Sutni me’yorlash va qadoqlash.
Sut zavodlaridan
savdo tarmoqlariga va umuman iste’molchilarga jo ‘na-
tishdan oldin me'yorlanadi va 76+2°C da pasterlanadi.
«Sutni m e’yorlash» deb yog‘i ko‘p sutga yog‘i
olingan yoki yog‘i kam sut qo‘shilishi va yog'dorlik
darajasi istalgan ko‘rsatkichga keltirilishiga aytiladi. Bu
ko'rsatkich davlat standarti (GOST 13277-67) ga ko‘ra
3,2% ga teng boTishi kerak.
Sut zavodlarida sutni m e’yorlash ishlari maxsus
jadvallar va me'yorlovchi separatorlar yordamida baja-
riladi.
Pasterlanib sovitilgan sut ko‘pincha qadoqlangan
holda sotuvga chiqariladi. Buning uchun hajmi 0,25;
0,5 va 1 kg boTgan selofan paketlardan va maxsus
shisha idishlardan foydalaniladi. Bu idishlar asosan
davlat standarti (GOST 15844-70) talablari asosida ish-
lab chiqariladi.
Hozirgi vaqtda sutni qadoqlash ishlarida hajmi 1 1
boTgan bir marta foydalaniladigan qog‘oz paketlar
ishlatiladi.
Aqshda hajmi 0,94; 1,9 va 3 kg boTgan bir marta
foydalaniladigan polietilen idishlar qoTlaniladi.
So‘nggi yillarda « ap -ln » markali apparat yorda-
mida ikki qavatli paketlar tayyorlanib sutni qadoqlashda
birmuncha
samaradorlikka
erishilmoqda.
Bunday
paketlaming tashqi qismi yupqa parafin qavat bilan
o'ralgan va ichki qismi polietilen plyonkasi bilan
qoplangan. Shuning uchun paketlar o‘ziga namlik tortib
olmaydi va o‘zidan ham namlik chiqarmaydi.
Sutni separatlash
Sutni separatlashdan asosiy maqsad uning qay-
mog‘ini ajratib olishdan iborat. Bu tadbir maxsus
apparat - separator yordamida bajariladi. Birinchi
134
www.ziyouz.com kutubxonasi
separator 1879-yili shved injeneri lavall tomonidan
yaratilgan. Keyinchalik, separatorlaming bir qancha
maxsus mukammallashtirilgan turlari yaratila boshlandi.
Bu borada ms olimlaridan V.Goryachkin, G.Bremer,
G.Kuk, N.Lukyanov kabilar katta hissa qo‘shganliklari
adabiyotlardan ma’lum.
Hozirgi
vaqtda
separatorlaming
uch
xildagi
guruhidan foydalanilmoqda. 1. Ochiq separatorlar.
2. Yopiq separatorlar. 3. Yarim yopiq separatorlar.
Separatorlaming hammasi o'zining tuzilishi va
ishlash prinsipi jihatidan deyarli bir xil bo‘lgani holda
quyidagi qismlardan iboratdir. Ya’ni sut plazmasidan
yog‘ni ajratib oladigan barabani, shu barabanni
harakatga keltiruvchi mexanizmi, sut qabul qiluvchi
idish, qaymog‘ini to‘plovchi va yog‘i olinib boigan
sutni chiqarib yuboruvchi boiim lari, shuningdek,
separatoming barcha qismlarini o ‘ziga birlashtirgan
staninasi shular jumlasidandir.
Separatoming barabani sutning yog‘i (qaymog‘i)ni
ajratib berishda muhim vazifani bajaradi. U o‘zining
tuzilishiga ko‘ra asosan sakkizta qism (bo‘lak)lardan
tashkil topgan. Har bir qism ma’lum bir vazifani
bajaradi. Masalan, tagligi (dnishe) o ‘zining markaziy
naychasi
bilan
barabanning
hamma
qismlarini
mahkamlangan holda saqlab turish vazifasini bajaradi.
Tagligining ostidagi teshik esa separator urchug‘i
(veretena)ni birlashtiradi. Yoki mahkamlash gaykasi
barabanning
barcha
qismlarini
mustahkamlash
vazifasini
bajaradi.
Shuningdek,
tarelka
tutqich
(krestovina) baraban tagligidagi markaziy naychaga
kiydirilgan holda barcha tarelka paketlarini mahkam
holda tutib turishda xizmat qiladi. Tarelkalar esa sutdan
yog‘ ajratib berish imkonini yaratadi. Baraban qopqog‘i
barcha detallami biriktirib turishda katta ahamiyatga
egadir.
135
www.ziyouz.com kutubxonasi
|