359
8. Monitorga qo‘l tekkizish va boshqa qurilmalarning ulash
joylariga, ochiq holda turgan elektr tarmoq manbalariga tegish
ta’qiqlanadi.
Kompyuterni ishga tushirish va unda ishni yakunlash tartibi
quyidagicha:
Ishga tushirish tartibi:
•
Kompyuter elektr tarmog‘iga
stabilizator yordamida ulansa,
stabilizator elektr tarmog‘iga ulanadi.
•
Kerak bo‘lgan qo‘shimcha qurilmalar (printer, modem,
skaner
...) elektr tarmog‘iga ulanadi.
•
Tizimli blok tugmachasi (Power) bosilib protsessor qurilmasi
ishga tushiriladi.
•
Monitor elektr tarmog‘iga ulanadi.
•
Avtomatik ishga tushuvchi operatsion tizim dasturi ishga
tushgancha kutib turiladi va kompyuter bilan muloqotga kirishiladi.
Ishni yakunlash tartibi:
•
Bajarilayotgan amaliy dasturdan chiqish va barcha dasturlarning
ishini tugatish.
•
Tashqi doimiy xotira qurilmalaridan foydalanilgan bo‘lsa, ularni
kompyuterdan ajratish.
•
Foydalanilgan qo‘shimcha qurilmalar (printer, modem, skaner
...) ni elektr tarmog‘idan ajratish.
•
Operatsion
tizimning
kompyuterni
o‘chirish
buyrug‘i
(Zaverhenie
raboto‘
→
Vo‘klyuchit
kompyuter...)
orqali
amalga
oshiriladi.
•
Monitorni elektr tarmog‘idan ajratish.
•
Tizimli blok tugmachasi (Power) orqali protsessor qurilmasi
elektr tarmog‘idan ajratiladi.
•
Stabilizator o‘chiriladi va uni elektr tarmog‘idan ajratiladi.
Kompyuter xonasida quyidagilarga rioya qilinishi kerak:
•
Foydalanuvchi kompyuter bilan ishlashdan oldin texnika
xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan tanishishi va maxsus jurnalda
qayd etilishi kerak.
•
Kompyuter xonasiga mas’ul
shaxs ruxsatisiz kirish va
kompyuterlardan foydalanish ta’qiqlanadi.
•
Kompyuter
yaqinida
isitish
asboblaridan
foydalanish
ta’qiqlanadi.
360
•
Xonaga kislotali, tarkibida xlori bor bo‘lgan moddalarni,
umuman qurilmaning ichki elementlari ishiga salbiy ta’sir qiluvchi
moddalarni olib kirish ta’qiqlanadi.
•
Kompyuter va uning boshqa qurilmalari ustiga turli buyumlarni
qo‘yish ta’qiqlanadi.
•
Qurilmalarga ho‘l qo‘l
bilan tegish, ushlash va tugmachalarni
kuch ishlatib bosish ta’qiqlanadi.
•
Ishlab turgan qurilmalarni qarovsiz qoldirish, elektr manbaiga
ulangan holatda kompyuterga qo‘shimcha moslamalarni
ulash va ularni
tozalash mumkin emas.
•
Xonadagi havo harorati 20- 24 °S atrofida bo‘lishi lozim.
•
Foydalanuvchilarning shaxsiy kompyuter bilan uzluksiz ishlash
vaqti bir kun davomida 4 soatdan (har 10- 15 daqiqada ko‘zni dam
oldirish kerak) oshmasligi tavsiya etiladi, 8- 9 sinf o‘quvchilari
kompyuter bilan uzluksiz ishlash vaqti 30- 35 minutdan, bir kun
davomida esa 180 minutdan oshmasligi lozim.
•
Foydalanuvchi kompyuterdan eng kamida 60- 70 sm uzoqlikda
va ko‘zlarning ko‘rish burchagi 20 gradus pastda joylashishi kerak.