90
ijrochilar muvofiqlashtirish ob‟ektlariga to„g„ri keladilar, ular o„rtasida bo„ladigan
ham
boshqaruv, ham ijrochilik funktsiyalarini bajaruvchi oraliq tashkiliy
bo„linmalar esa (masalan, ishlar paketi bajarilishiga javob beruvchi bo„linmalar)
bir vaqtning o„zida
ham muvofiqlashtiruvchi, ham muvofiqlashtirish ob‟ektlari
bo„ladi. Tashkiliy bo„linmalar o„zaro bir-birlari bilan axborot oqimlari orqali
bog„liqdirlar. Aynan ushbu oqimlar orqali rejaviy va haqiqiy boshqaruv axborotlari
uzatiladi.
Boshqarishning real tizimlari o„zlariga bir necha
teskari aloqa konturlarini
oladilar. Bu esa ularga zarur hollarda loyihaning maqsadlariga erishishga to„siq
bo„ladigan har qanday o„zgarishlarni mumkin qadar bartaraf etishga va
identifikatsiya qilishga imkon beradi. Masalan, nazorat
tizimini ishlab chiqish
paytida oldiniga hisobga olinmagan ko„zda tutilmagan holatlar bilan duch kelish
mumkin. Bunday holatlarda boshqarish (masalan, qarama-qarshi ko„rsatkichlar
jarayonlarning o„zining ko„rsatkichlari va reja ko„rsatkichlari bo„yicha)
hisobga
olish zarur bo„lgan ko„rsatkichlar tiplari qancha bo„lsa, shuncha konturlar kiritilishi
zarur. Uchinchi tartibdagi boshqaruv tizimida konturlar soni ko„rsatkichlar
tiplarining soniga mos kelishi zarur. Uchinchi tartibdagi tizimga misol 3.2-
chizmada keltirilgan. U bitta konturli tizimdagi kabi asosiy elementlarni o„zida
jamlagan: kirish ko„rsatkichlari, jarayon, chiqish ko„rsatkichlari va teskari aloqa
konturlari. Bu erda chiqish ko„rsatkichlari to„g„risidagi axborotlar “komparator”
(taqqoslash qurilmasi)ga uzatiladi. U buni boshlang„ich reja ko„rsatkichlari
bilan
taqqoslaydi. Agar farq mavjud bo„lsa, bu axborot «muvofiqlashtiruvchi»ga
uzatiladi. U ushbu farqning qanday yuzaga kelganligini aniqlaydi.