va foydalidir. Ieroglif topishmoqlar 字谜 (zìmí)
yozuvning oʻziga xos xususiyatlariga koʻra xitoy
madaniyati va lingvistik
hodisasidir. Bunday topishmoqlar ieroglifni tarkibiy qismlarga ajratish orqali uning
ko‘rinishini tavsiflash kabi ko‘rinadi. Shuningdek, topishmoq yashirin ieroglifning
ma’nosini bilvosita ko‘rsatishi mumkin. Ierogliflar juda qiziqarli va sirli. Ular
grafema qismlaridan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos ma’noga ega.
Shunday qilib, siz ieroglifni uning tarkibiy grafemalarini tushuntirish orqali taxmin
qilishingiz mumkin. Masalan, 一月一日非今天------明 (yīyuèyīrìfēijīntiān – míng)
- "bir oy, bir quyosh, lekin bugun emas", javob "ertaga" ieroglifi bo‘lib, u
topishmoqning birinchi qismidagi grafemalarda tasvirlangan. Yana bir misol: 一只
狗,两个口,谁遇它谁发愁 (yī zhǐ gǒu, liǎnggè kǒu, shuí yù tuō shuí fāchóu)-
"bitta it, ikkita og‘iz, kimki ularni uchratsa g‘am chekadi. " Bu topishmoqda
“Yig‘lash” degan ma’noni anglatuvchi 哭 (kū) ieroglifi yashirin bo‘lib, unda “it” va
ikkita “og‘iz” grafemalari mavjud.
Hozirgi vaqtda Xitoyda ieroglifli topishmoqlarni 汉字 字谜大典 lug‘atidan
topishingiz mumkin. Ushbu turdagi topshiriqlardan qo‘shimcha
material sifatida
foydalanish nafaqat ieroglif belgilarini eslab qolishga yordam beradi, balki
o‘rganilayotgan til mamlakatining madaniyatini yaxshiroq tushunishga o‘ziga xos
zamin yaratadi. Topishmoqlarni diqqat bilan o‘rganish, ularga javob topish xitoy tili,
balki o‘z ona tili va boshqa xalqlar madaniyatini o‘rganishga,
turli madaniyat
vakillarining mentalitetidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga yordam beradi.