172
Mashinalar suyultirilgan gaz bilan gaz to‘ldirish stansiyalarida
rezervuarlardan mashina ballonlariga qo‘yib to‘ldiriladi. Bunda suyultirilgan
gaz bilan to‘ldirilgan sisterna mashina ballonidan yuqorida joylashgan
bo‘lishi kerak.
Mashina balloni suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilayotgan paytda: gaz
to‘ldiruvchi shlang oldida turish, birikmalar, gaykalarini qotirish, chekish,
dvigatelni sozlash va ta’mirlash ta’qiqlanadi.
Siqilgan tabiiy gaz (metan) bosim ko‘tarilganda gaz holatidan suyuq
holatga o‘tmaydi. Shuning uchun mashina yurishining zarur zahirasini
ta’minlash maqsadida Mashina kuzovi tagida joylashtirilgan maxsus qalin
devorli ballonlar 20 Mpa bosim ostida gaz bilan to‘ldiriladi. Mashina gaz
to‘ldirish kompressor stansiyalariga gaz katta bo‘lmagan bosim (0,4-1,2
MPa) ostida yuborilib, mexanik chiqindilardan tozalanadi, kompressorlar
yordamida 26-35 MPA bosimgacha siqiladi va qator tozalash tizimlaridan
o‘tib gaz tarqatish kolonkalariga yuboriladi.