355
4. Axborotlarning kompyuterlarda ifodalanishini izohlang.
5. Kodlashtirish to‘g‘risida ma’lumot tayyorlang.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB TAYYORLANG VA
AMALIY MASHG‘ULOTLARDA MUHOKOMA QILING
1.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quv
mashg‘ulotlarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha amaliy-
laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi.
3.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari
mashg‘ulotlarni tashkil etish.
4.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari
ishlarni tashkillashtirish tamoyillari.
5.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari
mashg‘ulotlarni rejalashtirish va o‘tkazish metodikasi.
6.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan dars tahlilini
o‘tkazish metodikasi.
356
12- BOB. ZAMONAVIY INFORMATIKA VA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI XONASI
12.1. Zamonaviy informatika xonasi vazifalari va maqsadi
Zamonaviy informatika xonasi
– bu umumo‘rta maktablar,
akademik litsey va kasb- hunar kollejlarning o‘quv- tarbiyaviy qismi
bo‘lib, o‘quv hisoblash texnikasi komplekti (O‘XTK) bilan, o‘quv
ko‘rsatish qo‘llanmalari, o‘quv
jihozlari, mebellar va informatika kursi
bo‘yicha nazariy hamda amaliy darslarni o‘tkazishga mo‘ljallangan
kabinet.
Informatika xonasidagi darslar:
•
o‘quvchilarda kompyuter savodini shakllantirish,
•
o‘quvchilarni hisoblash texnikasini ishlab chiqarishda,
proekt-
konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy muassasalarda, o‘quv jarayoni va
boshqarishda ishlatish
bilan tanishtirish,
•
informatika asoslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda
nazariy fikrlashni rivojlantirish,
•
maktabda o‘quv- ta’lim jarayonini tashkil etishni va o‘qitish
uslublarini takomillashtirishga xizmat qilish kerak.
Informatika xonasida quyidagilar o‘tkaziladi:
•
informatika darslari va hisoblash texnikasini, kinofilm,
diapozitivlar, tablitsa va boshqa o‘quv ko‘rsatish qo‘llanmalaridan
foydalanib alohida umumta’lim o‘quv
predmetlari,
•
informatika kursi bo‘yicha darsdan tashqari va fakultativ
darslar,
•
eksperiment darslar va amaliy mashg‘ulotlar va boshq.
Informatika xonasida psixologik, gigienik va ergonomik qulay
muhit bo‘lishi kerak, u shunday tashkil etilgan bo‘lishi kerakki,
muvaffaqqiyatli ta’limga, aqliy rivojlantirish va o‘quvchilarni g‘oyaviy-
siyosiy
tarbiyalashga, informatika va fan asosidan mustahkam bilim,
malaka va mahorat olishga ta’sir ko‘rsatish kerak va xavfsizlik hamda
sog‘liqni saqlash talablarga javob bera olishi kerak.