76
to„g„risidagi, sifat standartlariga erishilganlik, sarflangan xarajatlar to„g„risidagi
va boshqa ma‟lumotlardan iborat bo„ladi. Barcha hisob-kitob
axborotlari loyiha
rejasini bajarish jarayonining bir qismi sifatida birga to„planadi hamda loyihani
bajarish bo„yicha hisobotga qo„shiladi.
O„zgarishlarga so„rovnomalar
. Loyiha ishlarini bajarish joyida ba‟zi bir
o„zgartirishlar kiritish zaruriyati vujudga keladi. Bu o„zgarishlar so„rovnomalar
ko„rinishida rasmiylashtiriladi hamda belgilangan
tartibda loyiha komandasiga
taqdim etiladi.
Loyihaning quyidagi qismlari ko„pincha o„zgarishlarga uchrashi mumkin:
–predmet sohasi (loyihaning maqsadi va vazifalari);
–byudjet va xarajatlar smetasi;
–ishlarning bajarilish muddatlari;
–texnologiya va ishlarni tashkil etish;
–bajaruvchilar, etkazib beruvchilar va boshqalar.
Loyihani, ayniqsa, GAT loyihasini bajarish davrida uning predmet sohasining
holatini tahlil qilish va tekshirib turish muhimdir. Bu odatda rasmiy jarayon bo„lib,
investorlar, buyurtmachilar,
mijozlar, xaridorlar tomonidan loyiha natijalarini
rasmiy jihatdan qabul qilish jarayonidir. U loyihadagi barcha ishlarning bajarilishi
qoniqarli ekanligiga hamda buyurtmachi tomonidan olingan natijalarni ma‟qullash
to„g„risida qaror qabul qilinishiga ishonch hosil
qilish uchun loyiha ishlari
bo„yicha olingan natijalarni ko„rib chiqishni ko„zda tutadi. Agarda loyiha oldingi
bosqichlarda to„la nihoyasiga etadigan bo„lsa, loyiha natijalarining nihoyalanganlik
darajasini hujjatlashtirish zarur bo„ladi.
Loyiha natijalarini izohlaydigan
hujjatlarga asosan rejalar, loyiha-smeta va
texnik
hujjatlar, ishchi nizomlar va hokazolar kiradi. Hujjatlarning tiplari va
ko„rinishlari loyihaning mohiyatiga hamda qo„llanish sohasiga bog„liqdir.
Loyihani bajarishda uning predmet sohasini tasdiqlash uchun quyidagi usul va
vositalardan foydalaniladi: