|
VIII. Mavzuni mustahkamlash uchun metodlar
|
bet | 9/71 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 236,88 Kb. | | #155384 |
Bog'liq M. artikova, M. Tursunova-fayllar.orgVIII. Mavzuni mustahkamlash uchun metodlar:
" Zig-zag" strategiyasi.
Metod o'quvchilar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tezkor va puxta o'zlashtirishga
xizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi:
1) O'quvchilarda jamoa ( yoki guruh) bo'lib ishlash ko'nikmasi shakllanadi.
2) Mavzuni o'zlashtirishga sarflangan vaqt tejaladi.
Strategiyani qo'llash jarayoni:
- Sinf o'quvchilari bir necha ( 3- 4) guruhga bo'linadi.
- Yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ham tegishli ravishda 3-4ga bo'linadi.
- Har bir guruhga mavzuning muayyan qismi ( 1-matn, 2-matn va hokazolar) beriladi va uni
o'rganish vazifasi topshiriladi.
- Belgilangan vaqt mobaynida guruhlar matn ustida ishlaydilar.
- Vaqtni tejash maqsadida guruh a'zolari tomonidan liderlar tanlanadi va ular o'rganilgan
matnga oid asosiy ma'lumotlarini guruhdoshlariga so'zlab beradilar.
- Liderlarning fikri guruh a'zolari tomonidan to'ldiriladi.
- Barcha guruhlar o'zlariga berilgan matn puxta o'zlashtirilganlaridan so'ng matnlar
guruhlararo almashtiriladi.
- Bu bosqichda ham yuqoridagi faoliyat takrorlanadi.
- Shu tahlitda mavzu mohiyatini yorituvchi matn o'quvchilar tomonidan o'zlashtiriladi.
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar.
51- modda.
IX. Uyga vazifa. Hikoyani qayta o'qib, " Onajonim tabiat" mavzusida rasm chizib kelish.
ONA TILI
1-SINF
I. Dars mavzusi: Undosh tovushlar va harflar.
II. Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: mavzuni to’la yoritgan holda o’quvchilarda undosh tovushlar va harflar
to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish;
b) tarbiyaviy maqsad: dars o’tish jarayonida o’quvchilarda odob-axloq, vatanparvarlik, ona
tabiatga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’ularini uyg’otish;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni yozma va og’zaki nutqini o’stirish, imlo
savodxonligini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish, erkin va mustaqil fikrlashiga imkon
yaratish.
|
| |