|
Nimalar marketing tadqiqotlarining ob`ekti bo„lishi mumkinq
|
bet | 11/117 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 424,75 Kb. | | #112507 |
Bog'liq Marketing tadqiqotlari-fayllar.orgNimalar marketing tadqiqotlarining ob`ekti bo„lishi mumkinq
Bular: tovar, narx, o„rama, bozor, raqiblar, xaridorlar, tovar taqsimoti, tashqi muhit, aloqalar bo„lib
hisoblanadi.
Marketing tadqiqotlarini o„tkazish uslublari – bu o„rganilayotgan ko„rsatkichlar va
omillarni yig‟ish, tahlil qilish va baholashni ta`minlovchi usullar yig‟indisidir.
Biror bir ob`ektni, xox u bozor, tovar yoki firma bo„lsin, tahlil kilayotganda bir-biridan
farqlanadigan ko„rsatkichlar qaraladi. Shunday ekan, ularni tahlil qilish ham o„zaro farqlanadi.
Universal uslub mavjud emas, chunki har bir uslubning yutuq va kamchiliklari, ijobiy va salbiy
tomonlari bor. Shuning uchun marketing tadqiqotlarining maksadi va vazifalariga qarab uslub
tanlanadi. Marketing tadqiqotlari ijodiy jarayon va u mutaxassislarning tajriba va malakasi,
firmaning texnikaviy salohiyati, kattaligi va tuzilmasiga bog‟lik.
Marketing tadqiqotlari o„tkazilishiga qarab 2 guruhga bo„linadi:
1. Bir martalik tadqiqotlar
2. Joriy tadqiqotlar
Bir martalik tadqiqotlar firmaning boshqa firma bilan qo„shilishi va yiriklashuvi, yangi tovarlar
ishlab chiqish, strategik masalalarni echish jarayonida o„tkaziladi.
Joriy tadqiqotlar doimiy ravishda uzluksiz olib boriladi. Bu o„z navbatida firmaning bozor bilan
doimiy bog‟liqligini ta`minlaydi va iste`molchi talabi, narxlar, xaridorlar xoxish-istaklari
o„zgarishini sezib, tezkor echim va qarorlar qabul qilinishiga yordam beradi.
Ushbu marketing tadqiqotlarida murakkab matematik, ko„p variantli tahlillar bilan
birgalikda oddiy statistik va iktisodiy ko„rsatkichlar, so„rovnoma ma`lumotlaridan xam
foydalaniladi. Buning uchun to„liq va aniq axborotlar kerak bo„ladi, chunki sifatli va to„liq
hajmdagi ma`lumotlar “qimmatga tushadigan” xatolar qilishdan saqlaydi.
Demak, marketing tadqiqotlarining asosi axborot, uni o„tkazishda ilmiy yondashmoq zarur.
Shundagina marketing tadqiqotlarining
Ob`ektiv
Aniq
Chuqur
Kompleks
o„tkazilishiga kafolat berish mumkin.
Yuqoridagilar marketing tadqiqotlari tamoyillaridir.
|
| |