|
Laboratoriya mashg’uloti
| bet | 1/6 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #135329 |
Bog'liq 1 laboratoriya mashg\'uloti -
laboratoriya mashg’uloti
Laboratoriya tadqiqotlarining umumiy qonuniyatlar (membranaviy preparatlar va to’qimalar ustida ishlash. Laboratoraviy asbob-qurilmalardan foydalanish
Laborotoriya mashg’ulotlarini o'tkazishda xavfsizlik texnikasi qoidalari bo'yicha YO’RIQNOMA -
Ish jarayonida faqat toza, quruq va butun, ishga yaroqli asbob va jihozlardan foydalanish lozim;
-
Asbob va jihozlardan foydalanishdan oldin ulaning yo’riqnomasi bilan mukammal tanishib chish kerak;
-
Elektr o’lchov asboblarini o’qituvchining ruxsatsiz tok manbalariga ulash mumkin emas;
-
Laboratoriya ishining elektr sxemasini yig’ishda hatolikka yo’l qo’yib bo’lmaydi, aks holda, asbob ishdan chiqishi va talabaning hayotiga xavf tug’ilishi mumkin;
-
Asbob va jihozlarni stolga uning yo’riqnomasida ko’rsatilgandek holatda o’rnatish lozim (yotqizilgan, tik, burchak ostida va haqozolar).
-
Har bir laboratoriya ishni yig’ib bo’lgandan so’ng, uni albatta o’qituvchi ko’rib chiqishi va uning ruxsati bilan tok manbalariga ulanishi shart;
-
Laboratoriya ishini bajarib bo’lgach, elektr o’lchov asboblarini tok manbalaridan uzishni esdan chiqarmaslik zarur;
-
Idishlarga suyuqliklarni qizdirish uchun ularni 1/3 qismigacha suyuqlik quyish madsadga muvofiq.
-
Moddalar shisha idishlarda qizdirilganda ularni quruq yonilg’i alangasiga tegizmaslik kerak (chunki idishga dars ketib sinishi mumkin);
-
Quruq, yoqilg’ini ishlatib bo’lgach, uni maxsus qopqoq bilan berkitib o’chirish lozim.
LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA QUYIDAGILAR
MAN ETILADI:
-
Asbob va jihozlarni ularning yo’riqnomasi bilan tanishmasdan ishlatishga urinish.
-
Asbob va jihozlarni o’qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz olib ishlatish.
-
Elektr o’lchov asboblariga suv va boshqa suyuqliklar sepib, o’qituvchining ruxsatisiz ularni tok manbalariga ulash va ularning qisqichlarini qo’l bilan ushlash qat’iyan man qililadi.
-
Tajriba jarayonida asbob va kihozlar joylashgan taglikka o’tirish, har xil buyumlar qo’yish va unga kuch bilan zarba berish.
-
Asbob va jihozlarni begonalarning foydalanishi uchun berish.
-
Asbob va jihozlarni yoki ortiqcha buyumlarni olib ketish.
|
| |