12.3 Qishloq xo‘jalik mashinalarida resurslarni tejash
MT parklari ekspluatatsiya jarayonida yangi mashinalar, agregat va
uzellar, ehtiyot qismlar, avtoshinalar, akkumulyator batareyalari, texnologik
jihozlar, asbob-uskunalar, yonilg‘i, moy va boshqa maxsus suyuqliklar,
materiallardan iborat moddiy va energetik resurslardan keng foydalaniladi.
Bular birlamchi resurslarni tashkil etadi (12.4). Bundan tashqari, MTPda ko‘p
miqdorda issiqlik va elektr energiyasi hamda suv iste’mol qilinadi.
O‘z xizmat muddatini tugatgan, mashinadan echib olingan agregat, uzel
va qismlar, akkumulyator batareyalari, shinalar, ishlatilgan motor va
transmission moylar, texnik suyuqliklar, qora va rangli metallarning
qoldiqlari va boshqalar ikkilamchi resurslarni tashkil etadi. Bu ikkilamchi
resurslar mashinalar ishlashi va ularga MTPda TXK va JT jarayonida vujudga
keladigan chiqindilarning bir qismidir (12.4- rasm) qolgan ikki qismi
utillashtiriladigan va utillashtirilmaydigan chiqindilardan iboratdir..
173
Utillashtiriladigan qayta ishlashga yaramaydigan chiqindilarga ishlatilgan
va qaytarilmaydigan turli idishlar, koks va payvandlash shlaklari kiradi.
Utillashtirilmaydigan chiqindilarga atrof-muhitga tarqaladigan gazsimon SO
3
,
S
x
N
x
, NO
2
, SO
2
chiqindilar, shinalar, tormoz va ilashish muftasi nakladkalari
eyilishidan chiqadigan kukunlar, Mashina agregat va tizimlaridan erga
to‘kilgan neft mahsulotlari kiradi.
MTPlarda qaytadan ta’mirlangan dvigatellar, uzatmalar qutisi,
reduktorlar, shinalar va boshqa ikkilamchi resurslardan foydalanish birlamchi
resurslarni sarfini kamaytirish imkonini beradi.
MTPlarda birlamchi resurslarni tejash yuqori ishonchli mashinalar sotib
olish, sifatli ekspluatatsion materiallardan foydalanish hamda mashinalarni
texnik holatini amaldagi tizimning me’yorlari, qoidalari va talablariga rioya
qilgan holda TXK va ta’mirlash ishlarini to‘la hajmda o‘z vaqtida bajarish
hisobiga talab darajasida ushlab turish bilan amalga oshiriladi. Natijada
harakatdagi mashinalarning xizmat davrini oshishi, ehtiyot qismlar,
ekspluatatsion materiallarning sarfini kamayishini MTPda birlamchi
resurslarga bo‘lgan talabni salmoqli tarzda kamaytiradi. Bulardan tashqari
mashinalarga TXK va ta’mirlash jarayonida hosil bo‘lgan ikkilamchi
resurslardan qayta ishlash va so‘ng ulardan foydalanish ham birlamchi
resurslarni tejash imkonini beradi.
Mashinalarni ekspluatatsiyasi jarayonida resurslarni tejashga quyida
keltirilgan tadbirlar hisobiga erishish mumkin:
- Mashinalarni texnik holatini, ta’minot tizimini soz holda ushlab tu rish,
siqilgan va suyultirilgan gazlardan motor yonilg‘isi sifatida foydalanish,
yuqori sifatli benzinlardan masalan, metiltretbutillin efir (MTBE) q o‘shilgan
etillanmagan benzindan foydalanish, Yonilg‘ilarni tashish, saqlash va
tarqatishdagi yo‘qotishlarni isrofgarchiliklarni oldini olish va boshqalar;
- Mashinadan echib olingan nosoz agregat, uzellarni, yonilg‘i nasoslarini
akkumulyator batareyalarini, shinalarni qayta ta’mirlash, silindr bloklari,
174
tirsakli va gaz taqsimlash vallari, shatunlar, klamanlanlar, ilashmalar,
uzatmalar qutisi va reduktorlarni tiklash va boshqalar;
- Ishlatilgan motor va transmission moylarni regeneratsiya qilish (qayta
tiklash) yoki ATKda qozonxonada Yonilg‘i sifatida foydalanish yoki neftni
qayta ishlash zavodlariga qayta ishlash uchun topshirish.
|