Eshturdiyeva. Mas’ul muharrir: S. Matchonov. – T.: “Sharq”, 2009. .31 b.
4. Onasi Zahiriddinning savoliga nima deb javob berdi?
5. Bulutlar nimadan paydo bo’ladi?
6. Bulutlar yog’ayotganda nimaga aylanadi?
7. Bulutlarning ahamiyati haqida gapiring.
-
Sinf o’quvchilari uch guruhga bo’linadilar. ( guruhlarni hosil qilishda tasvirli
kartochkalardan foydalaniladi).
-
Har bir guruh a’zolari bir nechta juftlikka birlashtiriladi.
-
Guruhlar kartochkalardagi topshiriqlarni birgalashib bajaradilar.
-
Jarayon yakunida umumiy xulosalar chiqariladi.
XI. Uyga vazifa: Matnni qayta o’qib , yod olish, tabiatni kuzatish.
2-SINF
I. Dars mavzusi: Bahor.
II. Darsning maqsadi:
a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga bahor fasli, unda kechadigan o'zgarishlar, bahorgi
yumushlar, o'simliklar va hayvonlarning bahorgi hayoti haqida to'la ma'lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarda mehnatsevarlik, ona tabiatga qushlarga, gullarga va
hasharotlarga bo'lgan mehr - muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarda mustaqil va erkin fikrlash ko'nikmalarini
rivojlantirish, og'zaki nutqini rivojlantirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish.