|
Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlashBog'liq Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)Sut saqlash tanklari
vertikal yoki gorizontal
ko'rinishga ega bo‘ladi va ulardan asosan yirik xo‘ja-
liklarda, sut sanoatida va sut zavodlarida ko‘proq
foydalaniladi. Sutni saqlash ishlari qaysi bir usulda olib
borilmasin, qancha past haroratda u sovitilgan bo‘lsa,
shuncha uzoq vaqt saqlash mumkin. Buning uchun
ayrim tavsiyalardan foydalanish mumkin
(11-jadval).
Sutni jo ‘natish va tashish.
Sog'ib olingan va
sovitilgan sut, sut zavodlariga yoki sut qabul qiluvchi
punktlarga turli tranport vositalari yordamida jo ‘na-
tiladi. Jo'natiladigan sut avtotsistemalarda, sut flyag-
larida bo‘lishi mumkin. Buning uchun bu idishlar
nihoyatda toza va hidsiz bo‘lmog‘i kerak. Jo‘natiladigan
sut idishlarining qopqog‘i germetik jihatidan yaxshilab
140
www.ziyouz.com kutubxonasi
11-jadval
Harorati pasayishiga qarab sutning sifatini buzmagan
holda saqlash muddati
Talab etilgan harorat:
Saqlash m uddati, soat:
12-15
5-6
10-12
8-10
9-10
10-12
7-9
12-18
5-7
18-24
3-5
24-36
0-1
34-48
yopilishi lozim. Ko‘pincha xo‘jaliklardan jo ‘natiladigan
sut hajmi 38 litr, bo'yin qismi 170-220 mm bo‘lgan,
zanglamaydigan alyumin flyaglarga solinadi. Lekin yi-
rik xo‘jaliklardan jo ‘natiladigan sut asosan hajmi 2000
litrdan 10 000 litrgacha bo'lgan sistemalar yordamida
yetkaziladi. Sut topshirilib boigach, sut sistemalari
zavodning o‘zida issiq suv bilan tozalab yuviladi, de-
zinfeksiya qilinadi va fermalarga jo ‘natiladi.
Bilimni tekshirish uchun savollar
1. Xo'jaliklarda sutga dastlabki ishlov berish ishlari qanday
tashkil etiladi?
2. Sutni pasterlash to'g'risida nimalami bilasiz?
3. Sut zavodlarida sutga qanday ishlov beriladi?
4. Sutga issiqlik yordamida ishlov berish qanday olib
boriladi?
5. Sutni sterillash to‘g‘risida so'zlab bering.
6. Sutni separatlash texnologiyasini tushuntirib bering.
7. Sutni sovutish va sovutish qurilmalari haqida tushuncha
bering.
8. Sutning sifatini buzmagan holda saqlash tadbirlari
to‘g‘risida nimalami bilasiz?
141
www.ziyouz.com kutubxonasi
|
| |