Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dinlarni
o’rganish uzoq tarixga ega. Har bir inson yon-atrofidagilarning e’tiqodi, qaysi dinga
mansubligagi qiziqadi, ular haqida bilishni istaydi. Bu boradagi ilk ma’lumotlarni
Qadimgi Gresiya va Rim yozuvchilari asarlarida ko’rishimiz mumkin. Ulardan eng
mashhuri «tarix otasi» nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) o’zi tadqiq qilgan
xalqlarning dinlari haqida ma’lumotlar keltirgan. Bu qiziqish O’rta asr Yevropasida
ham mavjud bo’lgan. Lekin boshqa dinlar haqida fikr bildiruvchilar, xristianlarning
e’tiborini jalb qilmaslik va ularni o’sha dinlarga kirib ketmasliklari ta’minlash
maqsadida, u dinlarga nisbatan salbiy fikr bildirish, ularni yomonlash orqali ularga
yondashishni ma’qul deb topganlar.
Islom olamida ham dinlarni o’rganish bo’yicha tadqiqotlar uzoq tarixga borib
taqaladi. Milodiy VII-VIII asrlardayoq diniy tortishuv (munozara)larni o’z ichiga
olgan «maqola»lar (keyinchalik «maqolot»), VIII -IX asrlardan e’tiboran esa boshqa
DINSHU
NOSLIK
DINB204
DINSHUNOSLIK
DINB204
8
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
dinlarga «raddiya»lar yozila boshlangan. Keyingi asrlardan esa «al-Firaq» (Firqalar),
«ar-Radd» (Raddiya), «ad-Diyonot» (Dinlar) va «al-Milal» (Xalqlar) yo’nalishidagi
adabiyotlar vujudga kelgan.
«Ad-Diyonot» (Dinlar) yo’nalishida yozilgan ilk asar Hasan ibn Muso an-
Navbaxtiyning (vaf. 910) «al-Aro’ vad-diyonot» (E’tiqodlar va dinlar) kitobi
hisoblanadi. Keyinchalik Mas’udiy (957) o’zining «ad-Diyonot» (Dinlar), Masbihiy
(1029) «Darkul bug’yati fiy vasfid diyonoti val ibodoti» (Dinlar va e’tiqodlar vasfida
maqsad me’yori) kitoblarini yozganlar. Shuningdek Beruniyning (973-1048)
«Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil-aqli av marzulatin» (Aqlga
maqbul yoki noma’qul bo’lgan Hindistonga oid izlanishlardan) nomli kitobi ham
shular sirasiga kiradi.
«Al-Firaq» (Firqalar) yo’nalishida yozilgan kitoblarga Abu Mansur Abdulqodir
al-Bag’dodiyning (vaf. 1038) «al-Farq baynal-firaq» (Firqalar orasidagi farq) asari
hamda Abul-Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning (vaf. 1092) «Baynal-adyon»
(Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin.
«Al-Milal» yo’nalishida Qozi Abu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012) «al-Milal
van-nihal» (Dinlar va xalqlar), Abu Muhammad Ali Ibn Hazmning (vaf. 1064)
«Kitobul-fasl fil-milal val-ahvoi van-nihal» (Dinlar, havo va xalqlar haqida ajraluvchi
kitob), Abul-Fath Muhammad ibn Abdulkarim ash-Shahristoniyning (vaf. 1183) «al-
Milal van-nihal» asarlarini sanash mumkin.
«Ar-Radd» (Raddiya) yo’nalishida ham ko’plab asarlar dunyo yuzini ko’rgan.
Ularga Imom G’azzoliyning (vaf. 1111) «ar-Raddul jamil» (Go’zal raddiya), Ibn
Kalbiyning (vaf. 819-821) «Kitobul-asnam» (Butlar kitobi) nomli asarlarini alohida
qayd etish lozim.
Darhaqiqat, Musulmon Sharqi o’lkalarida bu sohada ko’plab asarlar yaratilgan
bo’lib, keyinchalik ular «Dinshunoslik» fanining taraqqiyoti uchun fundamental
manba bo’lib xizmat qilgan. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «al-Osor al-boqiya
an al-qurun al-xoliya» («O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar»), «Hindiston»,
Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning «al-Milal van-nihal» («Dinlar va
oqimlar»), Ibn Hazm Andalusiyning «al-Fasl fil-milal val-ahvo van-nihal» («Dinlar,
adashgan firqalar va mazhabni ajratish») kabi asarlari, shuningdek, Ibn Nadim (987-
988) va Abul Hasan Omiriy kabilarning tadqiqot ishlari ko’plab Yevropa tillariga
tarjima qilingan. Bu esa, islomiy va arab ilmlarini o’rganuvchi G’arb
mutaxassislarining dinlar tarixiga oid islomiy tadqiqot ishlaridan asosiy manba
sifatida foydalanishlari uchun qulay imkon yaratdi. Dinlar, oqim va mazhablar
haqidagi fan sohasining yuzaga kelishida ularga ko’p marotaba murojaat qilingan.
|