5. Dinlarni tasniflash. Dinshunoslar turli ilm-fan soha vakillari bo’lib,
dinlarni o’zlari xos bo’lgan ilm yo’nalishi nuqtai nazaridan o’rganib, turlicha
yondashganlar. Shuning uchun ular o’rtasida ba’zi ixtiloflar bo’lishi tabiiydir.
Masalan, din tarixi bilan shug’ullanuvchi olimlar dinlarning yuzaga kelish
tarixiga ko’ra davriy jihatdan yondashib tadqiq etganlar. Boshqa bir guruh
olimlar dinlarni paydo bo’lgan va tarqalgan mintaqalariga ko’ra tadqiq
etganlar. Ayrim dinshunoslar diniy nuqtai nazardan yondashib, dinlarni
o’rganganlar.
DINSHU
NOSLIK
DINB204
DINSHUNOSLIK
DINB204
12
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Jumladan, Yoakim Vax (Joachim Wach), dinlarni «asoschisi bor dinlar»,
«an’anaviy (rasm-rusumli) dinlar»ga, Gustav Menshing esa «milliy dinlar», «jahon
dinlari» ko’rinishida ikkiga bo’ladi. Annemari Shimmel esa dinlarni - ilk-qabilaviy,
milliy, jahon dinlari, deb uchga bo’ladi. Shu bilan birga ba’zi tadqiqotchilar quyidagi
tasnifni keltiradilar:
1. Sakramental (diniy marosim va rasm-rusumlarga tayanuvchi) din,
2. Profetik (Payg’ambarlarga tayanuvchi) din,
3. Mistik (ruhiy olamga yo’naltirilgan) din.
Islom ulamolari dinlarni, «haq» va «botil» yoki vahiyga tayanuvchi ilohiy
dinlar, vahiyga tayanmaydigan tabiiy dinlar kabi ikkiga bo’lishgan. Ibn Hazm (vaf.
456/1064) va Shahristoniy (vaf. 548/1183) kabi musulmon tadqiqotchilari, haq dinlar
uchun «milal», botil dinlar uchun esa «nihal» so’zlarini ishlatishni ma’qul deb
topishgan.
Dinlarni tasniflashda mintaqaviy yondashuvdan ham keng foydalanilib,
uning o’ziga xos jihati shundaki, mintaqadagi aynan bir dinni ikkinchi dinga
ta’siri va o’zaro qorishuvi yoki turli mintaqa dinlarini o’zaro o’xshash
jihatlari yoki farqli tomonlarini o’rganishdan iborat. Dinlarni quyidagi omillar
asosida tasnifga bo’lish mumkin:
1. Qit’alarda tarqalishiga ko’ra Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va
Avstraliya dinlari tarzida tasniflash. Biroq bu unchalik munosib tasnif emas.
Chunki, shunday dinlar ham borki, ular bir necha qit’alarga tarqalgan.
Xususan, islom va xristianlik deyarli barcha qit’alarda mavjud. Shuningdek,
ba’zi qit’alarda ozchilikni tashkil etuvchi boshqa dinlar vakillari ham bo’lishi
bilan birga deyarli aksar aholi bir dinga e’tiqod qiladi. Masalan, Yevropada
asosan xristianlik ko’p tarqalgan, islom dini Amerikaga nisbatan Afrikada
ko’proq tarqalgan. Osiyo qit’asida islom, hinduiylik, buddaviylik,
konfusiylik, sintoiylik dinlari aralash tarqalgan. Ba’zan bir qit’ada paydo
bo’lgan din boshqa qit’ada keng yoyilgan. Masalan, xristianlik Falastinda
vujudga kelgan bo’lsa-da, asosan Osiyo qit’asidan tashqarida tarqaldi.
2. Jo’g’rofiy mintaqasiga ko’ra Sharq dinlari va G’arb dinlari tarzida
tasniflash. Bu dunyoning qutblarga bo’linishiga monand siyosiy va madaniy
tafovutni aks ettiruvchi keng jo’g’rofiy tasnifdir. Sharq dinlariga hinduiylik,
buddaviylik, konfusiylik, sintoiylik, daolik va boshqa Uzoq Sharq dinlari
kiritiladi.
G’arb dinlariga yahudiylik, xristianlik va islom dinlari kiritiladi. Aslida
islom dinini G’arb yoki Sharq dini deb bo’lmaydi. U jo’g’rofiy jihatdan
Sharqda yuzaga kelib, G’arb mamlakatlarida ham keng tarqalgan. Yahudiylik
va xristianlik xam aslida Sharq dinlari bo’lib, Yaqin Sharqda vujudga kelgan
va G’arb mamlakatlarida keng yoyilgan.
|