113
yo‘l qo‘yishimiz mumkin. Shuni e’tiborga olgan holda, sinash jarayoni
holatini tanlab olishda, motorlarning tashqi tavsifi egri chizig‘i bo‘yicha
tezlik tanlab olinadi va natijada sezilarsiz darajadagi xatolikka yo‘l qo‘yiladi.
Bu ko‘rsatmani inobatga olgan holda, Matiz
mashinalarini asfaltbeton
qoplamali tekis yo‘lda harakatlanishini ifoda etuvchi, eng yuqori
aylantiruvchi moment va yuklanishga to‘g‘ri keluvchi tezlik (66,2 km
soat),
7.18.-rasm. Mashinalarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlashda
kerakli sharoitlarni ifoda etuvchi qiymatlarni tanlab olishning asoslash
shakli
q
e(min)
ga
to‘g‘ri keluvchi tezlik(45 km
soat) asosida P
f
-yuklanish qiymati
texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun qabul qilinadi.
P
f
R
d
R
v
R
st
,
(7.3)
bu erda: P
f
-jihozning yuklovchi qurilmasi
yordamida hosil qilinuvchi
yuklanish;
R
d
–yo‘l qarshiligini ifodalovchi yuklanish;
R
v
–havo qarshiligini ifodalovchi yuklanish;
R
st
–jihoz barabanlari hosil qiluvchi, yuklanishsiz tebranish qarshiligini
ifodalovchi yuklanish.
Ko‘rilayotgan misolda P
f
133 N. Bunda nazorat sarfi 8,5l
100 km
bo‘lishi kerak.
114
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash bilan birgalikda chiqindi gazlar
tarkibidagi zaharli moddalarning miqdori nazorat qilinadi. GOST 17.2.203 -87
bo‘yicha karbyurator motorli mashinalarning salt yurishida chiqindi gazlar
tarkibidagi uglerod oksidi(SO)–1,5% dan,
tirsakli valning eng yuqori
aylanishlar sonida–2% dan oshmasligi kerak.
Tormoz samaradorligi bo‘yicha mashinalarni diagnozlash. Statistik
ma’lumotlarga ko‘ra, mashinalarning texnik nosozligi tufayli sodir
bo‘ladigan yo‘l-transport hodisalarining 50% ga yaqini tormoz tizimining
nosozligiga to‘g‘ri keladi, baxtsiz hodisalarda esa uning salmog‘i yanada
yuqori. Diagnostikalash yo‘li bilan tormoz tizimining nosozliklari o‘z vaqtida
aniqlanadi.
Mashinaning tormozlanish xususiyatlari quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
- yo‘l sharotida yurib tekshirish;
- ekspulatatsiya qilish davrida tekshirish (mashinaga o‘rnatilgan
jihozlar
yordamida);
- tormoz jihozlari yordamida tekshirish.
Yo‘l sharoitida tekshirish-bu, yurayotgan mashinani bir zumda tormozlab
to‘xtatib, yo‘l sathida qoldirgan izini o‘lchashdan iborat. Mashina tormoz
tizimining holatini, ko‘chma deselerometrni mashinaga o‘rnatib,
mashina
tormozlangandagi sekinlanish miqdorini o‘lchash orqali baholash mumkin.
Tormoz tizimini yo‘lda tekshirish tekis, quruq va gorizontal bo‘lgan
maydonda bajariladi. Tormoz yo‘li nazariy jihatdan quyidagi ifoda orqali
aniqlanadi: