Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
254
yaqin turgan asarlarni, o‘quvchilarga tanish bo‘lgan yozuvchilarning asarlarini
sahnalashtirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Drama to‘garagi tashkil qilishdan yana bir maqsad –o‘zlashtirishda
qiynalayotgan o‘quvchilarni ham jalb etish. Bunday o‘quvchilarni shu yo‘l bilan
o‘qishga havasini, rag‘batini uyg‘otish mumkin. Ularga iloji boricha, bosh
qahramonlar timsolini yaratish topshirilsa, yanada yaxshi natijalarni beradi.
Sahnalashtirilgan tomoshalar bolalar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega
bo‘lib, bolalarning estetik tasavvurini boyitadi. Sevimli qahramonlari bilan qanday
voqealar sodir bo‘lishi haqida qayg‘uradilar. Qahramon og‘ir ahvolga tushib
qolganda yordam berishga harakat qiladilar. Ko‘rgan sahna asarlarini bir-birlariga
gapirib beradilar, buning natijasida ularning nutqi rivojlanib boradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, boshlang‘ich sinflarda ko‘proq ertaklarni
sahnalashtirish mumkin. Masalan, o‘zbek xalq ertaklaridan „Rostgo‘y bola“, “She’r
va sichqon”, “Ochko‘z sichqon”, “Aqlli bog‘bon”, “Minora va laylak”, “Kenja
o‘g‘il, ” “O‘tinchi yigit bilan sher”, “Botir mergan va chaqimchi”, “Ahillik- ulug‘
baxt”, “Halollik”, “Donishmand yigit”, “Ochko‘z boy”, “Ilm afzal”, “Hiylagarning
jazosi” boshqalar.
Bolalar sahnalashtirilgan ertaklarni tomosha qilish jarayonida rostgo‘ylik,
halollik, mehnatsevarlik, do‘stga sadoqat, ilmli bo‘lish eng yaxshi odat ekanligini
anglab yetadilar.
Ertaklarni soya (ko‘lanka) teatri orqali ham namoyish qilish mumkin. Bu usul
bolalarga yanada qiziqarliroq bo‘ladi. Soya teatrini namoyish etish ertak yoki
hikoya, masalni o‘qish bilan bir vaqada tashkil etiladi. Soya teatri o‘zining bir
qancha xususiyatlariga ega. Soya teatri o‘quvchilarning monologik nutqini
rivojlantirishga ham yordam beradi. Ma’lumki, nutqni eshitish va undan o‘z
tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ongli ravishda “tilni sezish” shakllanadi
1
.
Yuqoridagilarning barchasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy
qobiliyatlarini o‘stirishda muhim o‘rin tutadi.